gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum Market Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda reabilitatsiya vositalarini yetkazib berish loyihasini ishga tushirdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pastdarg‘om tumanida qulab tushgan uy egasi IIBga murojaat qilib, unga 300 ming dollar miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bildirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qurilish vazirligi uning qo‘shnisi loyiha hujjatlariga amal qilmasdan yer qazish ishlarini olib borganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/samarkand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rehina Mariya Kastijio BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi. Bungacha u fondning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalarini boshqargan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/unicef/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Yashnobod tumanida MAN va Yutong avtobuslari to‘qnashdi. YTHda jarohat olganlar yo‘q, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasiga yangi tariflarni belgilashda xarajatlarning bir qismini qoplash, shuningdek, tabiiy gazni import qilish xarajatlari hisobga olingan, dedi energetika vaziri. Hozircha ijtimoiy me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oq uy Rossiya Ukrainadagi urush trayektoriyasini o‘zgartirish uchun kuch olayotganidan xavotirda. Ular yaqin oylar tomonlar uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligini kutmoqda, deb yozdi New York Times.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/ukraine-war/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/trade-centre/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi noturar joyda xandaq qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi. Keltirilgan zarar yoki jabrlanish holatlari haqida ma’lumot berilmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/samarkand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekiston bilan 2024-yilgi maslahatlashuv yakunlari bo‘yicha bayonotni e’lon qildi. Missiya, jumladan, mamlakatga manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish va daromadlarni deklaratsiyalashning samarali tizimini joriy qilishni tezlashtirishni tavsiya qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/imf/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi. Ekologiya vazirligi hayvon IIB xodimiga jarohat yetkazgani, maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgani uchun “tezkor chora ko‘rish talab qilinganini” bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/bear/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oltiariq tumanida “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan qaytib, Telegram`dagi turli guruhlarda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan. Bag‘dod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/ferghana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga hudud ichida do‘kon va binolar sotib olishga ruxsat berildi. Savdoda so‘m bilan birga dollar, rubl, yevro va yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/termiz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oltiariq tumanida 200 AQSh dollari evaziga qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/fake/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, Tojikiston Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga may oyi oxirigacha qo‘shilishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/tajikistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiquvchilari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/my-gov-uz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xotin-qizlar ko‘proq ruhiy, shuningdek, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchramoqda, dedi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayeva. Uning aytishicha, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilyapti. 2024-yilning uch oyida ayollarga 10 mingdan ziyod himoya orderi berilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/16/women/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moldova prezidenti Mayya Sandu rossiyalik jurnalist Yuriy Dudning “vDud” loyihasiga intervyu berdi. Suhbat davomida Sandu prezidentlik hayoti, Moldova korrupsiyani yengishga va Yevroittifoqqa kirishga qanday urinayotgani, Ukrainadagi urush, Rossiya bilan munosabatlar, senzura haqida fikr bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/sandu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ANORBANK‘dan yangi foydali omonat

ANORBANK yillik 27% stavkasiga ega so‘mdagi yangi omonatni taqdim etdi.

Shartlar:

- minimal sarmoya — 1 mln so‘m;
- omonat muddati — 25 oy.

Foizlar mablag‘ning omonatda turgan to‘liq oylari haqiqiy soni uchun har oy to‘lab boriladi. Omonat muddatidan oldin yopilgan taqdirda, hisoblangan foizlar foydali stavkalarda qayta hisoblanadi.

Yangi Yuqori Daromad omonatini hozirning o‘zida bank mobil ilovasida ochish mumkin (SNS reytingi bo‘yicha «Eng yaxshi ilova»).

ANORBANK omonatini ochib, BYD E2 elektromobilini yutib olish imkoniga ham ega bo‘lish mumkin.

Batafsil.

Telefon: 1290.

Telegram

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🛡 Prezident O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi.

📝 “Daromadlarni deklaratsiyalash tizimini joriy etishni tezlashtirish“. XVJ missiyasi O‘zbekistonga qator tavsiyalar berdi.

🏘 Yilning birinchi choragida uy-joy narxlari qanday o‘zgardi? Markaziy bank sharhi.

🇹🇯 Tojikiston shu oyda Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qo‘shiladi — O‘zbekiston energetika vaziri.

🐻 Surxondaryoda turar joy va maktab hududiga kirgan ayiq otib o‘ldirildi.

🇲🇩 “Barcha moldovaliklar kabi yashayman” — Moldova prezidenti Mayya Sandu.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston YIMi 2024-yilda 6,5 foizga, 2025-yilda esa 6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, investitsiyalar va sof eksport o‘sish omillari, energiya va suv resurslari taqchilligi esa cheklovchi omillar bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/ebrd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Slovakiya bosh vaziri Robert Fikoning hayotiga suiqasd uyushtirildi — unga hukumat majlisidan chiqqan payti o‘q uzildi. Siyosatchining ahvoli og‘ir, hujumchi qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/robert-fico/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Coca Cola kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Investitsiyalar hajmini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Chorshanba kuni kompaniya mamlakatdagi to‘rtinchi zavodini ochdi. Beshinchisi kelasi yili ochilishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/coca-cola/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aprel oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan biroz tezlashib, 13,7 foizni (+1 foiz) tashkil etdi. Respondentlar orasida dorilar va tibbiy xizmatlar narxi keskin oshganini qayd etganlar soni sezilarli darajada ko‘paydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/perceived-inflation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston aholisining yillik inflyatsion kutilmasi kommunal xizmatlar narxlari ko‘tarilishidan so‘ng keskin oshdi, deyiladi Markaziy bankning martda o‘tkazgan so‘rovi natijasida. Korxonalar ham bu omilni qayd etgan, ammo ular valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siridan ko‘proq tashvishlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/inflation-expectations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Venesuela zamonaviy tarixda barcha muzliklarini yo‘qotgan birinchi davlatlardan biri bo‘ldi. Iqlim o‘zgarishi tufayli uning oxirgi muzligi — La Korona kutilganidan tezroq erib, muz maydoniga aylanib qoldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/venezuela/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour`ning birinchi bosqichi — Superbet Rapid & Blitz Poland 2024 turnirida oltinchi o‘rinni egalladi va 11 ming dollar mukofot puli oldi. G‘olib Magnus Karlsen bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/chess/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 16−22-may kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birinchi chorakda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi sekinlashdi, lekin birlamchi bozorda yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi, deya xabar berdi Markaziy bank. Mamlakat bo‘ylab ijara narxi (dollarda) biroz oshdi (+1,4 foiz), Toshkentda esa 9,2 foizga pasaydi. Poytaxtda yer narxi sotixiga 364 mln so‘mga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/real-estate-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryoda otasining zo‘ravonligiga uchragan 16 va 14 yoshli qizlarning vaziyati bolalar ombudsmani nazoratiga olingandi. Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, Qarshi shahri hokimi qarori bilan ularga xolasi vasiy etib tayinlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/custody/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident imzolagan qonun bilan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish QQSdan ozod qilindi. Shuningdek, dam olish mavsumidan boshqa vaqtda bolalar oromgohlarida xizmat ko‘rsatgan tadbirkorlar foyda solig‘i to‘lamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/jewelry/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал