gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 25−28-aprel kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sello kompaniyasining mutaxassisi Mirzonajot Shodiyev moliyaviy savodxonlikni oshirishga yordam beradigan oltita maslahat bilan o‘rtoqlashdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/sello/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonga 23-aprel kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron keladi. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” ikki mamlakat munosabatlari tarixini yodga oldi: shu kungacha Britaniyaning qaysi vazirlari O‘zbekistonga kelgan? Qirollik oilasidan-chi — qaysi malikayu shahzodalar O‘zbekiston mehmoni bo‘lgan?

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/great-britain/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chevrolet hamda “Biznesni rivojlantirish banki” Chevrolet avtomobillarini 15 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan besh yilga kreditga sotib olishni taklif qilmoqda (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/uzauto-motors/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mart oyida O‘zbekistonda 2023-yilning martiga nisbatan gaz (-6,5 foiz) va neft (-11,1 foiz), shuningdek, benzin (-1,6 foiz) qazib olish kamaydi. Ko‘mir qazib olish esa biroz oshdi (+0,9 foiz).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/resources/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti chekilmaydigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar, ularning suyuqliklarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni hali ko‘rib chiqqani yo‘q. Konstitutsiyaga ko‘ra, Senat qonunni ko‘rib chiqishi, aks holda hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga yuborilishi kerak edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/discredit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet 23−30-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/snowdrift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi TOK BOR stansiyalarida elektromobilni quvvatlantirish uchun hisobda 10 ming so‘mdan ortiq istalgan summa bo‘lsa bas. Shuningdek, kompaniya biznes egalariga qulay shartlarda hamkorlik taklif qilmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/tok-bor/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi 12 700 soʻmdan oshdi

Markaziy bank 23 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21 soʻmga qimmatlab, 12 711 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrif buyuradi. Uning O‘zbekistondagi hamkasbi bilan muzokaralarida mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etish reja qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/david-cameron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

21-aprel kuni VI BYD Toshkent xalqaro yugurish marafoni g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi. Sovrin fondi 720 mln so‘mni tashkil qildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/marathon/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda dunyo bo‘yicha harbiy xarajatlar 6,8 foizga o‘sib, 2,44 trln dollardan ortiqni tashkil etdi, deyiladi SIPRI hisobotida. AQSh, Xitoy va Rossiya eng ko‘p harbiy xarajat qilgan davlatlar bo‘ldi. Rossiyaning xarajatlari SSSR parchalanganidan buyon eng yuqori darajaga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/military-spending/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shaharlararo avtobusda uxlab qolgan ayolning kiyimini yechib, ko‘krak qismiga tegingan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi. Erkak sudda ayolga qo‘li tegib ketganini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Allayaron tog‘ida tunda adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Ular dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/urgut/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat”ning 53 yoshli ishchisi omborxonada o‘zini osib, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish talabnomasi yuborildi. Marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi bildirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/uzmetkombinat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

— Oh, that’s really disappointing.
— Oh, I know, sorry about that.

AQSh va Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchilari Jonatan Xenik va Timoti Smart Ingliz tili kuni (23-aprel) munosabati bilan amerikancha va britancha ingliz tili oʻrtasidagi farqlarni muhokama qildi. Ular xushmuomalalik, topqirlik, shuningdek, haqiqiy ingliz yumorini namoyish etishdi.

Manba: /channel/USAUzbekistan

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya harbiylari Ukrainaning Xarkov shahridagi teleminoraga raketa hujumi uyushtirdi. Videotasvirlardan teleminoraning yuqori qismi qanday qulab tushganini ko‘rish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/kharkiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Devid Kemeron kolonkasi: “Oldimizda katta imkoniyatlar turibdi. Biz ulardan birgalikda foydalanishimiz kerak”

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri lord Devid Kemeron O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘z maqolasida hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradigan uchta ustuvor yo‘nalishlar haqida yozadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/23/cameron/

In English: Op-Ed by David Cameron: “There are huge opportunities before us. We must seize them, together”

На русском языке: https://www.gazeta.uz/ru/2024/04/23/david-cameron-op-ed/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

22-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇺🇿 O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 millionga yetdi.

🇬🇧 Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keladi.

💼 Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

📱 Prokuratura, tibbiyot muassasalari va boshqa davlat idoralari flagman smartfonlar xarid qilmoqda.

🚙 UzAuto Motors 23-aprel kuni Damas uchun kontraktatsiyani ochadi.

📹 Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni hali ham ko‘rib chiqmadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Haftaning prezident ishtirokidagi asosiy voqealariga bag‘ishlangan “Maxsus rakurs” loyihasini nafaqat o‘zbek va rus, balki qoraqalpoq tilida ham namoyish etish boshlandi. Uni tayyorlash uchun Nukusda alohida guruh tuzildi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/rakurs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarining aholisi nisbatan tez o‘smoqda. Mamlakat aholisi esa bir yilda 2,1 foizga ko‘paygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/population/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindistonda 44 kun davom etadigan parlament saylovlari boshlandi, unda salkam 1 mlrd saylovchi ishtirok etadi. So‘rovlar bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi hukmron Bharatiya Janata partiyasi g‘alaba qozonishini bashorat qilmoqda, shunday bo‘lsa, Modi ketma-ket uchinchi muddatga qayta saylanishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/india-elections/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistonida o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonliklar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Sportchilar 27−28-aprel kunlari Parij-2024 litsenzion turnirida ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/sport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Sogʻinchimni qondirish uchun chizaman”. Umidjon Alimovning “Qishloq anatomiyasi” koʻrgazmasidan reportaj

17-aprel kuni Toshkent Fotosuratlar uyida qishloq hayotini tasvirlashi bilan tanilgan rassom Umidjon Alimovning shaxsiy koʻrgazmasi ochildi. Bunda ijodkorning 25 ishi namoyishga qoʻyilgan boʻlib, har bir suratga uning yaratilish tarixi haqidagi hikoyaga olib boruvchi QR-kodlar ilova qilingan.

Umidjon Alimovning asarlari ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish bilan kutib olinadi, chizgan ishlariga “fotoapparatda olingan”, oʻziga esa “qishlogʻini Toshkentga koʻchirib kelgan”, deb taʼriflar ham beriladi.

Ijodkor oddiy, samimiy, lekin eʼtiborsiz turgan narsalarni xalqqa rassom koʻzi bilan koʻrsatishni xohlashi, hozirgi rivojlanayotgan davrda shahar odamlarida halovat yoʻqolgani, toʻs-toʻpolon borligi sezilishi, qishloqlarni esa sokinlik, xotirjamlik, odamiylik, baxtiyorlik, oddiy narsadan quvona olish hissi hali ham tark etmaganini aytarkan, asarlarini sotish yoki boshqa maqsadda emas, oʻzining sogʻinchini qondirish uchun yaratishini taʼkidlaydi.

“Tirikchiligim poytaxtda, oʻzim Toshkentda ishlab, yashayman. Ota-onam, oilam esa Andijonda, shuning uchun bir oyogʻim Andijonda. Qancha koʻp bormay, ularni sogʻinaveraman. Ijodkor taʼsirchan ijod qilishi uchun yetarlicha baxtsiz boʻlishi kerak, degan fikrni eshitganman. Meni baxtga yetaklayotgan baxtsizlikni ham shu sogʻinchda, deb bilaman”, – deydi rassom.

Koʻrgazmadan tayyorlangan reportaj bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/qishloq-anatomiyasi/

Ziyoda Ramazonova, Murod Yusuf

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-aprel kuni soat 10:00 da UzAuto Motors belgilangan muddatda to‘lov qilinmagani tufayli avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Damas avtomobillari kontraktatsiyasini qayta ochadi. Narxlar o‘zgarishsiz qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/damas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati prokuraturasi 445 mln so‘mga 22 dona iPhone 14 Pro Max smartfonlarini xarid qildi. Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi 51 mln so‘mga ikkita iPhone 15 Pro Max sotib oldi. Boshqa davlat idoralari ham smartfonlar xarid qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/phones/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga ko‘ra, Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Mart oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxida fevralga nisbatan 0,61 foiz, to‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijara narxida esa 0,76 foiz tushish kuzatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/rent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch tumanida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,3 mlrd so‘mlik 2 mln 249 ming metr kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan parrandachilik fermasi aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/urganch/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал