gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch shahrida 17 yoshli yigit 5-qavatdan avtomashina ustiga quladi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/urganch/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bobur Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/15/sirdaryo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Bosh milliy mukofot g‘olibi — “UzReport TV” telekanali jamoasiga Tracker avtomobili topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/oltin-qalam-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini yakuniy o‘qishda ma’qulladi. Hujjatga qarshi ommaviy noroziliklar qariyb bir oy davom etdi. G‘arb davlatlari ham rasmiylarni tanqid qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda avtomobillar savdosi hajmi ketma-ket uchinchi oyda pasaymoqda, aprel oyida u 19 foizga kamaydi. Pasayish birlamchi bozorda ham, ikkilamchi bozorda ham kuzatilmoqda. Elektromobillar savdosi qisqa turg‘unlikdan so‘ng yana o‘sishni boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/auto-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi, Shavkat Mirziyoyev va mamlakatga tashrif buyurgan BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilot ijrochi direktori Sima Sami Baxus tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/un-women/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dubay aeroportida noqulay ob-havo tufayli reys kechikkach, o‘zbekistonlik ayol janjal ko‘tardi. U bortdagi boshqa bir ayol bilan ham janjallashdi. Oqibatda parvoz yana kechikdi, boshqa qatnovlar vaqti ham o‘zgardi va ayollar reysdan qoldirildi. Uzbekistan Airways ko‘rgan 5037 dollar zarar ulardan undirib olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/airport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 15-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,10 soʻmga qimmatlab, 12 710,95 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nukus shahridagi ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida binoni qayta qurish va jihozlashga ajratilgan pullarning 530,4 mln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi. Shuningdek, Brayl printerlari va ovoz yozish studiyasiga ajratilgan 140 mln so‘m o‘zlashtirib yuborildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/nukus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov davlatga tegishli bo‘lgan mulklar yopiq qarorlar asosida xususiylashtirilayotgani haqidagi fikrlarga javob qaytardi. “Bizda yopiq sotish yoki boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas. Hammasining huquqiy asosi bor”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/davaktiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chortoq tumanidagi oilaviy bog‘chaning 17 nafar tarbiyalanuvchisi avval Xotira maydoniga, so‘ng qabristonga ziyorat uchun olib borildi. Bolalar bitta Damas`ga o‘tqazilgani va taqiqlansa-da, qabristonga olib borilgani uchun bog‘cha rahbari “jiddiy ogohlantirildi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/chortoq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda toshkentlik tadbirkorlardan soliq idoralari xodimlari ma’lum turdagi nazorat-kassa mashinasidan foydalanishni talab qilayotgani va tekshiruv bilan tahdid qilinayotgani haqida shikoyatlar paydo bo‘ldi. Soliq qo‘mitasining ta’kidlashicha, tadbirkorlar NKM modelini o‘zlari tanlashlari mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/nkm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13−14-may kunlari Samarqandda o‘tayotgan Osiyo xotin-qizlari forumiga 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar, jumladan, BMT bosh kotibi o‘rinbosari keldi. Senat raisi Tanzila Narbayeva prezidentning ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. “Gazeta.uz” jarayonning birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/asian-women/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘raqo‘rg‘on tumanida KamAZ haydovchisi 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. “Kenja farzandim edi, bog‘chada ham juda dono edi. Hech kimning boshiga bu tashvish tushmasin”, — deydi marhumning otasi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/kamaz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bir nechta fuqarolar o‘zaro til biriktirib, 19 kishi nomiga avtokredit rasmiylashtirgani, ammo ularga mashina olib bermay, 6,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/auto-credit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onadagi maktabda o‘quvchini urgan Milliy gvardiya xodimi lavozimidan ozod etildi. U maktabda inspektor-psixolog lavozimida ishlagan, hozirda uni boshqa lavozimga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🔀 “Bizda yopiq sotish yoki boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas”. Davaktiv rahbari — anonslarsiz xususiylashtirishlar haqida.

🇺🇳 O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi.

🖇 SQ: Soliq xizmati xodimlari ma’lum bir nazorat kassa mashinasidan foydalanishni talab qilishga haqli emas.

💳 Humo to‘lov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

🚗 O‘zbekistonda avtomobillar savdosi ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

👩‍💼 Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumining ilk kuni qanday o‘tdi? — fotoreportaj.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmida 18 foizga yetkazish rejalashtirilgan, dedi energetika vaziri. Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan birga Vengriya, Ruminiya va Yevropaning boshqa davlatlariga “yashil” energiya eksport qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/renewable/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash hajmi 2,7 foizga kamayib, 5,82 milliard dollarni tashkil qildi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mart oyidagiga nisbatan 6,8 foizga pasaygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/currency-operations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda to‘qimachilik, charm-poyabzal mahsulotlari va elektr jihozlari, shuningdek, meva-sabzavotlarga minimal eksport narxlari joriy etilmoqda. Minimal narxlar rejimi buzilgan taqdirda, Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga bildirishnoma yuboriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/minimal-export-prices/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo) MCHJ aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Avvalroq undagi davlat ulushi sotuvga chiqarilishi xabar qilingandi. To‘lov tizimining sof foydasi 2023-yilda salkam 2 baravar, 2024-yil birinchi chorakda esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 88 foizga oshgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/humo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-maydan Toshkent shahrida transport kartalari sotuvchi shoxobchalar faoliyati tugatiladi. Yo‘lovchilar ATTO transport kartalarini UzPost aloqa bo‘limlaridan xarid qilishi mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/atto-uzpost/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindistonda chang bo‘roni va jala vaqtida ulkan reklama banneri qulab tushdi, oqibatda kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Mahalliy hokimiyat vakillari 250 tonnalik bilbord noqonuniy ravishda o‘rnatilganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/mumbai/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-maydan boshlab mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralari ishga tushadi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/terminal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IT Park University Solution Architecture va Cloud and DevOps kabi yo‘nalishlarda bir yarim yillik magistrlik dasturini taklif etadi. Istovchilar 9-sentabrgacha hujjatlarini topshirishi mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/it-park-university/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zangiota tumanidagi xonadonlarning birida 2 yoshli bola 5 metr chuqurlikdagi hojatxonaga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uni pastdan sog‘ holatda olib chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/toilet/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Unda restoran, xonadonlarda “Bitiruv oqshomi”ni o‘tkazish, sovg‘aga pul yig‘ish, bayramga qimmat kiyim sotib olish, yengil mashinalarda sayr, guruh bo‘lib bog‘ va suzish joylariga borish taqiqlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/schools/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida meva-sabzavotlarni saqlash muzlatgichidagi xatolik sabab korxonaning 716 mln so‘mlik elektr energiyasi iste’moli hisobga olinmagani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli organlarga taqdim etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/resources/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakkasaroy tumanida Matiz (taksi), Lacetti, Spark va Isuzu to‘qnashdi. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketdi, 2 kishi jarohat oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/14/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hozirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha 196 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va yil boshidan buyon 173 ming yo‘lovchi tashilgan. Transport vazirligi yil oxirigacha yana 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/bus-route/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал