gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/land-trade/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari Norin daryosida Qambarota GES (GES-1) qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi. Loyiha amalga oshirilgach, stansiyaning aksiyalari va aktivlari Qirg‘iziston mulkiga aylanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/ges/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ariqqa tushib ketdi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxslar fuqaroni 18 ming dollar evaziga AQShga jo‘natishni va’da qilgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/illegal-migration/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 “Prezident jamoasida ortga qaytish haqida o‘ylaydiganlar ishlamaydi” — Jamshid Qo‘chqorov.

🇮🇷 O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV.

🚗 Prezident sirdaryolik bog‘bonga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi.

🤷🏻‍♂️ “Dronlardan foydalanish madaniyati hali biz tasavvur qilgan darajada emas” — “Madad” NNT vakili.

👥 Prezident Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari muloqoti delegatlarini qabul qildi.

⚖️ “Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fevralda “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudi tugab, 23 ayblanuvchiga hukm o‘qilgandi. Hukmdan norozi yetti sudlanuvchi apellyatsiya shikoyati kiritdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida apellyatsiyani ko‘rib chiqish 15-aprel kuni davom ettirildi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/sud/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hukumat “O‘zsanoatqurilishbank” xususiylashtirilishini tezlashtirish ustida ishlayotganini, may oyida “Asakabank”ni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha YeTTB bilan kelishuv imzolanishi reja qilinganini bildirdi. Shuningdek, Islom moliyasi bo‘yicha ishlar ko‘lami kengayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/privatization/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarjimonlar Mark Riz va Abdulloh Ro‘ziyev O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissalarining ingliz tiliga tarjimasini taqdim etdi. Nashr sharafiga Nyu-York metrosida reklama joylashtirildi. “Gazeta.uz” tarjimonlar bilan o‘zbek yozuvchisi ijodi va tarjima ustidagi ishlar haqida suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/dunyoning-ishlari/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumatda “aholi drondan foydalanish madaniyatiga hali to‘la tayyor emas” degan nuqtai nazar bor. “Hozir ommaviy foydalanishga ruxsat bersak, odamlar bir-birining uyida qilayotgan ishini ham dronlar orqali tarmoqlarga chiqarib yuborishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi “Madad” NNT vakili Islombek Abdurahimov.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/dron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Chilonzor tumanida svetoforning qizil chirog‘i yongan vaqtda qoidani buzib, “Tez yordam” mashinasiga yo‘l bergan Cobalt haydovchisining uyiga jarima xati bordi. Holat o‘rganilib, fuqaroga yozilgan jarima bekor qilindi. Haydovchi shahar IIBB tomonidan taqdirlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/toshkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda mart oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etdi (fevralga nisbatan o‘zgarishsiz). Aholi eng ko‘p yonilg‘i, meva-sabzavotlar, go‘sht va sut narxi oshganini sezdi. Shakar va qandolat narxi oshganini qayd etgan respondentlar ko‘paydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/perceived-inflation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 16-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,43 soʻmga arzonlab, 12 654,57 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi tushdi.


Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ADM Jizzakh avtomobil zavodi O‘zbekiston bozorining kamida 25 foizini egallash niyatida, deya ma’lum qildi kompaniya bosh direktori Doniyor Davletyarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda milliy avtomobil ham yaratish reja qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/adm-jizzakh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qosim-Jomart Toqayev oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga qaratilgan qonunni imzoladi. Qonun bilan ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakli uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/family-violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tgan zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/beshkurash/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Hodisa oqibatida XIX asrga oid masjid eshigi hamda qadimiy miltiqning qo‘ndog‘i yonib zararlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/museum/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

OTB prognoziga ko‘ra, O‘zbekistonda narxlar oshishining uy xo‘jaliklari daromadiga ta’siri tufayli 2024-yilda iqtisodiy o‘sish 5,5 foizgacha pasayishi mumkin, biroq 2025-yilda biroz tiklanadi. Islohotlar va ijtimoiy xarajatlarni oshirish budjet taqchilligini kamaytirishga qaratilgan harakatlarni cheklashi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/adb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nyu-Yorkda Donald Trampning sukut saqlashi uchun pornoaktrisaga pul to‘lagani bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Tarixda ilk bor AQSh sobiq prezidenti jinoiy ish bo‘yicha sudda ishtirok etmoqda. Siyosatchi o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olmayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/16/trump/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yong‘in yuz bergani, bu jamoatchilikdan sir tutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari yasagan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan, deb yozdi Kun.uz.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/museum/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti yig‘ilishiga kelgan, jumladan, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘mon va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlik, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/arabian-states/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskvadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik 10 nafar, tojikistonlik 13 nafar migrant qo‘lga olindi. Janjal qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli kelib chiqqan. Hech kim og‘ir jarohat olmagan, ularga nisbatan ma’muriy jarima tayinlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/fight/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15−19-aprel kunlari Artel kompaniyasi 135-Canton ko‘rgazmasida — eksport va import mahsulotlari bo‘yicha Osiyoning eng yirik ko‘rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/artel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston hukumati yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni boshlashini aytdi. Qonun va qoidalarni buzgan tadbirkorlar tartibga chaqiriladi. U buni “ortga qaytish” sifatida ko‘rmaslik kerakligini, “Prezident jamoasida bu haqda o‘ylaydigan odamlar ishlamasligini” ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/kuchkarov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Singapur bosh vaziri Li Syan Lun yigirma yillik hokimiyatdan so‘ng 15-may kuni o‘z lavozimini tark etadi. Uning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Lorens Vong tayinlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/singapore/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fors ko‘rfazi davlatlari Isroil va Eron o‘rtasida keng ko‘lamli urush bo‘lishidan qo‘rqmoqda, chunki vaziyatga ularning o‘zlari ham jalb qilinishi xavfi mavjud. Ular AQSh bilan birgalikda Tel-Aviv hamda Tehronga bosim o‘tkazmoqda, deb yozdi Reuters.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/gulf-states/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Hindiston harbiylari “Do‘stlik” qo‘shma mashg‘ulotlarining beshinchi bosqichini boshladi. Bu yil mashqlar Surxondaryodagi “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayon doirasida Hindiston armiyasi shtabi boshlig‘i Manoj Pande O‘zbekistonga keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/india/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Firibgarlikda gumonlanib, tergovga jalb qilingan defektolog Dilorom Jabborova “Ovoz” nomli markaz ochgani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani muassasa unga tegishli emasligini, uning tergov davomida bolalar duduqlanishi muammosiga oid faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/dilorom-jabborova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 16−22-aprel kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/snowdrift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mart oyida O‘zbekiston aholisining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari 12,8 foizgacha (-0,2 foiz), tadbirkorlarning kutilmalari esa 12,2 foizgacha (-0,5 foiz) pasaydi. Aholining valyuta kursi o‘zgarishi va narxlarning sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/inflation-expectations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat — Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Bu keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, — deyiladi bayonotda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/tiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал