gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusabad Residence TJM zamonaviy talablar asosida va yuqori texnologiyalar yordamida barpo etilgan xonadon izlayotganlar uchun foizsiz muddatli to‘lov bilan xonadon xarid qilishni taklif qilmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/yunusabad-residence/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Namangan tumanidagi “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligiga 6,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. Fuqaro hududda uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlarni buzgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/namangan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Xitoyning bir qator banklarini jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ishlab chiqmoqda. Vashington bu Xitoyni Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga majbur qilishiga umid qilmoqda, deb yozadi Wall Street Journal.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/china-banks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

So‘nggi yillarda maydoni 5 gektarga qisqargan Abdulla Qodiriy parki BPM Smart Decision’ga kamida 10 mln dollar investitsiya kiritish va rekonstruksiya qilish majburiyati bilan 49 yilga berilyapti. Investor parkni “qisman attraksionli, ammo asosan yashil hududdan iborat” qiladigan loyiha haqida ma’lumot berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/abdulla-qodiriy-park/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Do‘stlik parki 49 yilga investorga ijaraga berilgan. U 2018-yili 4 yillik ta’mirga yopilgandi. Loyihachilar sokin hordiq joyini va’da qilgandi, ammo endi shaharda bu park ta’minoti uchun pul yo‘q bo‘lib chiqdi. Xarajatlarni attraksionlar o‘rnatish hisobiga qoplash reja qilingan. Aholi bunga qarshi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/park/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Biz hamkorlik oʻrnatish uchun bu yerda boʻlishni xohlaymiz — Britaniya tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistonda

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri, sobiq bosh vazir, lord Devid Kemeron 23-aprel kuni Oʻzbekistonda boʻldi. U mamlakat tashqi ishlar vaziri, Senat raisi bilan uchrashdi.

Gazeta.uz Britaniya vaziri bilan suhbatlashib, uning tashrifi bo‘yicha lavha tayyorladi.

https://youtu.be/OzIep0JrOBo

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi va JB jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini taqdim etdi. Kelgusi besh yilda shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalarida termoizolyatsiya, ventilyatsiya, konditsionerlik yaxshilanadi, shuningdek, ko‘mir qozonlari quyosh kollektorini isitish tizimlariga almashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/energy-efficiency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yoʻl qoidalari buzilganda vakolatli organ 15 kun ichida qaror chiqarmasa, haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda

Avvalroq tahririyatimiz tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilgani haqidagi maʼlumotlar 48 soat ichida qaror chiqaruvchi shaxsga yuborilmasa, ishni koʻrish toʻxtatilishi haqida notoʻgʻri xabar berildi.

Aslida qoida buzilgani haqida qaror 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, yaʼni YPX markaziga yuboriladi. Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.

Tahririyat nomidan ushbu xatolik uchun uzr soʻraymiz.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning qolgan davlatlaridan ular hamkorlik qiladigan sheriklardan birini tanlashini so‘ramaydi, dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron. “Biz hamkorlik o‘rnatish uchun bu yerda bo‘lishni xohlaymiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/britain-ca/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 24 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6 soʻmga arzonlab, 12 705 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa pasaydi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Meni ishga olasizlarmi?”

Toshkentda boʻlib turgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri lord Devid Kemeron restoranlardan birida osh tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. Unga qozonda pishib turgan oshni aralashtirish topshirildi. Sobiq bosh vazir taomning xushboʻyligi va koʻrinishiga qoyil qoldi va palovni aralashtirib boʻlgach: “Meni ishga olasizlarmi?” — deb soʻradi.

Foto va video: “Gazeta.uz”

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatish nazarda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/jarima/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 5-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi dars tayyorlamay kelgan 13 nafar o‘quvchiga stul ko‘tartirib, videoni ota-onalar guruhiga yubordi. Bolalar ombudsmani bu tarzdagi jazo taqiqlanganini bildirdi. IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/punishment/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari munosabati bilan ko‘rsatilayotgan yordam va birodarlik uchun minnatdorlik bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga modernizm davriga oid yangi 10 ta bino kiritilishi, 10 tasining maqomi oʻzgartirilishi kutilmoqda. Ular orasida “Oʻzbekiston” mehmonxonasi, “Kosmonavtlar” metro bekati va Aviasozlar saroyi bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/madaniy-meros/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 200 AQSh dollari muomalaga kiritilishi oldi olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/dollar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ilk marta arab tiliga o‘girilib, Misrda “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi ostida taqdim etildi. Uni arab tilida o‘qishni istaganlar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga yoki Misrdagi elchixonaga murojaat qilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/otkan-kunlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chevrolet va Ipak Yo‘li Banki`ning yangi taklifiga ko‘ra, brend avtomobillarini to‘rt yillik kredit asosida 15% boshlang‘ich to‘lov bilan sotib olish mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/24/uzauto-motors-uz/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇬🇧 “Biz hamkorlar o‘rtasida tanlov qilishni so‘ramaymiz“. Devid Kemeron — Britaniyaning Markaziy Osiyo bilan munosabatlari haqida.

⚖️ “Tirik bolalarni asrab qolish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi yana qoldirildi, jabrlanuvchilar norozi.

🚗 Yo‘l qoidalari buzilganda vakolatli organ 15 kun ichida qaror chiqarmasa, haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.

🏫 Modernizm davridagi 10 ta bino milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi.

🌼 Toshkent hokimi gullar xaridi uchun salkam 8 mlrd so‘m ajratdi.

👮‍♂️ Ichki ishlar organlari dronlardan foydalanishni boshlaydi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boysunda tik balandlik paytida to‘xtash tizimida nosozlik yuzaga kelgan Damas yo‘l chetidagi molxonaga urildi. Oqibatda mashina salonidagi 3 nafar yosh bola va 3 nafar ayol halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani 8 nafar yo‘lovchi bilan boshqargan, deyiladi tuman YHXB xabarida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gonkongda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta medalni qo‘lga kiritdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza yakkalik dasturida, yana 1 ta bronza aralash jamoaviy yo‘nalishda qo‘lga kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/judo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekistonda bo‘lib turgan Devid Kemeronni qabul qildi. Ular O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik munosabatlarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/david-cameron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/gold-export/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga O‘zbekistonning uch shahri — Toshkent, Buxoro va Andijon mezbonlik qiladi. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan mazkur turnir 14-sentabrda boshlanib, 6-oktabrda tugaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/fifa-futsal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimi tomonidan gul ko‘chatlari xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 7,92 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/flowers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/mfa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-apreldagi apellyatsiya sudida advokat Ahmadov butun sudlov hay’ati va sud kotibi ustidan raddiya berdi. Sudyaning shoshilinch ishi chiqib qolib, yana tergovga o‘tilmadi. Jabrlanuvchilar yuqori tashkilotlardan sud jarayonini nazoratga olishni so‘radi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/sud/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avtoelon.uz 22-apreldan 26-maygacha avtomobil va boshqa qimmatbaho sovrinlar oʻynaladigan aksiyani eʼlon qildi. Bosh sovrin — BYD Song Plus DM-i Champion (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/avtoelon/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etiladi. Qayd etilishicha, bu IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish, vaqt va resursni tejash, shuningdek, YTHlar, yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlash, olib qochilgan yoki o‘g‘irlangan avtomobillarni topish imkonini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/drones/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini olib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал