gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti xorijiy investorlarni qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda gidroelektr stansiyalari, shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temiryo‘llarini hamkorlikda qurish loyihalariga qo‘shilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonda qurilishi kutilayotgan Qambarota GES-1 loyihasini “O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega” deb atadi. U xalqaro moliya institutlarini ushbu loyihada ishtirok etishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/qambarota/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi ko‘magida “Toshkent Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Usmon mus’hafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Loyihada xorijlik mutaxassislar va restavratorlar ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/koran/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/bolalar-nafaqasi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev investorlarga hamkorlik imkoniyatlari haqida gapirarkan, mamlakatda 30 dan ortiq noyob metallar konlari mavjudligini alohida ta’kidladi. Prezident O‘zbekiston AQSh va Buyuk Britaniya bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar ustida ish olib borayotganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/crm-cooperation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda o‘tayotgan III xalqaro investitsiya forumida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan “Asakabank"ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Forumda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarni bank va energetika sohalarida ishtirok etishga taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/asakabank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yil muddatga ozod etiladi. Shuningdek, sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha uzaytiriladi. Mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/tax/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Osiyo kubogida Indoneziyaga qarshi bahsdan oldin yigitlarga konsentratsiyani yo‘qotmaslik va bosimlarga ahamiyat bermaslikni tushuntirgan. "Maqsadimizdan kechmaymiz", — dedi u. Kapadze shogirdlari 3-may kuni finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/kapadze/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sietl sudi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance asoschisi Chanpen Chjaoni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. U AQShning pul yuvishga qarshi qonunlarini buzganlikda aybdor deb topildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/binance/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇹🇲 Turkmaniston O‘zbekistonni Tojikistonning issiqxona pomidori bozoridan siqib chiqarmoqda — EastFruit.

💼 O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi.

💵 1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi.

🏦 Budjet defitsiti inflyatsiyaga bevosita ta’sir qiladi — MB raisi Mamarizo Nurmuratov.

🏒 O‘zbekistonlik hokkeychilar U-18 Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘ldi.

🇺🇸 AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiya miqdori 4,3 foizga oshiriladi. Bu miqdor minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi (kambag‘allik chegarasi) darajasiga yetkazildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/pensions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida noqonuniy baliq ovlayotgan erkaklar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi. Ular inspektorlarni suvga itarib, rezina qayiqlarini yoqib yuborgan va qochib ketgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/syrdarya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Mutolaa loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi — bepul mobil ilova o‘zbek tilidagi 1000 dan ortiq kitoblarni o‘z ichiga olgan, ularning yarmidan ko‘pi audio versiyasiga ega. Matnlar professional dublyaj aktyorlari tomonidan o‘qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/mutolaa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/chirchiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/us-uranium/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va YTTB o‘rtasida Toshkent investitsiya forumida imzolangan kelishuvga ko‘ra, tomonlar “Asakabank"ni xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida institutsional transformatsiyalar va korporativ boshqaruv tizimini isloh qilish bo‘yicha ish olib boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/erdb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 3-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 37,83 soʻmga qimmatlab, 12 670,05 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi final haqida gapirib, jamoalarni “bir-biriga munosib raqib” deb atadi. Uning aytishicha, o‘yin uchun tayyorlangan reja bor. Kapadze, shuningdek, 3 legionerning o‘yinda qatnashmasligiga ham to‘xtaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/u-23-final/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bungacha Marhamat tumani hokimi bo‘lib ishlagan Bobirbek Yuldashev Andijon tumaniga hokim bo‘ldi. Shu tariqa bir kun ichida Andijon viloyatidagi uchta tuman rahbari o‘zgardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/andijan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda investorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni sanab o‘tdi: “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi, mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi va xorijiy sarmoyadorlarga yerlarni ijaraga berish muddati ikki barobar uzaytiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/investments/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Soliq qo‘mitasi “Gazeta.uz” so‘roviga javoban quruvchi tashkilotlar yangi uy-joylarni sotishda shartnomalarda ko‘rsatadigan narxlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, ayrim quruvchilar hujjatlarda har kv.m uchun narxni 1 mln so‘mdan ko‘rsatgan. Maqsad soliq solinadigan bazani kamaytirish bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil oxirigacha Yandex O‘zbekistonning ikki shahrida bolalar uchun dasturlash maktablari va informatika o‘qituvchilari uchun bepul dasturlash kurslarini ochishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/yandex/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Rivojlanayotgan dunyoda hukumatlar muammo tadbirkorlar kamligida deb o‘ylaydi, lekin muammo bor korxonalarning juda kichikligida”, — dedi Behzod Hoshimov. Iqtisodchiga ko‘ra, firmalarning hajmi oshishi kerak, ammo davlat xarajatlari orqali tadbirkorlarni rag‘batlantirish siyosati buning teskarisini qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/uzbekonomics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/02/kimsanov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident 2025-yilda NKMK, OKMK va “O‘zbektelekom"ning 5 foizgacha aksiyalarini xalqaro fond bozoriga joylashtirish to‘g‘risida topshiriq berdi. Shuningdek, 7 ta davlat kompaniyasi aksiyalarini xalqaro investorlarga sotish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/privatization/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov budjet taqchilligining inflyatsiyaga bevosita ta’sirini ta’kidladi, biroq regulyatorda bu ko‘rsatkichni pasaytirish vositalari yo‘qligini tan oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/budget-deficit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Davlat rahbari mazkur bank bilan hamkorlikda suv ta’minoti, energetika, yo‘l infratuzilmasi va “yashil” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/yttb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3, 4, 5-may kunlari Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/afrosiyob/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda FAO va Yevropa Ittifoqi ko‘magida xavfli kimyoviy moddalarni boshqarishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda. 4 mln yevrolik loyiha xavfli pestitsidlarni suv va tuproq tarkibidan ajratish, kimyoviy chiqindilarni tozalash, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalarni nazarda tutadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/hazardous-chemicals/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 2-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 22,05 soʻmga qimmatlab, 12 632,22 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал