gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nega ijara haqining eng kam miqdori joriy etilganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar boshqaruv organi minimal tarifdan past miqdorni belgilasa, uyni tegishli holatda saqlab turolmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistonining Vision Invest kompaniyasi Andijon xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish va kelgusida boshqarishga qiziqish bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/vision-invest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

So‘nggi 2 yilda Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilari, asosan, Pushkinning 170 dan ortiq nodir asarlari o‘g‘irlandi, deb yozmoqda New York Times. Yo‘qolgan kitoblarning umumiy qiymati 2,6 mln dollardan oshadi. Aksariyat hollarda o‘g‘irlangan asarlar yuqori sifatli qalbaki nusxalar bilan almashtirib ketilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/pushkin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanida enagasi bolalar aravachasida olib ketayotgan 1 yoshli qizning ustiga daraxt quladi. Oqibatda bola voqea joyida halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/tree/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 6-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,95 soʻmga qimmatlab, 12 675,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri “Eski jo‘va” bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 49 million so‘mlik tilla buyumlar o‘g‘irlab ketishda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/eski-jova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish uchun 20 mln dollar ajratdi. Bu mablag‘lar bog‘chalarni qurish, modernizatsiya qilish va o‘rinlar sonini oshirish imkonini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/opek/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nima uchun “kvartplata”dan qarzdor xonadon egalarini elektrdan uzish reja qilinayotganini tushuntirdi. Yangi tizim eksperiment tariqasida Navoiydan boshlanadi, ammo buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/debt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi doirasida kapital bozorini rivojlantirish, mas’uliyatli biznes yuritish, muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish va investorlar bilan ishlashni raqamlashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/ishchi-guruh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda mamlakat elchixonasining yangi binosi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/embassy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta. uz”ga mamlakatning magistral gaz tizimini modernizatsiya qilishga bo‘lgan zarurat yuzasidan izoh berdi. Avvalroq Rossiyadan gaz importini oshirish uchun modernizatsiya ishlariga 500 mln dollar sarflash reja qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/gaz-system/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston 2023-yilgi o‘rnidan 11 pog‘ona pastlab, 180 ta davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “og‘ir”dan “juda jiddiy” bosqichga o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/press-freedom-index/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Chirchiq shag‘al saralash” korxonasi direktori Yuqori Chirchiq tumanidagi g‘alla va chorvachilik uchun ajratilgan 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U 40 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganida qo‘lga tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/land/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayev O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar haqida gapirib, hali hech narsa aniq emasligini ta’kidladi. “Faqat gaplashyapmiz, umumiy gaplar bo‘lyapti. Qaysi yo‘nalishda qanday imkoniyatlar borligini ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/uzatom/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380 avtomobil yo‘li"ni rekonstruksiya qilish va Amudaryo ustidan ko‘prik qurish uchun 238 million dollargacha kredit ajratdi. Rekonstruksiyadan so‘ng bir qatorli yo‘l ikki qatorli avtomobil yo‘liga aylanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/khorazm-road/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘qqizta kinopremyera, ko‘rgazmalar, jaz festivali, “Mo‘jizalar vaqti” yarmarkasi, “Benom” guruhi konserti, teatrlardagi spektakllar, bolalar uchun shou-dasturlar, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zamonaviy Himoya kompaniyasi (Sovremennaya Zashchita MCHJ) advokatlar bilan hamkorlikda jismoniy shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi ishini qo‘llab-quvvatlashga kirishdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/sovz-uz/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda O‘zbekiston fuqarolarini Qatarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/work-qatar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning CAMCE, Goldwind, China Southern Power Grid va Holley Group kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Unda Toshkent viloyatida texnopark qurish va loyihaga Xitoy kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/china-companies/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev tarkibiga Air Products, CNH Industrial va Silverleaf kompaniyalari rahbarlari kiruvchi AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Amerika tadbirkorlarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish rejalari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/trade-chamber-us-uz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Savdo Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sishga sezilarli hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, karbonat angidrid chiqindilarini ham oshirdi, deydi OTB. MO davlatlari dekarbonizatsiya va uglerod narxini belgilash bo‘yicha mintaqaviy siyosatni muvofiqlashtirishi kerak, — deb ta’kidladi bank ekspertlari.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/carbon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/weekend/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Braziliya va Xitoyda yuz bergan suv toshqinlari munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. 29-aprel kuni boshlangan yomg‘irlar sababli Braziliyada 29 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi bedarak yo‘qolgan. Xitoyda esa yuz minglab aholi evakuatsiya qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/tiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda “Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan, dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida hibsga olingan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/ziki/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/migrants-in-russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sharqiy Afrikada joylashgan Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi. Bu haqdagi hujjat Nyu-Yorkda imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/jibuti/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/ipoteka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🌊 “Qambarota GES-1 O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” — Abdulla Aripov.

🏘 O‘zbekiston, jumladan, Toshkentda quruvchi tashkilotlar uy-joy sotuvi shartnomalarida qanday narxlarni ko‘rsatmoqda?

🏦 O‘zbekiston YTTB bilan “Asakabank”ni xususiylashtirish bitimini imzoladi.

💬 ”Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini o‘z zimmasiga oladi” — prezident.

✍️ O‘zbekiston AQSh va Britaniya bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik qilmoqchi.

☪️ “Toshkent Qur’oni” restavratsiya qilinadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi, deb yozmoqda Bloomberg nashri. Bitim Ar-Riyodga Amerikaning ilg‘or qurollaridan foydalanish imkonini beradi va Isroilga G‘azo urushini tugatish uchun rag‘batlar taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/defense-pact/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘izistondagi tog‘li qishloqda o‘tkazilgan tanlov payti muzqaymoq ortilgan mini yuk mashinasi bir guruh maktab o‘quvchilarini urib yubordi. 29 nafar bola jarohatlandi, yetti nafari — reanimatsiyada. Ma’lumotlarga ko‘ra, furgon haydovchisiz harakatlangan va tormoz tizimi ishdan chiqqan bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал