gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. 2−3-may kunlari o‘tadigan tadbirda 84 ta davlatdan qariyb 2500 kishi, jumladan, BMT, YTTB, OPEK, ShHT kabi xalqaro tashkilotlardan mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/forum/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda o‘tgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik qizlar jami 7 ta: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Medallarning 5 tasiga jamoa yetakchisi Taxmina Ikromova egalik qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/gymnastics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri aholisi geonom.tashkent.uz sayti orqali 13-maygacha Yunusobod tumanidagi 212 ta ko‘cha va obyektni nomlash bo‘yicha o‘z takliflarini yo‘llashi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/yunusobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Andijon shahrida investitsiya mablag‘lari asosida 4 gektar maydonda viloyat hokimligi binosini qurish ishlari boshlandi. Yangi binolar 3 va 5 qavatli shaklda qurilib, 150 ta ma’muriy xonani o‘z ichiga oladi. 1,4 gektar maydon ko‘kalamzorlashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/new-andijan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir hafta davom etgan mehnat ta’tilidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ish faoliyatiga qaytdi. U bugun o‘z maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, hafta davomida esa Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/president/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dubay iqtisodiyot va turizm departemanti san’at muxlislari uchun diqqatga sazovor joylar va madaniy tadbirlar xaqida ma’lumot berdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/visit-dubai/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tojikiston bilan bahsning asosiy vaqtida 5:5 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston 1:3 hisobida g‘alaba qozondi (foto, video).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/28/futzal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/28/tojikiston/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. U bir vaqtlar desantchi bo‘lib xizmat qilgani haqida gapirib berdi. “Yordam berish burchimizdir, Xudo hammani ko‘rib turibdi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/saint-petersburg/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Slovakiyaning Volkswagen va Volvo kompaniyalari haydovchilik, avtomobil ishlab chiqarish, kabel agregatlarini yig‘ish, montaj, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekistondan ishchilarni taklif etmoqda. Ish haqi 1200−1700 yevrodan boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/volkswagen-volvo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘llarni yaxshilash uchun 500 mln dollarlik loyiha ishlab chiqilgani, shuningdek, bekatlar va tirbandlikni keltirib chiqarayotgan 30 ta eng katta chorrahani tartibga solish rejasi borligini bildirdi. Hokim odamlarni mikromobillikka o‘rgatish muhimligini ham ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/shavkat-umurzoqov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy viloyatida Matiz avtomashinasida uch nafar maktab o‘quvchisi YTHga uchradi. Ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etdi, biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/road-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Taniqli ortoped-jarroh, Sent-Luis (AQSh) universiteti klinikasi professori Jo‘ldas Quljanov qanday qilib 18 yoshida 1966-yilgi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Toshkentga kelgani va bir yarim yil qurilishda ishlagani haqida “Gazeta.uz"ga so‘zlab berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/26/djoldas-kuldjanov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (statistika, video, foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/26/asian-cup-u23/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbek tilidagi “Jentlmencha bo‘lmagan ishlar vazirligi” va “Yakshanba” filmlari hamda yana 8 ta kinopremyera, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, Xalqaro jaz festivali, konsertlar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/26/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metallurgiya zavodidagi davlat ulushining 49,9 foizi 2025-yil iyun oyi oxirigacha xalqaro bozorda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Iyun oyida O‘TTJ sud orqali kiprlik investorlarni loyihadan chetlashtirish haqida qaror chiqartirgan, biroq zavod 916,9 mlrd so‘m zarar va 179,7 mln yevro kredit bilan qolgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/tmz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil yanvar-mart oylarida qariyb 48,6 mingta nikoh qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kam. Nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etdi. Nikohdan ajralishlar soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/nikoh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida 205 713 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,3 foizga kam. O‘lim holatlari esa o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga o‘sib, 40 197 nafarni tashkil etdi. Statistika agentligi dastlabki chorakdagi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/demografiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlaridagi salqin havodan so‘ng hafta davomida harorat ko‘tarila boshlaydi va +24…+31 darajagacha isiydi. Kechalari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayib chang-to‘zon kuzatiladi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda fuqarolarning yangi qurilgan xonadonlar uchun to‘lagan pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidiruvga berildi. Uylar tegishli ruxsatnomalarsiz qurilgani aytilmoqda. MCHJ rahbari qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/29/houses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Noyabr oyining oxirida undagi davlat ulushi Davaktivga o‘tkazilgandi va o‘shanda gap protsessing markazini xususiylashtirish bilan bog‘liq emasligi aytilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/28/humo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryo tumanida bir oiladan uch nafar shaxsning kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/28/sirdaryo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda tog‘asi bilan birga yurgan o‘g‘lini olib ketishga urinib, uni kaltaklagan erkak 5 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, yigit ota-onasining muntazam janjallari sababli ular bilan yashashni istamagan. Fevral oyida bolaning onasiga himoya orderi ham berilgani ma’lum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hokimi “Gazeta.uz” muxbirining “Poytaxt ekologiyasi sizni xavotirga soladimi?” degan savoliga javoban shunday dedi: “Xavotirga solgani uchun 75 gektarda istirohat bog‘larini qurdik, hozir yana 25 gektarda yashil hududlar barpo etyapmiz. Har bir quruvchiga daraxt va buta ekishni majbur qilib qo‘ydim”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/ecology/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti bosh vazir boshchiligidagi muvofiqlashtiruvchi kengashga uch oy muddatda vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/new-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumani sudi 40 yoshli ayolni firibgarlik bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga texnika mahsulotlarini xarid qilib kelgani uchun 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi. U bungacha ham 12 marta sudlangan. Shuningdek, bu ishda ayolga yordam bergan ikki yigit 5 yilu 6 oy muddatga qamaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bukmekerlik faoliyati qonuniylashtirilishiga izoh berdi. Ta’kidlanishicha, mavjud taqiqlar “amalda ishlamayapti”. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatdan mablag‘larning chiqib ketishi yiliga 350 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/27/ilma/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📄 O‘zbekiston AQShning intellektual mulk bo‘yicha qora ro‘yxatidan chiqarildi.

🛣 O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasiga xususiy sektorni jalb qilish tartibi belgilandi.

✍️ O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.

🌳 “Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri”. Toshkent hokimi ijaraga berilgan Abdulla Qodiriy va Do‘stlik bog‘lari haqida.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolalar:

📚 “Bu hecham qahramonlik emas”. Toshkent xalq kutubxonasi xodimlari 1966-yilgi zilziladan so‘ng kitoblarni qanday qutqargani haqida.

🇺🇸 Amerikalik taniqli shifokor Jo‘ldas Quljanov — Toshkentni zilziladan keyin tiklashdagi ishtiroki haqida.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/26/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bu qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan, deb yozdi ILMA.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/26/bookmaking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimi “Gazeta.uz”ga Qodiriy va Doʻstlik bogʻlarining ijaraga berilishini izohlar ekan, bogʻlarga davlat menejer boʻlmasligi kerakligini aytdi. “Butun dunyoda shunaqa”, — dedi u. Uning soʻzlariga koʻra, yashil hududning kvadrat metrini saqlash 20-50 dollar turadi — bu davlat byudjeti uchun katta yuk.

Video: https://youtu.be/qGHOg325Oh4

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/26/hokim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал