gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-aprel kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining tantanali piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar qo‘shiqlarni ijro etayotgan orkestr sadolari ostida poytaxtning asosiy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi (xarita).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/military-march/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda xabar beruvchining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki himolanishi va boshqa qator kafolatlar aks etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/corruption/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan sinf rahbari voyaga yetmaganlarni qiynoqqa solishda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/fergana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi oy avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilganini ma’lum qildi. Bozor mart oyi davomida 5,8 foizga qisqardi. Oy davomida faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/auto-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi. O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/markaz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil dronlar orqali, Eron rasmiylariga ko‘ra, Isfahon shahri yaqinidagi harbiy havo bazasiga zarba berdi. Hujum paytida portlash ovozlari eshitilgan, hududdagi yadroviy inshootlarga zarar yetmagan. Isroil mudofaa kuchlari bu zarbaga izoh bermadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/isfahan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet 20−23-aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning raketa hujumlari oqibatida Ukraina deyarli barcha issiqlik elektr stansiyalarini yo‘qotdi, atom elektr stansiyalari esa o‘qqa tutilish xavfi ostida, dedi prezident Vladimir Zelenskiy. U yana ittifoqchilarni mamlakatni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 21-aprel kuni ikkita marafon o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/marathon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇹🇯 O‘zbekiston va Tojikiston ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

⚡️ “Yuksalish” energetika tarmog‘ini rivojlantirish uchun xarajatlarni ochiqlashga chaqirdi.

💡 Tadbirkorlik subyektlariga gaz va elektr energiyasi uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi qaytariladi.

🏦 O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqildi.

✍️ O‘zbekistonda seysmik xavfsizlik va zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish ishlari kuchaytiriladi.

🇺🇳 BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekistondagi uch viloyatning 150 dan ortiq mahallasida yangi ijtimoiy obyektlar quriladi

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbedagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida ikki davlat san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertini birgalikda tomosha qildi. Foto va video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/concert/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirgʻizistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/earthquake/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Tojikiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida shunday dedi: “Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/tadjikistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari muzokaralar yakunida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida jami 28 ta hujjat imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/agreements/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jami qiymati 14 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 9 ta davlat xaridi bo‘yicha bayonnomalarni bekor qildirdi. Xususan, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” buyurtmachiligidagi 9,4 mlrd so‘mlik davlat xaridida affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/anticorruption/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Falastinning tashkilotga to‘laqonli a’zoligiga oid rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi. Falastin ayni damda BMTda kuzatuvchi davlat maqomiga ega.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/un-veto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19−21-aprel kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida bolalar inklyuziyasi mavzusiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qiladi, so‘nggi kuni esa mahorat darslari, o‘yinlar, kitobxonlik o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/conference/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/elchixona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 1-maydan kuchga kiradigan gaz va elektr energiyasi yangi tariflari qanday qoʻllanilishi haqida vizual tushuntirish eʼlon qildi.

Avvalroq "Gazeta.uz" ham misollar bilan tushuntirgan edi: https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/tariffs/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari oshirildi. Narxlar 1200−2000 co‘m oralig‘ida ko‘tarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/waste/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlaridagina kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat +22…+27, ba’zi joylarda +29 darajagacha bo‘ladi. Poytaxtda esa yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda Macan konserti bo‘lib o‘tayotgan Humo Arena’ga soxta chiptalar sabab odamlar kiritilmayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya holatga izoh berib, ba’zi fuqarolar konsertga avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga uringanini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/macan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida bolalar vafot etdi, shuningdek, mashina urib ketgan qoramol ham nobud bo‘ldi. Surishtiruv davomida haydovchi 4 oyda 11 marotaba qoida buzgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/19/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” oshirilgan tariflar bo‘yicha gaz va elektr energiyasi xarajatlari qanday o‘zgarishini hisoblab chiqdi. Shuningdek, hukumat qanday cheklovlarni ko‘rib chiqayotgani, limit doirasida ishlatilmagan svet va gazni jamg‘arish hamda eski tariflar bo‘yicha oldindan to‘lov qilish mumkin yoki yo‘qligini bilib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanali qirg‘oqbo‘yi hududida sayilgoh tashkil etish va obodonlashtirish ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov daraxtlar kesilishining oldini olish maqsadida loyihaga tuzatishlar kiritish topshirig‘ini berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/burijar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Yunusobod tumanida 16-aprelga o‘tar kechasi niqob taqqan noma’lum shaxslar 1 tup safora daraxtini ekskavator yordamida qo‘porib olib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Bosh prokuratura ularning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/daraxt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bo‘stonliq tumanida 29 yoshli ayol va uning 7,5 oylik homilasi anitibiotik in’eksiya qabuli ortidan nobud bo‘lgani aytilmoqda. Marhumaning eri ayoliga ruxsat etilmagan allergiya beruvchi dori yozib berilganini ta’kidladi. U “ayolning sog‘lig‘iga bee’tibor bo‘lganlarga” qonuniy chora ko‘rishni so‘ramoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/death/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Optimo kompaniyasi kichik va o‘rta biznes uchun 14 kun davomida Optimo dasturi bilan bepul foydalanishni taklif qilmoqda. Do‘konlar uchun dastur biznesni boshqarishda yaxshi yordamchi bo‘lishi mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/optimo/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Emomali Rahmonning farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov, Munojatxon Yo‘lchiyeva, Og‘abek Sobirov va Yulduz Usmonovaga “Tojikiston xalq hofizi”, Yodgor Sadiyevga esa “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/awards/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал