gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 19-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 2,04 soʻmga qimmatlab, 12 697 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toyloq tumanidagi “Darg‘om” kanalidan 4 yoshli qiz va 1 yoshli bolaning jasadi topildi. Bir kun avval fuqaro IIBga murojaat qilib, 24 yoshli kelini o‘g‘li va qizi bilan uydan noma’lum tomonga chiqib ketganini ma’lum qilgan. Hozirda ayolni izlab topish choralari ko‘rilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/suicide/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida odamlar va kontrabanda tovarlarni qo‘shni davlatga noqonuniy olib o‘tishda foydalanilgan yerosti tunneli aniqlandi. U yerdan o‘tayotgan ikki davlat fuqarolari qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/tunnel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziya parlamenti mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Prezident Salome Zurabishvili veto qo‘yishga va’da berdi, ammo hukmron partiya uni chetlab o‘tishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/georgia-bill/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Fayzobod GAI”da ta’mirlash ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlaridagi YHXBning vaqtincha ochilgan Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarining ish faoliyati to‘xtatildi. Fuqarolar endi zamonaviy sharoitlar yaratilgan Mirobod tumanidagi bo‘limga kelishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/fazyobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryo tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ binosida mayning ferma tashkil qilingani va 34,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. MCHJ mansabdorlariga nisbatan juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/mayning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BAAda so‘nggi 75 yil ichida rekord darajada yog‘ingarchilik kuzatildi. Dubay bundan eng ko‘p zarar ko‘rdi — ko‘cha, uylar, savdo markazlari va aeroport suv ostida qoldi. Hodisani hukumat qurg‘oqchil iqlimda yomg‘ir chaqirish uchun foydalanadigan bulut ekish ishlari keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin, deb yozdi Bloomberg.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/uae-rain/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Eron hukumatlari vakillari Xorazmda Eron kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etish va 23 ta investitsiyaviy loyiha bo‘yicha hamkorlar topish istiqbollarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/iran/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

17-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇹🇯 Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi.

✍️ O‘zbekistonda davlat ko‘mir narxini tartibga solishdan voz kechmoqchi.

🏘 Mart oyida ko‘chmas mulk bozorida sezilarli pasayish kuzatildi.

⚡️ Energiya resurslaridan nooqilona foydalangan yuridik shaxslar jarimaga tortilishi mumkin.

💊 “Rinotin kids” siropi ruxsatnomasi bekor qilinib, dorixonalardan qaytarib olindi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🔹 Fotosessiya saroyiga aylangan amir qabulxonasi. Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan edi

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Malayziyani mag‘lub etdi (statistika, video, foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/asian-cup-u23/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways endi xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatilishini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/check-in-time/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” Telegram kanalida aholi oʻrtasida oylik elektr energiya isteʼmoli boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovnoma yakunlandi.

Unda ishtirok etganlarning aksariyati — 74 foizi oyiga 200 kVt/soatgacha elektr energiyasidan foydalanishini qayd etdi. Yaʼni aksariyat respondentlarning elektr energiyasi isteʼmoli ijtimoiy norma meʼyorida.

Respondentlarning 20 foizi esa bir oyda 201 dan 1000 kVt/soatgacha elektr energiyasi isteʼmol qilishini bildirdi.

Yuqoridagi grafikda “Javoblarni koʻrish” variantini tanlagan ishtirokchilar ovozi hisobga olinmagan.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fevraldagi kichik o‘sishdan so‘ng mart oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida sezilarli pasayish qayd etildi. Xususan, Toshkent ko‘chmas mulk bozorida faollik 20,7 foizga pasaydi. Ikkilamchi bozor pasayishni boshladi, oyiga o‘rtacha narx atigi 0,5 foizga oshdi. Poytaxt ijara bozoridagi faollik ham yanada kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya Ukrainaning Chernigov shahri markaziga raketa hujumini uyushtirdi, oqibatda kamida 13 kishi halok boʻldi, 60 dan ortiq kishi jarohatlandi. Rasmiylar turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi zarar koʻrganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/chernihiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi va universiteti hamda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani markazida muzey qurilishi loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor hamda kengaytirilgan doirada uchrashib, hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Transport va tranzit tashish sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish sifatida ko‘rildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/meeting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentga 2024-yilgi xususiylashtirishning yangi dasturi taqdim etildi. Unda 250 ga yaqin obyektning davlat ulushlari, mingga yaqin koʻchmas mulk obyektlari va 12 ta korxonaning ommaviy savdolarga chiqarilishi koʻzda tutilgan. Sotilmay qolgan yer uchastkalarining narxi bosqichma-bosqich pasaytiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/privatization/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Yuksalish” harakati rahbariga ko‘ra, elektr energiyasiga yangi tariflarni joriy etish bilan bir paytda sohadagi muammolarni hal etish zarur. Isitish, gaz tizimi yo‘q hududlarni hisobga olish, shuningdek, tizimni rivojlantirishda xarajatlar shaffofligini ta’minlash va differensiyalangan tariflarni kiritish muhim.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/yuksalish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbega bordi. Uni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Davlat rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/tajikistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Venetsiyadagi Ka Foskari universitetida “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining ikkinchi bo‘limi hisoblangan namoyishda Turkiston avangardining evolyutsiyasi haqida so‘z boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/venice/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMTTD va IMV O‘zbekiston qishloq hududlarini rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida 2024−2028-yillarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryoning 21 tumanidagi 157 ta mahallada ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va kapital ta’mirlashni rejalashtirgan. Loyiha qiymati — 293,5 mln dollar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/undp/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, seysmik xavf monitoringi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qurilishda davlat nazorati sifatini kuchaytirish, aholini zilzilaga tayyorlash va yangi ko‘p qavatli binolarni aktiv seysmik himolash rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/quakes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yozda biznesga tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi qaytariladi. Energetika vazirligi avvalroq energiya resurslarini avanssiz yetkazib beruvchi ta’minot korxonalariga katta zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/18/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mamlakatning xomashyo bazasi kamida 15 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini bermoqda, dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportni an’anaviy arzon bozorlardan (Rossiya, Xitoy, Turkiya) “yangi, qimmatroq"lariga yo‘naltirish zarur.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/textile/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda aholi tomonidan energiya tejamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan dasturlar qabul qilish rejalashtirilmoqda. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan nooqilona (noqonuniy) foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/energy-saving/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

PUBG Mobile‘da endi o‘zbek tili mavjud

UZTELECOM foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida PUBG Mobile serverlarini mahalliylashtirdi.

Jarayon tugagach va PUBG Mobile serverlari ishga tushirilgandan keyin o‘yin muxlislari ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa o‘yin tajribasi va ping sifati yaxshilanishiga olib keldi.

Kibersportni rivojlantirish va O‘zbekistonda foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish maqsadida Tencent jamoasi o‘yinga o‘zbek tilini qo‘shdi. Hozirda ikki tomonlama muzokaralar davom etmoqda.

«UZTELECOM — doimo yaqin bo‘lgan operator».

MyUZTELECOM | Telegram

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sanepidqo‘mita ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida “Rinotin kids” biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnomalarni bekor qildi. Respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardan siropni qaytarib olish topshirig‘i berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/rinotin-kids/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumanida janjal bo‘layotgan xonadonga borgan profilaktika inspektorini mast holdagi uy egasi pichoqladi. IIB xodimiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Holat bo‘yicha uy egasiga jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/yangihayot/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 18-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 23,12 soʻmga qimmatlab, 12 694,96 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi “Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 20-aprelga qadar ko‘rgazma zallarida TURKSOY tashkilotiga a’zo mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston rassomlarining 70 dan ortiq asarlarini tomosha qilishingiz mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/exhibition/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал