gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilishda ayblanib, sudlandi. Yana 40 kishi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilishda aybdor deb topildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/courts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 19 yoshli haydovchi 49 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qutqaruvchilar Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketgan erkakning jasadini topdi. U Xitoy fuqarosi bo‘lib chiqdi. Erkak suvga cho‘kib ketgan ayol va bola (Rossiya fuqarolari)ni qutqarishga uringan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Quyosh nuri ham Marsga olib boradi

Poytaxtning Uchtepa tumani “Paxtakor” mahallasidagi koʻcha nomlari ajoyib. Masalan, bu mahallaga Kichik halqa yoʻlidan kirmoqchi boʻlsangiz, sizga yo Mergancha, yo Koʻkyoʻngʻichqa koʻchalari peshvoz chiqadi. Ichkarida Rafiq darvoz, Qizil Tokzor, Musobaqa, Kurash, Tarbiya degan koʻchalar bor.

Mahallaning Koʻkcha Darvoza koʻchasiga tutash shimoliy qismi esa yanada ajoyib, eng qizigʻi, u aniq bir mavzuga yoʻnaltirilgan: Koʻkcha Darvozadan “Paxtakor” mahallasiga kirmoqchi boʻlib, chapga burilsangiz, sizni, jumladan, ikkita Mars koʻchasi kutib oladi. Shundan oʻngga yursangiz ham Mars, chapga yursangiz ham Mars. To Quyosh nuri koʻchasigacha shunday. Koinotda qanday boʻlsa, bu yerda ham shunday — Quyosh nuri Marsga boradi va uni bir tomondan toʻliq qurshab oladi.

“Gazeta.uz” Toshkentdagi Quyosh nuri va Mars qanday koʻrinishdaligi-yu, ular nega bunday atalgani haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/12/toshkent-mars/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroilda yashovchi fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish uchun yashab turgan joyini zaruratsiz tark etmaslikni so‘radi. Avvalroq OAV ikki kun ichida Isroilga Erondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum kutilayotgani haqida yozgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/12/israel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/12/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida uch kishi, jumladan, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi. Ikki qurbonning jasadi topilgan, uchinchisini qidirish ishlari davom etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/12/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlangan Farrux Tursunov qirol Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/10/spain/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tailandning Pxuket shahrida o‘tgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari: Akbar Jo‘rayev va Sharofiddin Amriddinov 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/11/weightlifting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15−19-aprel kunlari Toshkent shahri va viloyatlarda Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan mahalliy va xorijiy rassomlarning ko‘rgazmalari, rassomlik va amaliy san’at bo‘yicha mahorat darslari, tarixiy, milliy va zamonaviy liboslar namoyishi o‘rin olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/11/festival-uzb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi Chery brendi avtomobillarga gaz ballonli uskunalar o‘rnatilgandan so‘ng ham texnik xizmat ko‘rsatish kafolati uzaytirilishini e’lon qildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/11/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning iyun oyida Jizzax viloyatidagi BYD avtomobil zavodini ishga tushirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda ushbu brend ostida ikkita model ishlab chiqarish mo‘ljallangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/10/byd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qishloqdagi iftorlik va ramazonchi bolalar haqida fotohikoya

Alohida majburiyat boʻlmasa-da, roʻzadorlarga iftorlik berish savobli amallardan hisoblanadi. Bunday tadbirlarda yor-u birodarlar bir dasturxon atrofida yigʻilib, doʻstlik, qarindoshlik munosabatlari yanada mustahkamlanadi. Iftorlikka chaqirishdimi, taklifni rad etish maqbul emas. Bu eski gina-kuduratlarni unutish uchun yaxshi bir bahonai sabab hamdir.

Qishloqdagi iftorlik ham oʻziga xos oʻtadi. Mehmon kutishga tayyorgarlik koʻpincha bir kun avval boshlanadi. Oila erkaklari bozorlik qilib keladi, oʻtinlarni chopib, suv tashib qoʻyadi. Xonadon xotin-qizlari esa odatda oʻzlari ham roʻza ogʻiz boʻlishiga qaramay, iftorlik uchun pishir-kuydir bilan band boʻlishadi. Iftorlik vaqti arafasi mehmonlar yigʻila boshlaydi.

Shom kirarga yaqin qolganda qishloqda bolalarning ovozi jaranglay boshlaydi. Ular guruh-guruhga boʻlinib, darvozalarni taqillatib, uy egalarini chaqirib, qoʻshiq aytishadi. Bolalar “Yo Ramazon” deb kuylarkan, oʻziga sovgʻa soʻraydi hamda ularni taom bilan toʻydirgan, chanqogʻini qondirgan yoki pul sovgʻa qilganlarga yaxshiliklar tilaydi. Ular bir oqshomning oʻzida aylanib, 10−15 tacha xonadonga kirib-chiqishi mumkin.

Eʼtiboringizga fotomuxbirimiz Xolida Musulmonning Jizzax viloyatidagi qishloqlardan birida Jumaboyevlar oilasi uyushtirgan iftorlik va ramazonchi bolalar haqida tayyorlagan fotohikoyasini taqdim etamiz.

Barchangizga Ramazon hayiti ayyomi muborak boʻlsin!

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/10/ramadan/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaat o‘rganilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchining yuziga bir necha bor tarsaki urib, uni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Maktab direktori buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/10/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan mart oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mart bo‘ldi. Meteorologlar ketma-ket o‘ninchi oy oylik harorat rekordini qayd etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/09/march/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Muzaffar Aripov esa Toshkent viloyatining Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/tayinlov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlarga yonilg‘i chiqib ketishi va “kulrang” eksportning oldini olish maqsadida xorijliklar uchun benzin va dizel narxini oshirish bo‘yicha buyruq loyihasini tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Erkak sportchi qiziga Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun chet elga chiqishiga ruxsat bermay, xorijga chiqish pasportini olishiga to‘sqinlik qilgach, bu ishga bolalar ombudsmani va boshqa idoralar aralashdi. Natijada ota qiziga bu jarayon uchun ruxsat berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/13/ombudsman/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dunyoni zabt etmoqchiman”. Taniqli bastakor Sulton Ali Rahmatov bilan intervyu

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sulton Ali Rahmatov “Assalom Oʻzbekiston”, “Ikkinchi simfoniya” singari oʻnlab musiqalari orqali millionlab tinglovchi qalbiga kirib borgan.

Uning musiqalarini nafaqat Oʻzbekistonda, balki dunyoning koʻplab mamlakatlarida ham sevib eshitishadi.

Taniqli sozanda va bastakor 2024-yilning 18–21-aprel kunlari Toshkentda navbatdagi yakkaxon konsertini taqdim etmoqda.

“Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonov konsert arafasida Sulton Ali Rahmatov bilan suhbatlashdi.

Uni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/4vK9N_RetcQ?si=ZJvoPfWPpT5F_inM

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

NeftGazMontaj kompaniyasi o‘z tarixidagi muhim sana — asos solinganiga 20 yil to‘lganini nishonlamoqda. Ikkita 10 yillik davomida tashkilot O‘zbekiston neft va gaz sanoati obyektlarini qurishda yetakchi ishtirokchilardan biriga aylandi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/12/neftgazmontaj/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas avtomashinalari to‘qnashdi. Oqibatda uchala haydovchi ham olgan jarohati sababli shifoxonaga olib ketildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/12/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Belarus rahbari tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish, xususan, BelAZ bilan kelishuvlarni bajarishga tayyorligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/12/belarus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil davomida Dubayda turli-tuman festivallar bo‘lib o‘tadi. Amirlikning Iqtisodiyot va turizm departamenti bahor-yoz mavsumida tashkil qidinadigan beshta festival haqida ma’lumot berdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/11/visit-dubai/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Huquq-tartibot idoralari Andijonda tadbirkorga 42 mlrd so‘mlik yo‘l qurilishi loyihasini olib berishni va’da qilgan ikki shaxsni qo‘lga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/11/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-aprelga qadar VI Toshkent xalqaro BYD marafonida ishtirok etishni istaganlar hali ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Asosiy tadbir 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/11/marafon-byd/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tongda O‘zbekiston masjidlarida Ramazon oyi tugashi munosabati bilan hayit namozi o‘qildi. Bu yil namoz kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida ado etildi. Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” va “Minor” masjidlaridan suratlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/10/prayer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 13 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,65 soʻmga arzonlab, 12 664,23 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning dastlabki 3 oyi davomida “Tez yordam” xizmatiga 3,1 millionta murojaat kelib tushgan. Ularning 812 247 tasi surunkali kasalliklar, 19 114 tasi esa tug‘ruqlar uchun chaqirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/10/tez-yordam/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shveysariyaning keksa aholisi mamlakat hukumatining iqlim bo‘yicha harakatsizligiga doir inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ishida g‘olib chiqdi. Haddan tashqari issiq havo ularning sog‘lig‘iga ziyon yetkazib, o‘lim xavfini yuzaga keltirmoqda. Bu — iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tarixdagi birinchi qaror.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/09/switzerland/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlanganidan so‘ng Toshkentdagi barcha tumanlarni aylanib chiqdi.

🧎‍♂️ Ramazon hayiti namozi vaqtida Toshkentdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi.

👑 Amir Temur — antikorrupsioner, motivator, ilg‘or soliqchi, “Napoleonning ustozi“, “Otaturkning kumiri”.

🇷🇺 Rossiyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

🚗 ADM Jizzakh 2027-yilgacha O‘zbekistonning top-5 soliq to‘lovchisi qatoriga kirishni reja qilmoqda.

🛒 Namunali savdo nima va chakana savdo madaniyatini qanday rivojlantirish mumkin?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/09/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал