gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🕌 Ramazon hayiti 10-aprelga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda — Musulmonlar idorasi.

🚌 Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4:00 dan ish boshlaydi.

🚗 Prezident ADM Jizzakh avtomobil zavodida mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

👷 “Xodimlarning ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning muvaffaqiyatiga bog‘liq”. Enter Engineering — quruvchilarning ish haqi kechikayotgani haqida.

🎤 Madaniyat vazirligi “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratadi.

✍️ Prezident 426 nafar shaxs, jumladan, 11 nafar xorijlikni afv etdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda 76 mingdan ortiq odam xavfli suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qilindi, mamlakatning 10 ta hududida favqulodda holat e’lon qilindi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev ushbu toshqinlarni so‘nggi 80 yildagi eng dahshatli ofat deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida metallurgiyaga ixtisoslashgan sanoat zonasi va quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlashda ishtirok etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Musulmonlar idorasi 10-aprel, chorshanba Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/hayit-namozi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh avtomobil zavodida bo‘lib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilishi boshlangan yangi Kia Sonet avtomobili bilan ham tanishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/adm-jizzakh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyatida qurilish inspeksiyasi boshlig‘i tug‘ilgan kunida kursdoshlarini bazm uchun o‘z ofisiga chaqirgani ortidan lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. Tug‘ilgan kunni, xususan, spirtli ichimliklar bilan nishonlash taklif qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/birthday/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasi raisi birinchi o‘rinbosari Sardor Isakulov Toshkent viloyatining Parkent tumani hokimi bo‘ldi. Sobiq hokim faoliyatidagi kamchiliklari uchun ishdan olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/parkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 9 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,20 soʻmga arzonlab, 12 675,88 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga bordi. Loyiha uch bosqichli bo‘lib, ish yakuni 2028-yilga mo‘ljallangan. Prezident bu yil rejalashtirilganiga qo‘shimcha uylar, shuningdek, infratuzilma tarmoqlari va ta’lim muassasalari qurishni jadallashtirishni topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/new-uzbekistan-massif/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mart oyida oltin narxining ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiradagi oltin miqdori salkam 1,3 mlrd dollarga oshganiga qaramay, uning fizik hajmi 12 tonnaga kamaygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/reserves/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 300 tadan ortiq avtobus 2018-yildan beri texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Shu yuzasidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovga senator so‘rovini yubordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-iyundan mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi. Shuningdek, ushbu shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/subsidiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Odil Musanov Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga hokim etib tayinlandi. U shu paytgacha viloyatning Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/arnasoy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-iyundan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish, “ishchi viza”ni rasmiylashtirish va yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/migrants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-iyulgacha ANORBANK`da yangi omonat ochgan mijozlar Bayramona aksiyasi doirasida uchta BYD E2 elektromobilidan birini yutib olishlari mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/anorbank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi topshirig‘i bilan 10-aprel, Ramazon hayiti bayrami kunida jamoat transporti soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/free-transport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning “Stroyproyekt” kompaniyasi Toshkentda 10 million dollarga biznes markazi quradi. U Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi va “Paxtakor” stadioni o‘rtasidagi avtoturargoh o‘rnida joylashadi. Savdo-sanoat palatasi qurilish vaqtida birorta daraxtga zarar yetkazilmasligiga ishontirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/stroyproject/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Ramazon hayiti arafasida 426 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ulardan 135 nafari asosiy jazodan to‘liq, 200 nafari shartli ozod etildi. Afv etilganlar orasida 11 nafar xorijlik va 3 nafar voyaga yetmagan shaxslar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/pardon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9−15-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/snowdrift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25−30-aprel kunlari Xiva shahrida ikkinchi marotaba “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, hozirgacha 18 ta davlatdan raqs guruhlari festivalda qatnashish istagini bildirgan. G‘oliblar diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/lazgi-fest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya Ukrainaning aholisi bo‘yicha ikkinchi shahri bo‘lgan Xarkovni yashash uchun yaroqsiz “kulrang zona”ga aylantirmoqchi, deb yozmoqda Economist. Dekabr oyidan boshlab Rossiya armiyasi shaharni bombardimon qilishni kuchaytirdi, shuningdek, boshqariladigan aviabombalardan foydalanishni boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/kharkiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon hayiti kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/bus-metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Enter Engineering xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda, Olmaliqdagi 3-MBF ishchilari uch oydan beri maosh olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya vaziyatga izoh berib, fevral oyi uchun maosh to‘laganini, ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning natijasiga bog‘liq ekanini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/enter-engineering/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vazirligi o‘zining budjet mablag‘lari hisobidan 2024−2025-yillarda The Voice of Uzbekistan (“Ovoz”) teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratadi. Mablag‘ teleloyiha ishtirokchilarining ustozlari, badiiy rahbar, musiqa direktori va sozandalar uchun gonorar to‘lashga sarflanishi keltirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/ovoz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

🐆Hisor qoʻriqxonasida fotoqopqon qor qoplonlari guruhini videoga oldi

Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qoʻriqxonasida fotoqopqonga qor qoplonlari guruhi muhrlandi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi. Mushuksimonlar oilasiga mansub qor qoploni Oʻzbekistonda 50-52 tani tashkil qiladi. Ushbu jonivorlar bugungi kunda noyob tur hisoblanib, xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda nominal kurs nisbatan tez qadrsizlanmoqda (2023-yil bilan taqqoslaganda ham). “Lekin, menimcha, bu hali real kursning to‘g‘rilanishi emas. Nominal kursning hozirgi qadrsizlanishi asosiy hamkorlarimizda kuzatilayotgan tendensiyaga monand kechmoqda”, — deb yozadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/rate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IT Park University abituriyentlarga “Dasturiy ta’minot muhandisligi” sohasida o‘qishni hamda qo‘shimcha beshta amaliy mutaxassislikdan birini o‘zlashtirishni taklif qilmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/it-park-university/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/ramazon-hayiti/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda seshanba kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi. 10−11-aprelda esa respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +22…+27 darajagacha, janubda +30 darajagacha ko‘tariladi. 12−14-aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari muhokama qilinadi. Shuningdek, yangi korxonalar qurilishiga start beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/visit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал