gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bandlik vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng ko‘p ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/employers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi finalda Tailandni mag‘lub etib, U-18 Osiyo va Okeaniya kubogida ketma-ket ikkinchi bor chempionga aylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/hockey/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillar, jumladan BYD, Dongfeng, Hongqi va boshqalarni o‘z ichiga olgan taksi tarifini ishga tushiradi. Kompaniya uning joriy etilishini mijozlarning elektromobillardan foydalanish bo‘yicha barqaror talabi bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/yandex-go/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan firibgarlik va pora moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U sud yurituvidagi ish yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan jazoni yengillatib berish evaziga 2000 dollar olishda gumon qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/qushtepa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Odamlar mehribon boʻlishini xohlayman”. Yoʻlbars hikoyasi

Toshkent hayvonot bogʻida 10 yashar bir yoʻlbars bor. Laqabi — Navroʻz. Oʻzi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. Bir tishidan ham ayrilgan. Navroʻz oʻz hikoyasini “Gazeta.uz” bilan boʻlishdi — uning odamlarga iltimosi bor.

U bilan quyida havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/uz/2024/04/30/monolog/

Mirolim Isajonov, Muhrim Aʼzamxoʻjayev, Madina Aʼzam

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkak ko‘chada o‘ynayotgan 7 yoshli qizni mashinasiga chiqarib, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilishda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov harakatlari ketayotganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/girl/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Aprel oyida iste’mol narxlari 0,93 foizga oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/inflation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Amerika havo sifati indeksi bir usulda, O‘zbekistonniki esa boshqa usulda hisoblanadi. IQAir saytiniki ham alohida. Bu haqda Sent-Luisdagi (AQSh) Vashington universiteti professori Jey Tyorner so‘zlab berdi. U nafaqat milliy, balki hududiy standartlarni ham qabul qilish muhim ekanligini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/30/jay-turner-air-quality-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini Qatarda o‘tgan Osiyo kubogi finaliga chiqqani va 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. “Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/30/greeting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29 aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏗 Yangi Andijonda viloyat hokimligining yangi binosini qurish boshlandi.

⚽️ O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogida Indoneziyani mag‘lub etib, tarixda ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

💼 Shavkat Mirziyoyev ta’tildan qaytdi.

💸 Toshkent xalqaro investitsiya forumida 84 ta davlat ishtirok etadi.

📱 UzIMEI tizimi operatori Information Technology Center`dagi ulushini sotmoqchi.

🇮🇱 Gaaga sudi Isroil yetakchilari, jumladan, Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin — NYT.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etib, tarixda ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/asian-cup-u23/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatining Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida YTHlarning oldini olish maqsadida foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/cameras/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi. Ulardan biri 688,9 mln so‘mlik, ikkinchisi esa 329,6 mln so‘mlik tabiiy gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/issiqxona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi yana keskin pasaydi

Markaziy bank 30-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 42 soʻmga arzonlab, 12 622,01 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish uchun 6 mln yevro miqdorida grant ajratdi. Joriy va kelgusi yilda bu maqsadga jami 20 mln yevro yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/eu-agro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5 baravar — 1,29 trillion so‘mgacha ko‘paydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/uzauto-motors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 3−6-may kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga to‘qqizta viloyatning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ham kuzatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrida Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 15 yoshli o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34−54 kilometrlari oralig‘ida 3-maygacha transport harakati cheklandi. Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchilarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/road/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkmanistonning issiqxona pomidorlari Tojikiston bozoridagi o‘zbek pomidorini butunlay chiqarib yubordi, deb yozmoqda EastFruit. Moldova va Tojikistonda pomidor narxi O‘zbekistondagiga qaraganda arzonroq, Polshada esa deyarli teng. Portal O‘zbekistonning issiqxona xo‘jaligidagi muammolariga ham to‘xtaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/tomatoes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DSQ va Savdo-sanoat palatasi muhokamalarga sabab bo‘lgan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish choralari bo‘yicha qaror loyihasi hukumatga kiritilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Loyiha to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi va biznesga salbiy ta’sir talablari bartaraf etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/regulation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoroda “Ark” majmuasi, “Xo‘ja kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir devonbegi” madrasalari restavratsiyasi uchun ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdorlari va boshqalarga jinoiy ish ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/talon-toroj/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sardoba tumaniga hokimlik qilib kelgan Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. O‘tkirbek Ma’murov Andijonning Marhamat tumaniga, Furqatbek Bo‘taxonov esa Buloqboshi tumaniga hokim etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/01/tayinlov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noma’lum shaxs 1500 ga yaqin mevali va manzarali daraxtni yoqib yuborgani aytilmoqda. Ekologiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/30/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi, unda Rossiyada mamlakat fuqarolariga nisbatan bo‘layotgan “keskin salbiy munosabat” hamda ularning huquqlari “keng miqyosda poymol etilayotganidan” xavotir bildirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/tajikistan-russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat naqd puldan foydalanishni qisqartirish maqsadida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralarini ishlab chiqmoqda. Ko‘chmas mulk va avtomobillar oldi-sotdisi, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va boshqalar naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/cashless-payments/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil rasmiylariga ko‘ra, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud G‘azodagi urush tufayli bosh vazir Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga nisbatan ayblov e’lon qilishi mumkin. Sud, shuningdek, HAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/icc/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1−2-may kunlari “O‘zekspomarkaz”da imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mebel, to‘qimachilik, poyabzal, maishiy texnika va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/expo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 19,8 foizga o‘sib, 4 mln 920 ming so‘mni tashkil etdi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘rtacha maosh eng pastligicha qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/wages/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda UzIMEI tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi Information Technology Center kompaniyasidagi davlat ulushining 49 foizi sotuvga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/uzimei/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал