gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda English Speaking Nation (Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat) dasturi doirasida 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisining bilim va malakalari oshirildi. To‘rt yil davom etgan, qiymati 7 mln dollar bo‘lgan qo‘shma dastur AQSh tashkilotlari ko‘magida olib borildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/english-speaking-nation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryoning Qarshi shahrida Damas haydovchisi 26 yo‘lovchini — bog‘cha xodimi va 25 nafar bolani tegishli hujjatlarsiz tashigani aniqlandi. Bog‘cha xodimi kechga qolib ketilgani uchun bolalarni bir mashinaga joylashtirishga majbur bo‘linganini aytdi. Avtomobil jarima maydoniga qo‘yildi, haydovchi jazolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/children/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Oldingi safar u 2023-yilning dekabrida ta’tilga chiqqandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/prezident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ozarbayjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi faxriy konsulxonasi ochildi. Unga konsul etib Kyanan Jalilov tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/konsulxona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

22-aprel kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetdi. Oy boshida bu ko‘rsatkich 36 963 262 mln nafarni tashkil etgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/aholi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrisabz shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini yuqori tezlikda kelayotgan Damas urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi, haydovchi qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/21/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi 1-maygacha gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov amalga oshirilsa, eski tariflar to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qilishini bildirdi. Biroq bu faqat ijtimoiy norma doirasida (100 kubometr va 200 kVt/soatgacha) amal qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/21/tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan Spark Volkswagen bilan to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/20/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YI homiyligidagi “O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish” tashabbusi doirasida “Inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” va “Korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihalari ishga tushirildi. Ular mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, umumiy qiymati 7 mln yevrodan oshadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/20/anti-corruption-projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Soliq qo‘mitasi 2024-yilning birinchi choragi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yirik 20 ta soliq to‘lovchisi nomini ma’lum qildi. Davlat korxonalari orasida NKMK, OKMK va “Hududgazta’minot”, xususiy sektor orasida esa UZBAT, Enter Engineering va boshqalar yetakchilik qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/20/top-20/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nogironligi borlar uchun Toshkentdagi yangi avtobuslar qulaymi?

19-aprel kuni 8-avtobus saroyida haydovchilar va konduktorlarning nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari boʻyicha xabardorligini oshirish mavzusida suhbat boʻldi.

Undan soʻng huquq faoli Madina Poʻlatova bir guruh rasmiylar, jumladan 8-avtobus saroyi direktori Dilshod Abduqodirov hamda Avtomobil va jamoat transporti departamenti boshligʻi Mirakbar Ikramovlarga avtobusda oʻzi duch keladigan holatlarni koʻrsatib berdi.

“Gazeta.uz” muxbiri Mushtariy Oqboyeva jarayon guvohi boʻldi.

Videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/j2DkA4TZo0Y

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

JSSTning ta’kidlashicha, parranda grippi virusining sutemizuvchilar, jumladan, odamlar orasida tarqalishi jiddiy muammo tug‘diradi. Infeksiya odamdan odamga yuqmaydi, lekin uni yuqtirgan odamlar orasida o‘lim darajasi yuqori hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/bird-flu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚮 Qator hududlarda chiqindi xizmati uchun tariflar oshirildi.

🚗 O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi.

🇹🇯 Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbedagi yangi elchixonasini ochib berdi.

💵 Qonun buzilishi sababli qiymati 14 mlrd so‘mdan ortiq 9 ta davlat xaridi bekor qilindi.

⛅️ Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

🎟 Fuqarolar Macan konsertiga foydalanilgan chiptalar bilan takror kirishga uringan — Milliy gvardiya.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Amanbayevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tadbirkor va Zulfiya mukofoti sovrindori firibgarlik va pora berishga sheriklikda gumonlanmoqda. U OAV xabarlarini asossiz deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/merey-amanbaeva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yettita kinopremyera, “Teplo” ko‘rgazma-yarmarkasi, poytaxt markazidagi ikkita marafon, “Million” jamoasi konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hafta davomida ko‘plab hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Faqat 24-aprelda respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +13…+18, kunduzi +24…+29 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari va qor ko‘chishi yuzaga kelishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va KHAY ko‘chalari bilan kesishmalari 22-apreldan boshlab 10 kun muddatga yopildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/avliyo-ota/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni telefon orqali o‘zini advokat, politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, hisobraqamga pul o‘tkazishni so‘rayotganlardan ogohlantirdi. Konsullik ularga ma’lumot bermaslik va o‘rnatilgan tartibda chaqirilishni talab qilishni tavsiya etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/turkiye/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Biznes RBP” — bu Fido-Biznes tomonidan yaratilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga masofadan xizmat ko‘rsatish uchun yechim (реклама).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/fido-biznes/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sulton Ali Rahmatov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida nega 13 yil davomida konsert qo‘ymagani, mualliflik huquqi, bugungi o‘zbek qo‘shiqchilari va boshqa mavzulardagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Dunyoni baribir zabt etaman”, — deydi sozanda va bastakor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/21/sulton-ali-rahmatov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni Mudofaa vazirligi harbiy qismlari vakillari orkestr sadolari ostida Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurish qildi. Maydonda harbiylar va orkestrning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. PressPhoto.uz suratlari va vazirlik videosi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/21/march/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining 2-turida Kuvayt ustidan yirik g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi (statistika, video, foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/21/asian-cup-u23/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IMV va Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Jahon bankining krediti mamlakat qishloqlaridagi minglab yoshlarning IT ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/20/world-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida VI BYD Toshkent xalqaro marafonining tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/20/marathon/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryoda fuqaro shifoxonadagi 2 yoshli farzandi vafot etganini aytgan jarrohni urdi. “Otasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim, qolganini to‘liq eslolmayman”, — deydi shifokor. Bolaning onasi eri bu ishni asabiy holatda qilganini aytib, shifokordan “to‘g‘ri tushunish"ni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/20/doctor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir yil ichida sudlar tomonidan tibbiyot xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan yoki ularga qonunga xilof ravishda ta’sir ko‘rsatgan 87 nafar shaxsga nisbatan jarima yoki qamoqqa olish jazosi tayinlandi. Ushbu qoidabuzarlik uchun qamoqqa olish mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/20/med/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Qozog‘istonning suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida gumanitar yordam jo‘natdi. “Gazeta.uz” manbasining xabar berishicha, 10 mlrd so‘mlik 100 tonna yuk yuborilgan. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/20/aid/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xonanda Lolani internetda haqoratlashdi — ba’zi foydalanuvchilar uning libosida ko‘krak shakli haddan ortiq sezilib turibdi, demoqda. “Jirkanch narsalarni yozishyapti, haqoratlashyapti, kamsitishyapti”, — dedi u “Gazeta.uz"ga. Qo‘shiqchi “O‘zbekkonsert"dan “suhbat” emas, balki himoya istagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/lola-yuldasheva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimligi aholidan Bektemir tumanidagi 270 dan ortiq ko‘cha, yo‘lak va boshi berk ko‘chalarga nom berish va nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etishni so‘radi. Ovoz berish jarayoni geonom.tashkent.uz saytida 27-aprelga qadar davom etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/streets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy hukumati talabi bilan Apple WhatsApp, Telegram, Signal, Line va Threads messenjerlarini App Store’dan olib tashladi. The Wall Street Journal’ning ta’kidlashicha, ilovalar ularda XXR yetakchisiga nisbatan “shubhali” havolalar borligi sabab o‘chirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/app-store/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал