gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

4 ta kinopremyera, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” munosabati bilan bepul konsertlar, Jaloliddin Ahmadaliyev konserti, yarmarkalar, spektakllar, chegirmalar, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Marg‘ilon shahrida 2006-yilda tug‘ilgan yigit o‘zidan 6 yosh katta fuqaroga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi. Jarohatlangan yigitning hayoti saqlab qolindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/margilan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

27 va 28-may kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/afrosiyob/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda import ketma-ket ikkinchi oy pasayib, 2023-yil iyul oyidan beri minimum darajaga tushdi. Shunga qaramay, yanvar-aprel oralig‘ida neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, sabzavot va mevalar, shuningdek, avtomobillar importi oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/trade/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18−19-may kunlari Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan VI xalqaro Makon Marketing biznes forumida Marketing Communication Agencies Group “Marketing agentligi” nominatsiyasida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/mca-group/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Juma kuni bir necha soat davom etgan yomg‘irlar Toshkent ko‘chalarini yana suv bosishiga olib keldi. Oqibatda yo‘llarda, ko‘p qavatli uylar hovlilarida harakat qiyinlashdi, piyodalar va bekatlardagi yo‘lovchilar suv ustidan yurishga majbur bo‘ldi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/floods/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qanot Sharq kompaniyasi 30-iyundan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida haftasiga bir marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. sentabrdan esa qatnov haftada ikki martagacha oshirilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/budapest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tuproqqal’a tumanida dars vaqti gaplashib o‘tirgan ikki nafar o‘quvchiga tanbeh berib, ularni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BAAda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bahslarini o‘zbekistonliklar 2 ta medal bilan yakunladi. Unda Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Diyora Keldiyorova kumush medal olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/judo-world-chempionship/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan avtobus qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/bojxona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan 45 yoshli shaxs Turkiyada qo‘lga olingan edi. U payshanba kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/deportation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax shahrida tez tibbiy yordam mashinasi yo‘lning belgilangan qismidan kesib o‘tayotgan 48 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi reanimatsiyaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/yth-jizzax/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💊 Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish orqali dorilar narxini 20 foizga arzonlashtirish rejalashtirilmoqda.

🚗 Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi 28-maydan sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi.

🕋 Haj-2024: Ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi.

💰Sirdaryoda Xovos tumani hokimi o‘rinbosari korrupsiyada aylanib, qo‘lga olindi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

⚠️ Toshkent — YTHlardagi o‘lim darajasi bo‘yicha dunyoda birinchilardan. Muammoni qanday hal etishmoqchi?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan farmatsevtika tarmog‘iga oid rejalardan eksportni oshirish, shu bilan birga, ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga talabini qondirish o‘rin olgan. Sohani raqamlashtirish orqali narxlarni 20 foizga arzonlashtirish, ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/pharmacy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kelasi yilda O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi ochilishi kerak, deyiladi prezidentga olib kirilgan taqdimotda. U hozirda qurilayotgan Olimpiya shaharchasida joylashadi. Shuningdek, barcha hududlarda kurash mahorat maktablari ochiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/sports-academy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank tomonidan banklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi O‘zbekiston moliya tizimi uchun asosiy tizimli xavf hisoblanadi. Bundan tashqari, inflyatsiyaning tezlashishi, geosiyosiy vaziyatning keskinlashishi va boshqalar ham keltirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/central-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-aprel oralig‘ida O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi hajmi 29,3 foizga oshdi, buning natijasida Rossiya mamlakatning yana asosiy savdo hamkoriga aylanishi mumkin. Qo‘shni davlatlar, shuningdek, Turkiya, Janubiy Koreya va Germaniya bilan tovar aylanmasi kamaymoqda. Fransiyaga eksport 2,2 barobar oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/foreign-trade/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Davlat departamenti bahslarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga javoban Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazish”da aybdor bo‘lganlarga nisbatan viza cheklovlarini joriy qilmoqda. Gruziyadagi muxolifat va mahalliy OAV bu hujjat Rossiya qonunchiligiga o‘xshash ekanidan norozi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan 26–27-may kunlari mamlakatda boʻlishini tasdiqladi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yarim tunda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylab, ko‘z tirqishidan qaragan 24 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. U sudda uy yaqinidan o‘tib ketayotganida kimdir yordam so‘rab chaqirgani, shuning uchun o‘sha qavatga chiqib, eshiklarni poylaganini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 27-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,20 soʻmga arzonlab, 12 704,68 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Keles-Toshkent yoʻnalishida Toyota Prado haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishdagi Cobalt, Damas va Spark mashinalari bilan toʻqnashdi. Oqibatda Toyota va Cobalt haydovchilari voqea joyida halok boʻldi, qolgan haydovchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/car-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorat +26…+29 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, biroq harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/weekend/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegarada 34 yoshli erkak salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, pullar davlatga o‘tkazildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/24/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryodagi qadimiy “Hayvontepa” va “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorliklarining ayrim qismlari buzib yuborilishi oqibatida 227,4 mlrd so‘m zarar yetdi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/archaeological/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy Tayvanning yangi prezidenti Lay Sinde lavozimiga kirishganidan bir necha kun o‘tib “separatistik harakatlar” uchun “qattiq jazo” sifatida Tayvan bo‘g‘ozida harbiy mashg‘ulotlar boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/taiwan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda Osiyoda iqlim o‘zgarishi tezlashgan. Mintaqada o‘rtacha global haroratdan tezroq isish kuzatilmoqda. Bu qurg‘oqchilik va issiqlik to‘lqinlaridan suv toshqini va bo‘ronlargacha bo‘lgan ekstremal ob-havo sharoitlariga olib keladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/asia-climate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BP Chirchiq daryosining qo‘riqlash zonasida 10 dan ortiq tadbirkor moratoriyga qaramay, noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olishda davom etayotgani haqida xabar berdi. Qurilish materiallari zavodi ham ishlamoqda. BP kompaniyalarning litsenziyalari haligacha bekor qilinmaganini afsus bilan qayd etdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/chirchiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin 26−27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘lishini ma’lum qildi. Tomonlar bir nechta qo‘shma hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/23/putin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал