gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yil boshidan 2024-yil martigacha samolyotlarga lazer nurlarining yo‘naltirilishi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etildi. Lazer nurlari odamni ko‘r qilishi, shuningdek, yo‘lovchilar va samolyot ekipaji a’zolarining hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/laser-strike/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YI 600 ming yevro miqdorida grant ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan Fransiya taraqqiyot agentligi va BMTTD ko‘magida O‘zbekistonda yashil budjetlashtirish tamoyillari joriy etiladi. Bu budjetni shakllantirishda Barqaror rivojlanish maqsadlari va ekologik kun tartib hisobga olinishini anglatadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/green-budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/emomali-rahmon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hisor davlat qoʻriqxonasidagi fotoqopqon qizil sugʻurni tasvirga oldi

Qashqadaryodagi Hisor davlat qoʻriqxonasining Qizilsuv uchastkasi hududida oʻrnatilgan fotoqopqonga qizil sugʻur muhrlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar qildi.

Qizil yoki uzun dumli sugʻur Hisor tizmasida keng tarqalgan. Vazni 9 kg, tana uzunligi esa 37-80 santimetrga yetadi.

Kuzatishlar natijalariga koʻra qizil sugʻur Hisor qoʻriqxonasining Gʻyelon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv boʻlimlarida uchrashi aniqlangan.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18-may kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida YeIning O‘zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida YeI tomonidan moliyalashtirilgan 40 dan ortiq loyihalar taqdim etiladi. Ishtirokchilarni o‘yinlar va viktorinalar, shuningdek, gala-konsert kutmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/festival/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida fuqaro xonadoniga bir bosh dala echkiemari kirib qolgani aniqlandi. Jonivor Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/reptile/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyda 2024 Chery International Business Conference bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya vakillari yangi “Jamoatchilik farovonligi va ESG amaliyotlari” loyihasini taqdim etdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, yozda Rossiya bozoriga meva-sabzavotlar eksportini oshirish haqida suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/mirziyoyev-putin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiyaning Suez kompaniyasi yetti yilda Toshkent suv ta’minoti tizimidagi 30 mingga yaqin suv sizib chiqishini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Pol Burdiyon. Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlash va sanoat, qishloq xo‘jaligi, bog‘ va parklarni sug‘orishda foydalanishni taklif etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/suez/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Temur Malik ko‘chasidagi burilish joyi yopilgani munosabati bilan 9-maydan 30, 95, 110 va 129-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. Shuningdek, 72-avtobusning ish vaqti 5:00 dan boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/buses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇺🇿 “Charchasam bo‘lmaydi, katta-katta ishlarni endi boshlayapmiz” — Shavkat Mirziyoyev.

🇰🇷 Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun avtomobilsozlik yo‘nalishida ish taklif qilmoqda.

🎓 Davlat OTMlariga o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o‘zgardi.

🗳 “Tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak“. Oliy ta’lim vaziri — rektorlarni saylash haqida.

📈 Oltin narxi ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshishda davom etmoqda.

🎖 Urush qatnashchisining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida TDIUga qabul qilindi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining da’vosi bo‘yicha Binance xalqaro kriptobirjasi ishiga doir sud jarayoni davom etmoqda. “Gazeta.uz” uchinchi yig‘ilishda ishtirok etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/binance/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab o‘zining koronavirus vaksinasi uchun marketing ruxsatnomalarini qaytarib olishni boshladi. Kompaniya bu qadamni boshqa samaraliroq dorilarning ko‘pligi bilan izohladi. Ishlab chiqaruvchi avvalroq vaksinasi juda kamdan-kam hollarda trombozga olib kelishi mumkinligini tan olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/astrazeneca/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zDJTUning 19 yoshli talabasi Isroilning Toshkentdagi elchixonasi binosiga kerosin shishasini uloqtirib, o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/israel-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. “Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin qilsak bo‘ladi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/rectors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar tergovini nazoratga oldi. Diplomatik missiya vaqtincha hibsga olingan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazish choralarini ko‘rmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/10/uzbek/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida yuqori tezlikda harakatlangan Kia haydovchisi 27 yoshli piyodani urib yubordi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi. Tarmoqlarda piyoda ikki mashina o‘rtasida uyushtirilgan poyga yo‘lagiga tushib qolganini ko‘rish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Moskvada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Davlat rahbari Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/parade/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi. Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida o‘rganish markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Markaz direktorining maqomi prezident maslahatchisi o‘rinbosarinikiga tenglashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/center/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Termizda chang boʻronlari kuzatilmoqda

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida chang boʻronlari kuzatilmoqda. Koʻrish masofasi 100-200 metrgacha cheklangan.

Uzb_Meteo xabariga koʻra, shaharda PM-2,5-mayda dispers zarrachalari bilan bogʻliq ifloslanish haddan tashqari ortib ketgan.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9-may kechqurun poytaxtdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida mushakbozlik namoyishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/fireworks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Armaniston 2023-yil noyabrida qabul qilingan KXSHTning 2024-yil uchun budjeti haqidagi qarorga qo‘shilmaydi. Shunga qaramay, mamlakat tashkilotning a’zosi bo‘lib qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/armaniston/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan aprel oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq aprel bo‘ldi, shuningdek, meteorologlar ketma-ket 11-oy harorat rekordini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/april-hot/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti YOIIning yubiley sammitida ishtirok etib, O‘zbekiston amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. U agrosanoat, “yashil” texnologiyalar, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/09/eaeu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha 4 yillik milliy strategiya qabul qilindi. Bunda ichki ishlar organlarini narkotesterlar bilan ta’minlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/drugs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda ilk bor mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi. 20 ga yaqin yirik ishlab chiqarish korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. O‘zbekiston mudofaa sanoati yutuqlari — “Gazeta.uz"ning katta fotoreportajida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/defense-industry/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV jazoni o‘tash joylarida masofaviy videouchrashuvlar tashkil etish imkoniyatini yaratishni taklif qildi. Xavfsiz videoaloqa tizimini o‘rnatish uchun Inm International bilan 10 yillik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/inm-international/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston TIV Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani bois mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan o‘zlari bilan barcha zarur hujjatlarni olib yurishni so‘radi. Shuningdek, Rossiyaga kirishdagi to‘siqlar Qozog‘istonda ham amal qilishini eslatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ikkinchi jahon urushi faxriysi Muhiddin Do‘sanboyevning nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Oliy ta’lim vaziri bu "prezident sovg‘asi" ekani, qiz universitetning bu yilgi ilk talabasi bo‘lganini aytdi. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/grandchild/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5−8-iyun kunlari Mo‘ynoqda “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturi va ijodkorlar safi — “Gazeta.uz” materialida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/stihia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал