gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bozoriga ELLE media brendi kirib keladi. ELLE Oʻzbekiston xodimlarni ishga qabul qilishni boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/17/elle/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Qiyin boʻlsa ham, dadamning ishini davom ettiraman” — traktorchi qiz

6 farzanddan faqatgina Ziyoda Joʻraboyeva rahmatli otasining kasbini olgan. Avvallari “Qiz bola traktor haydab yuribdi”, deb kulganlar ham boʻlgan. Bugun esa qizginaning qatʼiyati, gʻayrati va erishayotganlarini koʻrgan qishloqdosh ayol-u erkak borki, havasda.

Ziyoda “Gazeta.uz” bilan suhbatda traktor haydashni qanday oʻrgangani, bu ishda uchrashi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar, ayni paytdagi faoliyati-yu kelgusidagi rejalari haqida gapirib berdi.

Suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/DQMovwMexXc?si=Pn-jW9O5n8TENo4L

Mirolim Isajonov, Ma'murjon Obrahmatov

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. U Toshkentdan tashqari, Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/malaysia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi ko‘magida quduqlarni burg‘ulash muddatini 45 foizga, ularni qurish tannarxini esa 35 foizga qisqartirish imkonini beruvchi Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ochdi. Kompaniya yetkazib beruvchi bilan 4,45 mln va 243,3 ming dollarlik ikkita shartnoma tuzdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/ung-gazpromneft/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/rent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

May-iyun oylari davomida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/xavfsiz-hayot-uchun-birlashaylik/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Daniya elchisi Yakob Xenningsen va Litva elchisi Egidiyus Navikasdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/elchilar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro jurnalistlar Dubaydagi mulk egalari haqida ma’lumot beruvchi Dubai Unlocked surishtiruvini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li — qidiruvga berilgan Alisherbek Qodirovning umumiy qiymati deyarli 8 mln dollar bo‘lgan 4 ta ofisga egalik qilishi aytilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/dubai-unlocked/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,96 soʻmga arzonlab, 12 720,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Farrux Zokirov ishtirok etdi. Prezident xonandaning memorial muzeyi, estrada san’ati xalqaro tanlovi va uning nomidagi stipendiya tashkil etilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/zokirov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Monitoring DXMlarning nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishga shaylik darajasi turlicha ekanini ko‘rsatdi. Nima uchun bir shaharda davlat xizmatlari turlicha taqdim etiladi? “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov yagona standartlarni joriy etish orqali muammoni hal qilish mumkin, deb hisoblaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/accessibility/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bugun Toshkentda yogʻib oʻtgan qisqa, ammo sharros yomgʻir may oyi issigʻini biroz boʻlsa-da susaytirdi.

Tushlikdan oldin nimalarni kameraga muhrlaganimizni ushbu videoda koʻrsatamiz.

@gazetauzspecial

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 19 ta holatda 8,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olinganini ma’lum qildi. Eng ko‘p qonun buzilishi holatlari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida aniqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/antikorrupsiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi yangi obyekt va loyihalar bilan tanishiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/botir-zokirov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama noma’lum muddatga yopildi. U yerda 15-may kuni soat 22:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari boshlandi. Haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/bobur-street/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. U avval Buxoro viloyati prokurori, MSK raisi o‘rinbosari, adliya vazirining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/mahmud-istamov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🤝 “Shunaqasi ham bo‘lgan”. Energetika vaziri — neft va gaz sanoatida investorlar bilan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish haqida.

🏘 Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI.

⛽️ “O‘zbekneftgaz” va “Gazprom neft” Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ishga tushirdi. Loyiha nima beradi?

👩‍🦰 “Ayollar ko‘proq ruhiy zo‘ravonlikka uchramoqda, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti” — IIV vakili.

🕋 O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi.

🇦🇪 Dubai Unlocked surishtiruvi: O‘zbekiston sobiq bosh prokurori o‘g‘lining Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulki bor.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent aholisining shikoyatlari sabab hokimiyat yaqin 2 oyda barcha LED ekranlardagi reklamalarning yorug‘lik darajasini tekshirib chiqmoqchi. Dastlabki o‘rganishlarda ularning 90 foizidan ko‘pi me’yordan ortiq yorug‘lik tarqatishi aniqlangan. Endi ushbu tartibni buzgan ekran egalari elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/led-monitors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning 14-may kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan YTTB boshqaruvchilar kengashining 33-yillik yig‘ilishida “Asakabank” O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish bo‘yicha «Eng faol emitent bank» sifatida eʼtirof etildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/asakabank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov neft-gaz sohasida investorlar bilan tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishga oid savollarga javob berdi. Uning aytishicha, ayrim hollarda investorlarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklangan, biroq ular investitsiya muhitining yomonlashuvi xavfi tufayli oshkor etilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/contracts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fuqarolar ko‘chmas mulk xaridi uchun shartnoma tuzayotganda noqulay sharoitga tushishi yoki firibgarga aldanib qolishi mumkin. “CaEX Bizning uylar 2024” ko‘rgazmasida ekspertlar shartnomada nimaga e’tibor berish kerakligi, boshqa davlatlarda xaridor va davlat budjeti qanday sug‘urta qilinishini tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maydan sentabr oyiga qadar Toshkentning qator chorraha va ko‘chalarida rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Jarayon soat 22:00 dan 06:00 gacha bajarilishi reja qilinmoqda. Hokimlik “ish jarayonida noqulayliklar tug‘ilishi muqarrar ekani”, biroq barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/reconstruction/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zsanoatqurilishbank” 28 dona oltin quymasi sovg‘a qiladi

“O‘zsanoatqurilishbank”da «Oltin hosil» aksiyasiga start berildi. Siz 30 iyunga qadar milliy valyutadagi “Foyda”, “Daromadli” yoki xorijiy valyutadagi “Sarmoya” va “Kapital” nomli omonatlardan biriga hisobvaraq ochib 30 mln so‘m ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ joylashtirib, bosh sovrin 5, 10 va 20 gramm bo‘lgan sof oltin quymalar sovrindori bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Telegram kanallarida Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani bilan izohlangan videolar tarqaldi. Ikki viloyat IIBlari ushbu xabarlar asossiz ekani, videolarda esa boshqa holatlar tasvirlanganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/kidnap/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yilgi Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi. Saudiya Arabistonining Madina shahriga O‘zbekistonning 10 ta shahridan 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/haj-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IT Park University`da kirish imtihonlarini topshirishda MacBook Pro aksiyasida ishtirok etish imkoniyati mavjud (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/it-park-university/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Portugaliyaning yangi elchisi Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/portugal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden bo‘lajak saylovlardagi raqibi Donald Trampni teledebatga chaqirdi va uning sudlardan bo‘shamayotganiga, faqat chorshanba kunlari vaqti bo‘lishiga sha’ma qildi. Tramp debat bo‘yicha chorlovni qabul qildi. Bayden jamoasi debatlar oldindan ovoz berish boshlanishidan avval o‘tishini istamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/debate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida yog‘ib o‘tgan qisqa va shiddatli yomg‘ir ko‘chalarni suvga to‘ldirdi. Tarqalgan videolarda mahallalar, avtomobil yo‘llari va bozorlarni suv bosganini ko‘rish mumkin. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/rain-in-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Paxtaobod tumanida 21 yoshli Lacetti haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida 41 yoshli piyoda oyoq sinishi bilan bog‘liq jarohat oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/andijon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал