gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qarorni imzoladi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

🔹 Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarga “oila — mahalla — tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etiladi.
🔹 Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlarining 102 raqamiga kelib tushgan murojaatlar asosida roʻyxatga olinadi.
🔹 Barcha hududlardagi shoshilinch qabul boʻlimlarida 24/7 ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalari tashkil etiladi.
🔹Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida vaqtinchalik boshpana (shelter)lar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
🔹Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning reyestri yuritiladi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Elchi Ashraf Xodjayev Qatar ta’lim vaziri Busaina bint Ali An-Nuaymiy bilan uchrashdi. Ular Qatar universitetlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar ajratish, ikki davlat maktab va OTMlari o‘rtasida almashinuv, qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish kabi masalalarni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/qatar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1992-yilda qabul qilingan “Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida”gi hukumat qarori 1-sentabrda o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan bekor qilinayotgan 493 ta qarordan birida nazarda tutilgan. 32 yil avval qabul qilingan hujjatda aeroport poytaxtdan 45 km uzoqqa ko‘chirilishi belgilangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/tashkent-airport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan “Turkiston albomi (1871−1872)” va “Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari (1879−1937)” YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/memory-of-the-world/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 “Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 400 ga yaqin mas’ul ishdan olindi.

🇺🇿 Yil boshidan buyon 115 ming o‘zbekistonlik mehnat migratsiyasidan qaytib keldi.

☢️ Ikki viloyatda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi.

✈️ 2023-yil boshidan beri lazer nurlarining samolyotlarga yo‘naltirilishi bo‘yicha 16 ta holat qayd etildi.

🧸 3 yildan beri oshmagandi — Maktabgacha ta’lim agentligi bog‘cha to‘lovi oshgani haqida.

🏘 Ko‘chmas mulk tilini tushunish nima uchun muhim?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Aprel oyida o‘zbek YouTube’da ikkita katta burilish bo‘ldi, tanaffusga chiqqanlar qaytdi va, har doimgidek, yangi loyihalar ham paydo bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/youtube-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning Universal Energy kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini quradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/power-stations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maktabgacha ta’lim agentligi davlat bog‘chalarida to‘lovlar oshirilayotganini izohlab, tariflar 3 yildan beri o‘zgarmagani, shu bilan bir vaqtda, oziq-ovqat, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlar oshganini ta’kidladi. Bundan ovqatlantirishning sifatini yaxshilash ham maqsad qilingan, deydi agentlik vakili.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/comment/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5-may kuni Next savdo markazida Honor of Kings kibersport yo‘nalishi bo‘yicha turnir finali bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqaning barcha ishtirokchilariga yangi Infinix Note 40 Pro smartfonlari sovg‘a qilindi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/level-infinite/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 13-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 23,08 soʻmga qimmatlab, 12 718,08 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toyloq tumanida 15 yoshli qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 18 yoshli yigitdan farzand ko‘rdi. Holat yuzasidan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/girl/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning yanvar-mart oylarida 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat migratsiyasidan qaytib keldi. Yil oxirigacha yana 250−300 ming nafar o‘zbekistonlik mamlakatga qaytishi prognoz qilinmoqda. Prezident qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/migrants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Apple o‘zining navbatdagi taqdimotida yangi modeldagi planshetlar — iPad Air va iPad Pro`ni namoyish etdi. Ularning yangi modellari diagonali 11 va 13 dyuymli bo‘ladi. 13 dyuymli model kompaniya tarixidagi eng ingichka qurilmaga aylandi — 5,1 mm. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/ipad/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hududlarida uy-joylarni sinov tariqasida renovatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Misol tariqasida Toshkentning Oqtepa massividagi loyiha keltirilgan. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni iyun oxirigacha ishlab chiqish belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/renovation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +19…+23 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanbada esa respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, harorat +28 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Apple yangi iPad mahsulotiga ishlangan reklamasi uchun uzr so‘radi. Videoda gidravlik press madaniyat va san’atga oid narsalarni parchalab yuborgani, o‘rnida esa yangi iPad paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Internet foydalanuvchilari buni “insoniyat san’ati va tajribasining yo‘q qilinishi namoyishi” deya qabul qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/apple/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Issiqxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirish uchun ularga ma’lum mutaxassislarni yollash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini va ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizigacha qismini qoplash taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/greenhouses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qibray tumanining Universitet va Salar ko‘chalari chorrahasidagi ustunga radar o‘rnatayotgan muhandisni tok urdi. 26 yoshli yigitning vafoti yuzasidan maxsus komissiya tuzildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/11/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va uning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha milliy dastur bilan tanishdi. Unda 1 mln gektar agroekologik landshaft va degradatsiyaga uchragan yaylovlar holatini yaxshilash, himoya o‘rmon zonalarini yaratish va boshqa chora-tadbirlar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/climate-change/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ikki viloyatida charm klasterlarini tashkil etish, zotli chorva mollarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, pillaning xarid narxini oshirish va charm sanoati hamda ipakchilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/sericulture/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-may kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel-suv toshqinlari yuz berdi. Avtomobil yo‘llari, ekin maydonlarini suv bosdi, daraxtlar quladi. Jala tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. “Gazeta.uz” yog‘ingarchilik va u yetkazgan talafot aks etgan videolarni havola etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oltita kinopremyera, kofe va choy festivali, Ozoda Nursaidova konserti, art-bozor, kaktuslar ko’rgazmasi, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yerevanda fuqarolik itoatsizligi aksiyalari boshlandi. Namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Ozarbayjonga hududiy yon berishlariga qarshi chiqmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/armenia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. U Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va gaz bozorini tartibga solish bo‘yicha funksiyalarga ega bo‘lmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/agency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Xitoyda bo‘lgani kabi kanakunjut qurtini parvarishlab, undan ipak olish usuli yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, sinov ishlarini boshlashni topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/pillachilik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023-yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/athletics-federation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda “Sayxunobod tajribasi” doirasidagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olingani ma’lum qilindi. Shuningdek, mazkur tajriba orqali aprel oyida 365 ming aholi bandligi ta’minlangani bildirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/sayxunobod-tajribasi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan reydda veterinariya hujjatlarisiz 1015 kilogramm mol go‘shti aniqlandi. Ular iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lgach, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/meat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozimda u 2023-yilning fevralida tayinlangan Mirjamol Miralimov o‘rnini egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/buxoro-iib/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilishni Sirdaryo viloyati hokimiga topshirgandi. Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qilib, kalitini topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/gift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал