gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📉 Iqtisodiy tengsizlikning kuchayishi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish sur’atini sekinlashtirdi.

👨‍💻 O‘zbekistonning 14 ta chekka tumani va 1 ta shahrida IT-shaharchalar tashkil etiladi.

⚖️ Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi.

🇰🇷 O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga yana mavsumiy ishlar uchun borishi mumkin bo‘ladi.

🏘 Aprelda Toshkentdagi ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sishi tezlashdi — ITIM.

💼 O‘zbekistonda mehnat qonunchiligini buzgan 2700 ga yaqin amaldor jazolandi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish natijasida qiz bolani o‘qitmaslik, uyda o‘tirishi kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda”, — dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva Samarqanddagi Osiyo xotin-qizlari forumida. Uning ta’kidlashicha, qizlar ilg‘or sohalarga faol kirib kelmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/women-edu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning 15 ta chekka hududida IT-shaharchalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yoshlar IT, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi. “Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak”, — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/it/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aprel oyida Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi. Martda o‘rtacha narx atigi 0,2 foizga oshgan bo‘lsa, aprelda ko‘rsatkich mos ravishda 1,1 foizga oshdi. Yillik hisobda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi qariyb 13 foizga ko‘tarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish hajmini 2024-yilda 8 mln tonnaga, 2025-yilda esa 10 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ko‘rsatkich 2016-yilda 4 mln tonnadan kam, 2023-yilda esa 6,5 mln tonna bo‘lgan. Avvalroq prezident ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq bergandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/coal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi. Buning evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘ramoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/dok-1-maks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1−2-iyun kunlari Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra 2024 xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tadi. Yugurish masofalari 2, 10, 21 va 50 kilometrni tashkil qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/zaamin-ultra/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha hujjat imzolandi. Hamkorlik energetika, transport, suv ta’minoti, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, davlat boshqaruvi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/adb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) Ostonada o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida oltin medalga ega chiqdi. U o‘z vazni doirasidagi sportchilarning dunyo reytingida 18-o‘rinda bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/grand-slam/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 1 mln 519,3 ming nafar sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2,1 foizga yuqori. Keluvchilarning eng ko‘pi Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolaridir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/tourists/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-may soat 11:44 da Qirg‘izistonda magnitudasi 3,9 ga teng bo‘lgan zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida ham sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida havo harorati ko‘tarilib, 33−36 darajagacha, janubiy va cho‘l hududalardagi ayrim joylarda 38 darajagacha issiq bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat 25−30 darajagacha pasayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda fuqaroning bank kartasidan 11,7 mln so‘m pul o‘g‘irlandi. Aniqlanishicha, bu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit sodir etgan. U boshqalarga Telegram orqali turli havolalar jo‘natib, ularning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va pul yechish bilan shug‘ullanib kelgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/theft/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekistonda 3 mlrd dollarga yaqin Rossiya sarmoyasi o‘zlashtirildi, 2024-yilda buni 5 mlrd dollarga yetkazish kutilmoqda. “Vazifani bemalol bajarsa bo‘ladi… Loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishda nostandart yondashuvni ta’minlash topshirig‘i berildi”, — dedi ISSV rahbari Laziz Kudratov.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/investments/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Afg‘oniston shimolida kuchli yomg‘irlar sababli suv toshqinlari yuz berib, kamida 150 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Hodisadan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rdi. Uyidan ayrilgan oilalarga chodir, ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat tarqatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/afghanistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14-may kuni xristianlik dinining ota-onalarni xotirlash tadbirlari o‘tkazilishi sabab Toshkent shahridagi 3-sonli qabriston tomon 2 ta bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu uchun 8 ta MAN avtobuslari ajratiladi, ular 7:00 dan 18:00 gacha harakatlanadi, yo‘lkira haqi — 5 ming so‘m.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/one-day-bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda ayblangan sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jarayon ikki oy davom etdi hamda mamlakat ichida va xorijda keng rezonansga sabab bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/kazakhstan-court/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan oyda Ukraina havo mudofaasi kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan raketalarning atigi 30 foizini urib tushirdi, deb yozdi The Wall Street Journal. Ko‘rsatkich so‘nggi yarim yilda 46 foiz, undan avvalgi mos davrda 73 foiz bo‘lgan. Nashr mamlakatda Patriot tizimi uchun o‘q-dorilar tugayotganini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11 va 12 may kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida “Yoshlar” toifasidagi sportchilar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. CSIJ-B musobaqalarida Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tayvan, Filippin, Singapur, Malayziya va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Turnirning birinchi kunida o‘zbekistonlik chavandoz Firdavsbek Davronbekov King Class otida “nokaut” yo‘nalishida g‘alaba qozondi. Ikkinchi natijaga tayvanlik chavandozlar Pen-Chen Chen va Amber erishdi. Uchinchi o‘rinni BAAlik sportchi Mabxout Alkabri va Xanva Loukaland qo‘lga kiritdi. 100 metr masofaga ot choptirish bo‘yicha BAA vakili Mabxout Alkabri va Xanva Lukaland g‘alaba qozondi.

Reklama huquqlari asosida

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Janubiy Koreya hukumati bilan uzoq muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2021-yilda Koreya ko‘plab fuqarolar mehnat shartnomalarini buzgani va belgilangan muddatda mamlakatni tark etmagani uchun ishga qabul qilishni to‘xtatgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/seasonal-work-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 14-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 18,23 soʻmga arzonlab, 12 699,85 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil boshidan buyon Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 13,3 mingdan ortiq mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlangan. Asosan maktab va bog‘chalarda huquqbuzarliklar soni ortgan. Qariyb 2700 nafar mansabdor shaxs jarimaga tortilgan, shundan 166 ta ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/labor-legislation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanida BYD Han avtomashinasini guvohnomasiz boshqargan 22 yoshli haydovchi YPX inspektorini qasddan urib yubordi. Xodim ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/yph/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sherobod tumanida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 59 yoshli haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi. Tarmoqlarda YTHga yo‘ldagi chuqurlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro standartlar bo‘yicha 2015−2022-yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2 barobar — 17 foizgacha kamaydi. JBga ko‘ra, o‘sayotgan iqtisodiy tengsizlik kambag‘allikni qisqartirish tempini sekinlashtirdi. Eng boy fuqarolar daromadi aholining eng kambag‘al qatlaminikiga qaraganda 5 barobar tezroq o‘sdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/poverty/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergey Shoygu 2012-yildan beri ishlab kelayotgan mudofaa vaziri lavozimidan bo‘shatilib, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Putin, shuningdek, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Andrey Belousovni yangi mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/sergei-shoigu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotini bilan uni sehr-jodu qilganlikda ayblab, janjallashgan. Janjal vaqtida erkak xonada turgan bolta bilan xotiniga 17 marotaba zarba bergan. Ayol voqea joyida vafot etgan. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/13/shovot/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkakning 7 yoshli qizga nisbatan qilgan harakatlari qayta malakalandi va erkak jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirish moddasi yuzasidan qamoqqa olindi. Uning yana boshqa bir qizga nisbatan ham shunday harakatlar qilgani haqidagi xabarlar o‘rganilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vengriyada O‘zbekistondan kelgan atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash boshlandi, dedi Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi rahbari Peter Siyyarto. Shuningdek, u qo‘shma fond hajmini 50 milliondan 150 million yevrogacha oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/nuclear-power-station/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Malibu 45 yoshli piyodani urib yubordi. Erkak hodisa joyida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал