gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqining to‘rtta davlati “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun tufayli Gruziyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qilmoqchi. Ehtimoliy cheklovlar qatoriga Gruziya fuqarolari uchun YIda vizasiz rejimni bekor qilish kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23−26-may kunlari O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel va toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/rain/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 23 maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,86 soʻmga qimmatlab, 12 724,72 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi Ozarbayjonda gaz qazib olish loyihasiga qo‘shilishi mumkin, deya ma’lum qildi O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov. Gap Kaspiy dengizidagi “Shah-Deniz” loyihasi haqida ketmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/ung-azerbaijan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farmatsevtika sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri Farruh Mirazizov ma’lumotlarni tahlil qilish, yangi dori vositalarini izlash va tadqiqot jarayonlarini optimallashtirish loyihasini joriy etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/ai-in-medicine/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekistondagi 140 ta muzeyga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Registon ansambli va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasining har biriga milliondan ortiq odam kelgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/muzey/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Bu bilan Yevropa Ittifoqining Falastinni tan olgan davlatlari soni 13 taga yetdi. Qaror ortidan Isroil Norvegiya va Irlandiyadan elchilarini chaqirib olishi aytildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/palestine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bojxona xodimlari yoqilg‘i tashish mashinasini hujjatlarda vazni 18 tonnadan 20,6 tonnaga o‘zgartirib yozib, 791 million so‘mlik bojxona imtiyozlarini o‘zlashtirishga uringan shaxslarni aniqladi. 2025-yil 1-yanvargacha 20 tonnadan oshadigan maxsus va yuk transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/bojxona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov budjet taqchilligi sharoitida “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m, “Bobolarim” kino-klipiga esa 2,7 mlrd so‘m ajratilganiga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, boshqa sohalarni bo‘lgani kabi san’at va madaniyatni ham qo‘llab-quvvatlash kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/ozodbek-nazarbekov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi Kengashi sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi. Uning asosida xavf-xatar asnosidagi yondashuv yotadi: jamiyat uchun xavf qanchalik yuqori bo‘lsa, qoidalar shunchalik qattiqroq bo‘ladi. Hujjat bir oydan keyin kuchga kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/ai-regulation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi Urganch va Toshkent shaharlaridan Madridga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Ilk parvoz 23-mayda amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/world2fly/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

21-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇮🇷 Prezident Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi.

🇰🇿 Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.

🇷🇺 Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

⛽️ O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida 462,8 mln dollarlik gaz import qildi.

🌳 Qashqadaryoda ekilmagan 48,3 ming tup daraxtni ekilgan sifatida qo‘shib yozish holati aniqlandi.

🏟 Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil boshidan buyon O‘zbekiston 3,42 mlrd dollarlik oltin eksport qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 11,8 foizga ko‘p. Ushbu qimmatbaho metallning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 40 foizdan oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/gold-export/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/paris-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud o‘tgan yil oxirida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlarda ushlangan yana uch nafar shaxsga nisbatan hukm o‘qidi. Xasan va Xusan Sabirdjanovlar qariyb 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, Marat Urazovga salkam 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/courts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18 va 19-may kunlari “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlash marosimida “Asakabank” AJ “Moliya.Banklar” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/asakabank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda uning qo‘li sindi. Erkak avval ham spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgandi. “Endi ichmayman, mashina ham haydamayman”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1000 dollar olayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular mahkumni tanishi orqali Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyadan Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyaga ko‘chirishni va’da qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/colony/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzurida Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Uyushmaga mahallalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aholining murojaatlari uchun call-markaz ochish topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/fund/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Obligatsiyalardan tushgan mablag‘ Davlat budjeti taqchilligini qoplash va Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/obligation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

4−5-may kuni Toshkentda an’anaviy bahorgi IT ECO FEST 2024 eko-festivali bo‘lib o‘tdi. Festival “Toza havo qani?” va “Toza havo sari” shiorlari ostida tashkil etildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/it-eco-fest/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/haj/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanida tunda ekskavator yordamida bir tup daraxtni qo‘porib olgan ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularga 5 sutka qamoq va jarima jazosi tayinlandi, 27,8 mln so‘m zarar undirib olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/tree/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam tarkibida chodirlar, shuningdek, un, guruch, konserva, makaron, yog‘ va boshqa mahsulotlar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/aid-to-afghanistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroportida 20-maydan Europcar brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga olish imkoniyati yaratildi. U yerda ishlab chiqarilgan yili 4 yildan, yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/europcar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-mayda e’lon qilingan 2024 Fortune China ESG Impact List ro‘yxatida Chery kompaniyasining ESG sohasida erishgan yutuqlari e’tirof etildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/22/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi faoliyatiga doir yig‘ilishda dorilar xaridini tartibga solish, tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tibbiy sug‘urta tizimi soliqlar hisobidan bo‘ladi va qo‘shimcha badallar undirilmaydi, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/health-insurance/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eronda prezident Ibrohim Raisiy vafotidan keyin navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 28-iyunga belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/iran-elections/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

22-may kuni Eronda o‘tadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Unga Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/eron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan oyda O‘zbekistonda gaz (-6,1 foiz), ko‘mir (-25,8), neft (-1,3), benzin (-12,5) va dizel (-12,5) ishlab chiqarish hajmi 2023-yil apreliga nisbatan kamaydi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 27,6 foizga oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/energy-resources/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал