gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6-may kuni Intercontinental mehmonxonasida Yunusobod Business City yangi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda loyihani amalga oshirish bosqichlari va yetakchi investorlar hamda ekspertlarning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/yunusobod-business-city/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident harbiy klinik gospitalga tashrifi chog‘ida Sirdaryo hokimiga o‘sha yerda davolanayotgan urush qatnashchilaridan biriga uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Yana bir urush faxriysi esa Shavkat Mirziyoyevni umrbod prezident qilib qo‘yishni taklif etdi. Prezident bunga javoban kulib qo‘ydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/president/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida 3 ming nafar ishchiga talab borligi va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/south-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston OTMlarida magistratura va doktoranturaga qabul qilishda ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. Bir qancha sohalarda esa sertifikat talabi bir pog‘ona — B1 darajasiga tushiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/sertifikat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Universitetlarga kirish imtihonlaridan minimal o‘tish ballari 56,7 balldan 75,6 ballgacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun esa 94,5 ball etib belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/ballar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrifidan so‘ng Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/war-veterans/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahri FVB qutqaruvchilari bir soatdan ortiq vaqtdan beri yong‘inni bartaraf etmoqda, 11 ta ekipaj jalb etilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, "Matonat madhiyasi" yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Unga, shuningdek, Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan majmua loyihasi taqdimot qilindi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/flowers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda bojxona xodimlari tomonidan ushlandi. Ularga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/oltin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 10,11,12-may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq poytaxtdan Qarshiga ham 8, 9-mayda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi bo‘lishi xabar qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Stenford universiteti olimlari gaz plitalaridan foydalanish xavfli miqdordagi azot dioksidi chiqarishini aniqladi, bu bolalarda astma, kattalarda esa erta o‘limga olib kelishi mumkin. Kichikroq yashash joylarida ifloslanish darajasi yuqori bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/gas-stoves/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-may kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona yurishi bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar G‘alaba bog‘idan Magic City parkigacha harakatlanadi. Poytaxtning bir qator ko‘chalari transportlar uchun yopiladi (xarita).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/military-march/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors 8-may kuni soat 10:00 da avvalgi shartnomalardan chiqarilgan Gentra, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi. Gentra`larni (4500 ta) shu zahoti olib ketish mumkin bo‘ladi. Kompaniya, shuningdek, Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqara boshlashini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/uzautomotors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiyaning Alstom kompaniyasi vitse-prezidenti Sasha Parne “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Toshkentda tramvay liniyalarini qurish bo‘yicha loyiha haqida gapirdi. Uning aytishicha, rasmiylar 2030-yilgacha davlat organlari ham ko‘chib o‘tishi reja qilingan Yangi Toshkentni ustuvor yo‘nalish sifatida tanlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/alstom/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi “Kamolon osh” asoschisi Sa’dullo Saidov vafot etdi. Uning Tailandga qilgan safari chog‘ida cho‘kib ketgani aytilmoqda. Osh markazi 3 kunga faoliyatini to‘xtatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/kamolon-osh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi. Uni Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/moscow/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 10-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,01 soʻmga qimmatlab, 12 695,00 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha aprel oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi. Havoning o‘rtacha harorati 1−2 daraja iliq, respublika janubida esa me’yordan 3−5 daraja yuqori bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/april-weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat OTMlarida grant asosida o‘qigan talabalarning o‘qishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartiriladi, sirtqi ta’lim kvotasi kunduzgi ta’limga ajratilgan miqdordan oshmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/grant/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi fonida aprel oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 35,1 mlrd dollarga yetdi. Zaxiradagi qimmatbaho metallning fizik hajmi 1,24 tonnaga kamaydi va 2022-yilning may oyidan buyon minimal darajada bo‘lib qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/reserves/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Toshkent shahrida oʻrtacha nominal ish haqi 8,12 million soʻmni tashkil etmoqda.

“Gazeta.uz” muxbiri Umida Ergasheva poytaxt koʻchalarida yurib, aholi qancha maosh olishi bilan qiziqdi.

Javob quyidagi videomizda:

https://www.youtube.com/watch?v=CHA19dT3Zps

@gazetauzspecial

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy raisi Si Szinpin Fransiyaga tashrifi davomida mamlakatning Rossiya bilan yaqin aloqada ekani bo‘yicha e’tirozlarni rad etdi. “Xitoy bu inqirozning sababchisi ham, tomoni ham, ishtirokchisi ham emas. Lekin biz kuzatuvchi ham emasmiz, tinchlikka erishish uchun doimo faol harakat qilganmiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/xi-jinping/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dehlidan Chikagoga uchgan Air India samolyoti 86 yoshli yo‘lovchi yurak xurujiga uchragani sababli Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/08/air-india/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh aviatsiya regulyatori 787 Dreamliner samolyotini sinovdan o‘tkazishda hujjatlarni qalbakilashtirish ehtimoli tufayli Boeing kompaniyasiga nisbatan yangi tergov boshladi. Kompaniya qoidabuzarliklarni tasdiqladi, biroq parvozlar xavfsizligiga tahdid yo‘qligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/boeing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚫 O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashni muhokama qildi.

🚋 “Hozir Yangi Toshkent ustuvorlikda turibdi”. Alstom vise-prezidenti — poytaxtda tramvay qurilishi haqida.

🚗 UzAuto Motors Gentra, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi.

💵 Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 20 mln so‘mdan beriladi.

👩‍🦰 Ayollarni himoya qilishi kerak bo‘lgan qonun ularni jazolash uchun ham xizmat qilmoqda.

🤜 Sog‘liq yomonlashuviga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish dekriminalizatsiya qilinishi mumkin.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent planetariysiga sayohat

Har yili mart oyining ikkinchi yakshanbasida Xalqaro planetariylar kuni nishonlanadi. 1925-yiling 7-mayida Germaniyaning Myunxen shahrida dunyodagi birinchi planetariy ochilgan. Ilk planetariyning 100 yilligi munosabati bilan 2023–2025-yillarda Xalqaro planetariylar kuni 7-may kuni nishonlanmoqda.

Toshkent planetariysi bundan 61 yil avval ochilgan boʻlib, 2003-yili toʻliq qayta qurilib, yangitdan faoliyat boshlagan. Bir yil oldin “Gazeta.uz” yosh avlodning astronomiya va kosmonavtikaga qiziqishini oshirishi mumkin boʻlgan ushbu muassasadan reportaj tayyorlagan edi.

U bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2023/06/30/planetariy/

Ziyoda Ramazonova, Madina Aʼzam

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident 8−9-may kunlari Rossiyaga tashrifi chog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlardan tashqari, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining majlisida ham ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/visit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istonda fevral oyi oxirida ochilgan Amudaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prik 7−9-may kunlari yopilishi rejalashtirilgan edi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ko‘prik yopilmasligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/bridge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Superbet Rapid & Blitz Poland 2024 — mukofot jamg‘armasi 175 ming dollar bo‘lgan Grand Chess Tour’ning birinchi bosqichida ishtirok etadi. Turnirda Magnus Karlsen, Dommaraju Gukesh va boshqa shaxmatchilar ham ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/chess-poland/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sherobod tumanida sel oqizib ketishi oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Qo‘ylar jasadi Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun dezinfeksiya qilinib ko‘mildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/07/sheep/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал