gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu HC 45 rusumli avtobus xarid qilindi. Ammo 2018-yildan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi avtomashinalarini xarid qilish taqiqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/isuzu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyatida OIV bilan kasallangan ikki shaxs qasddan boshqalar bilan jinsiy yaqinlik qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/oiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzoq yillardan buyon uzum yetishtirib kelayotgan sirdaryolik bog‘bonga prezident sovg‘asi — Tracker avtomobili topshirildi. Tursunboy ota Aripovning aytishicha, davlat rahbari undan mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishni so‘ragan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/sayxunobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16−17-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistoning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi xavfi ham mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/toshqin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir sababli Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Suv hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqdi. Toshkent viloyati hokimligi hodisa oqibatida hech qanday talafot aniqlanmaganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/soqoq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15 mln so‘mni olayotgan vaqtda Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam talon-toroj qilishda sudlangan o‘rinbosari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX. Shuningdek, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi (muqaddam sudlangan) ham qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/14/corruption/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25−30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Chery Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference doirasida Chery kompaniyasi rivojlanishning yangi strategiya, texnologiya va modellarini taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/14/adm-chery-global/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚬 O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda.

🚄 O‘zbekistonda Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qilindi.

🏙 “Toshkentdagi mahalla va ko‘chalar Sidney tajribasi asosida obodonlashtiriladi” — hokim Shavkat Umurzoqov.

🌊 Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etganlarning uchovi ham xorij fuqarolari bo‘lgan.

🇹🇯 Tojikiston TIV “Krokus”dagi terakt gumonlanuvchilarining qiynoqqa solinishini qoraladi.

🇰🇿 Qasim-Jomart Toqayev suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumini bekor qildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyatidagi to‘yda 53 kishi, jumladan, 13 nafar bola zaharlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/food/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi mahalla va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari Avstraliyaning Sidney shahri tajribasidan kelib chiqqan holda yagona me’yorlar bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. U “nafaqat shahar markazida, balki chekka mahallalarda ham ideal sharoit bo‘lishi kerak"ligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/yunusabad/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Click kompaniyasi tomonidan Inson Uchun xayriya platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U xayriya qiluvchilar va xayriyaga muhtojlar o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/click/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 15-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 2,77 soʻmga qimmatlab, 12 667,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzaxda Yutong avtobusi Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, to‘rt kishi, jumladan, Fransiya fuqarosi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/yth-jizzax/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 4477 kishi oiladagi zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/family-violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Minskda bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida “Krokus”dagi teraktda gumonlanayotganlarning qiynoqqa solinishini qoraladi. “Bu yo‘l bilan olingan iqrorlarning bahosi hammaga yaxshi ma’lum”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/tajikistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat hamda san’atni rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi. Mazkur lavozim jamoatchilik asosida joriy etilgan va unga haq toʻlanmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/jenisbek-piyazov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Chorshanbadan boshlab havo harorati asta-sekin isiydi va ish haftasi oxirida +25…+31 darajaga yetadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asaxiy Books va Xalq banki hamkorligida Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/asaxiy-books/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/wb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli 15-aprelga belgilangan Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY301/302 reysini bekor qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/15/flight/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-aprel kuni Eron Isroil tomon o‘nlab dron va raketalarni uchirdi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujumdan so‘ng darhol xalqqa murojaat qilib, mamlakat uzoq yillardan buyon Eron hujumiga tayyorgarlik ko‘rganini, hukumat “har qanday ssenariyga, mudofaaga ham, hujumga ham tayyorligini” ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/14/iran-israel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 14-aprel kuni biatlon chempionati doirasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining katta qismida transportlar harakati soat 6:00 dan 14:00 gacha to‘liq cheklanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/stop/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Anvar Oripov Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi. Hududning avvalgi rahbari Sherzod Rajabov esa hokimning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/qiziriq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-apreldan Toshkent shahri issiq suv ta’minotida to‘rt kunlik uzilishlar boshlanadi. Veolia Energy Tashkent jadvalni e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/hot-water/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi suv toshqinlari fonida moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli 13−14-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/astana-forum/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat hukmron partiyadan ancha ilgarilab ketib, g‘alaba qozondi. Saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi so‘nggi 32 yildagi eng yuqorisi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/south-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi uchun tanlov e’lon qildi. G‘olib 100 mln so‘m mukofot oladi va uning ismining bosh harflari poyezdda aks ettiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/hyundai-rotem/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qiziriq tumanining sobiq hokimi Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/sur-qash/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash, shuningdek, ushbu cheklovlarni buzganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘quvchilari orasida elektron sigaretlardan foydalanish ko‘payganini qayd etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/e-cigarettes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov boshqaruvidagi BYD YTHga uchradi. Uning mashinasiga orqadan yuqori tezlikda kelgan Monza urilgan. YHXB hodisada jami 3 mashina ishtirok etgani, hech kimga jarohat yetmaganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/activist/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал