gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘idagi daraxt va yashillikni saqlab qolishlari, attraksionlar o‘rnatilmasligi va bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasini jamoatchilikka taqdimot qilishlari lozim, deya ta’kidladi Ekologik partiya. Shu yuzasidan partiya hokimlikka deputatlik so‘rovini yuborishni ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/eko-partiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Adolat” partiyasi Toshkent hokimligini Abdulla Qodiriy va Bobur nomidagi istirohat bog‘larini ijaraga berish kabi muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin o‘rganib, jamoatchilik fikrini inobatga olishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/adolat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyatida odam o‘ldirishda gumonlanib, voqea joyidan qochib ketgan shaxsni ushlashda yordam bergan Jahon tillari universiteti talabasi taqdirlandi. Yigitga qo‘l soati, 5 mln so‘m pul va ota-onasi nomiga tashakkurnoma berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/help/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangilangan makroiqtisodiy prognozlarga ko‘ra, asosiy ssenariy bo‘yicha 2024-yilda umumiy inflyatsiya prognozi 9−11 foizgacha oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/central-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Toza havo” oyligi doirasida 10 kun ichida O‘zbekiston bo‘ylab 60 mingga yaqin avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Bunda 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi. 300 dan ortiq haydovchi jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/toza-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud Toshkentdagi Atlas Party tadbirida qatnashgan ayollar va ularning liboslarini haqorat qilgan erkakni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/atlas-party/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

800 mingga yaqin odam Buenos-Ayres ko‘chalariga chiqib, davlat universitetlari rivojiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga qarshi chiqdi. Universitetlarni moliyalashtirishni kamaytirish qarori Argentina prezidenti Xaver Miley tashabbusi bilan qabul qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/argentina/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚗 Davlat idoralari o‘z avtoparkini elektromobillar bilan yangilamoqda.

🚶🏻‍♂️ Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi — foto, video.

💻 Paynet`ning ta’sischisi o‘zgardi. To‘lov xizmatining yangi egasi kim?

⛽️ O‘zbekiston birinchi chorakda 360,2 mln dollarlik gaz import qildi.

📖 “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi.

🇺🇸 AQSH Kongressi nihoyat Ukraina, Isroil va Tayvan uchun yordam paketlarini tasdiqladi. Asosiy ma’lumotlar.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Slovakiyalik olimlar Orolbo‘yi hududida 70 mln yillik noyob topilmalarni, jumladan, suvda yashaydigan kichik dinozavr turining suyagini aniqladi. Ammo O‘zbekistonda tahlil qilish imkoni bo‘lmagani sababli suyaklar Slovakiyaga olib ketildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/dinosaur/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Central Park`da ANORBANK va eMaktab hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Besh baholar sizdan, sovg‘alar bizdan” shiori ostidagi maxsus loyihaning ikkinchi bosqichi yakunlari e’lon qilindi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/anorbank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr va Chilining O‘zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchilari — Kipros Yorgallis hamda Eduardo Eskobardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/ambassadors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat idoralari elektr va gibrid avtomobillarga o‘tishni boshladi. Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlar bir qator hokimliklar mashinalarni yetim bolalarni qo‘llovchi “Mehr daftari” jamg‘armasi orqali sotib olganini aytmoqda. Qashqadaryo viloyati hokimligi texnik xatolik bo‘lganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/gov-cars/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 25 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,03 soʻmga arzonlab, 12 689,97 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga gaz importi 360 mln dollardan oshdi (martda — 152,9 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 45,4 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 314,8 mln dollar bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 91 mingtaga yetdi yoki bir yarim barobarga oshdi. Deyarli barcha modellar orasida ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/auto-production/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi qariyb 50 soʻmga arzonladi

Markaziy bank 26-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 49,76 soʻmga arzonlab, 12 640,76 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa pasaydi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining Toshkentga tashrifi chog‘ida qo‘shma iqtisodiy komissiya tuzish, tezyurar temiryo‘l loyihalari va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ta’lim, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish bo‘yicha dasturlar e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/uzbekistan-uk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/pora/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonga lift import qiluvchi tadbirkorlar olgan 3 yillik muvofiqlik sertifikatlari amal qilishi 20-martdan keyin to‘xtatib qo‘yildi. Biznes mas’ul idoralar vaziyat bo‘yicha asosli javob bermayotganini ta’kidlamoqda. Tadbirkorlar ochiq raqobatni so‘rab, import cheklovlarini xato deb atayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/lifts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda emlash dasturi 3,5 mln bola, jumladan, har yili difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi 3 dozali vaksina oladigan 950 ming bolani qamrab oladi. Butunjahon emlash haftaligi munosabati bilan YUNISEF emlash harakatlari bolalarning omon qolishi va salomatligi uchun naqadar muhim ekanini eslab o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/immunization/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Germaniya prokuraturasi Markaziy Osiyoning yetti fuqarosini terrorchilik guruhi tuzish va IShIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Ular o‘tgan yozdan beri hibsda saqlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/25/germany/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandning Ishtixon tumanidagi Zarband konidan o‘zboshimchalik bilan 13,1 ming kub marmar qazib olingani aniqlandi. Buning oqibatida tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/marble/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida 7-sinfda o‘qiydigan qiz maktab direktorining uyida tazyiq ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini, tuman IIB tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/girl/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati yangi avtomobillar “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan xarid qilinmaganini ma’lum qildi. Texnik xatolik yuz berdi, sabablari aniqlanmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/cars/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Istanbulda vaqtincha yashab, ishlayotgan samarqandlik 53 yoshli erkak ish joyida zinadan yiqilib tushish oqibatida hushini yo‘qotib, voqea joyida vafot etdi. Uning jasadi morgda saqlanmoqda, bosh konsulxona marhumning qarindoshlaridan murojaat qilishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/istanbul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Senati Vakillar palatasidan so‘ng Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 mlrd dollarlik yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Loyiha yuzasidan kelishib olishga salkam olti oy vaqt ketdi. Prezident Bayden hujjatni darhol imzolashga va’da berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/aid-package/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24-aprel kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” doirasida rahbarlar va xodimlar piyoda yoki jamoat transportida ishga bordi. Ular orasida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova bor. “Gazeta.uz” jarayon aks etgan video va suratlarni bir sahifaga jamladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/car-free/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Koreyada ishlayotgan rafiqasi bilan telefon orqali janjallashib, 8 yoshli o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Ma’lum bo‘lishicha, u oldin ham xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bolaga uning buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha aynan TikTok yetakchilik qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/tiktok/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Paynet to‘lov xizmatini boshqaruvchi Uzpaynet kompaniyasi ta’sischisi o‘zgardi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansidagi 100 foiz davlat ulushi New Industrial Technologies`ga o‘tkazildi. Davaktiv xususiylashtirish jarayoni bo‘yicha yana rasmiy xabar bermadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/uzpaynet/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал