gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Qibray tumanida maishiy chiqindi poligoni quriladi. Buning uchun “May” MFY hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 6 gektar yer maydoni ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/poligon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davr Bank`ning yangi ilovasi — Davr Mobile 2.0 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Endi bank mijozlari har oy oxirida tranzaksiyalar tarixini ko‘rishi va hisobotlar tuzishi mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/davr-bank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14−16-may kunlari Yerevanda Delivering Impact Together biznes-forumi doirasida ANORBANK vakillari yevropa banklari delegatlari, shuningdek, boshqa moliya institular vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/anorbank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi Kichik halqa avtomobil yo‘li, shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 26-maygacha soat 22:00—6:00 oralig‘ida yopiladi. Bu paytda ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. Aholi iltimosiga binoan bordyurlar, yoritish va drenaj tizimlari yangilanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/streets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga gaz importi 460 mln dollardan oshdi (aprelda — 102,6 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 3 barobar ko‘p. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 52,3 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 410 mln dollarga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/ratification/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyatida ekilmagan 48 348 tup daraxt qo‘shib yozilgani, Andijonda 1128 tup daraxt sug‘orilmaydigan yerlarga ekilgani yuzasidan mansabdorlarga nisbatan chora ko‘rildi. Toshkentda esa 175 tup qimmatbaho daraxtlarni qarovsiz qoldirib, nobud qilingani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/daraxtlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24−26-may kunlari Samarqanddan Toshkentga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Buxoro va Qarshidan qatnovchi poyezdlarning harakat vaqtiga o‘zgartirish kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/train/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onaning Buvayda tumanida maktab direktori ro‘mol o‘rab kelgan 7-sinf o‘quvchisini kaltakladi. Holat tuman IIB nazoratiga olindi, tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

✍️ Senat O‘zbekiston va AQSh Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi.

⛽️ Petronas O‘zbekistonda gazni qayta ishlash bo‘yicha ikkita loyihani amalga oshiradi.

🇮🇷 Eron prezidenti halok bo‘lgan aviafalokat. Tafsilotlar.

🇰🇬 Bishkekda mahalliy aholi va xorijliklar o‘rtasidagi mushtlashuv namoyishlarga sabab bo‘ldi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

💐 Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi — fotoreportaj.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining, shuningdek, Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 21−22-may kechasi ta’mirlash ishlari tufayli yopiladi. Xarita.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/streets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi va Shon-sharaf davlat muzeyida 20-maydan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda kichik ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari olib boriladi. Shu sababli bog‘ga kirish kirish vaqtinchalik to‘xtatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/galaba-bogi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Noqulay ob-havo tufayli qutqaruvchilar tuni bilan voqea joyini ko‘zdan kechirdi. Halokat ortidan mamlakatda 5 kunlik motam e’lon qilindi. Prezident vazifasini vaqtincha mamlakat birinchi vitse-prezidenti bajarib turadi. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/raisiy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan shahri bo‘ylab 63-xalqaro gullar festivalining ilk kunida gullarga burkangan avtokarvon yurib o‘tdi. Bayram arafasida 45 mln tupdan ziyod gul va buta ekildi. Bu yil an’anaviy tadbirda 6 mln kishi ishtirok etishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” 23-iyungacha davom etadigan festivaldan fotoreportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/gullar-fest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yuritish va davlat suv kadastrini tashkil etish uchun Suv xo‘jaligi vazirligini mas’ul etib belgiladi. Vazirlik tarkibida Ekspluatatsiya agentligi va Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tashkil etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/water-management/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 22-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,16 soʻmga qimmatlab, 12 708,86 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, prezident Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/iran/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/mirziyoyev-putin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda “O‘zsanoatqurilishbank” xalqaro moliya bozoridan 3,1 mlrd dollarlik qarz mablag‘larini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Milliy bank zargarlik va xizmat ko‘rsatish sohalarida umumiy qiymati 6 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish niyatida, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/banks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sudlar o‘tgan yil oxirida jinoiy guruhlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlar doirasida hibsga olingan yana uch kishiga hukm chiqardi. Bular Azlarxon Muxamedjanov, Sunnatulla Xolmuradov va Umidjon O‘rinov.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/courts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyatida 52 yoshli ayolning bank kartasidan 2 mln so‘m o‘g‘irlandi. Bu jinoyatni shu viloyatda yashovchi yigit ayolga Telegram`da havola yuborish va karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali sodir etgani ma’lum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/telegram/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryo viloyatidagi “Muruvvat” uyida autsorsing asosida ishlayotgan xodimlar muassasada davolanayotgan aqli zaif bemor ayolni mazax qilib, buni videotasvirga olgani aniqlandi. Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, IIB surishtiruv ishlarini boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/muruvvat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida ichimlik va oqova suv tizimlariga 2600 ga yaqin noqonuniy ulanish holati aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, oqibatda jamiyat manfaatlariga 51 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/water/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Matiz yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, u voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/21/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Islomiy banking to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi, u joriy yilda parlamentga kiritiladi, dedi MB raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev. Uning aytishicha, yaqin vaqt ichida mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyaviy xizmatlar to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ham qabul qilinishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/islam-banking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bojxonachilar Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postida transport vositasi yukxonasidan 1 dona Makarov pistoleti, harbiy anjomlar va tig‘li sovuq qurollar topdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/pistol/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova ikkinchi marta jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi. U finalda azaliy raqibi italiyalik Odett Gyuffridaga mag‘lub bo‘ldi. Diyoraning chempionatdagi bahslari haqida batafsil tanishing (foto, video, statistika).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/judo-diyora-keldiyorova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori HAMASning uch yetakchisi, shuningdek, Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini harbiy hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni talab qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/icc/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sotish, ko‘ndirish va ishontirishning amaliy usullari jamlangan Grant Kardonning “Savdo san’ati” kitobi o‘zbek tilida chop etildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/20/asaxiy-books/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 21-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,17 soʻmga arzonlab, 12 687,70 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал