gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bor ayolning ahvoli og‘irlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/mother-and-child/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etiladi. Ularning infratuzilmasi va tashqi ko‘rinishi yagona standartga keltiriladi, shaffof monitoring tizimi yaratiladi. “Mahallalarning asl boshqaruvi fuqarolar qo‘liga, qulayligi va xavfsizligini ta’minlash esa mas’ullarga yuklatiladi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/tashkent-mahallas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari Nodir Abduvaliyev va Sardor G‘iyosov vazirlik va idoralarni tejamkorlikka chaqirdi. Ular budjet taqchilligi fonida tashkilotlar tomonidan qimmatbaho avtotransportlar xarid qilinishi holatlarini qoraladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/07/party/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birinchi chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston budjeti defitsiti 19,8 trln so‘m (1,56 mlrd dollar)ni tashkil etdi. Bu kamida oxirgi 12 yildagi rekord ko‘rsatkichdir. budjet daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga, xarajatlari esa 19,3 foizga o‘sdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/06/budget-deficit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida qoʻshni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/06/narco/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an qarori bilan Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejim bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/06/viza/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mart oyida qabul qilingan qaror bilan endi mozaik pannolar madaniy meros obyektlari hisoblanadi, ular chizilgan binolarga esa reklama bannerlari o‘rnatish taqiqlanadi. Shu sababli 5-aprel kuni Mirobod ko‘chasida joylashgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/06/mosaic/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗳 “Tashabbusli budjet“ning 1-mavsumi g‘oliblari aniqlandi.

💼 Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi.

🎬 Toshkentdagi Artdocfest Asia kinofestivali tegishli ruxsatnoma olinmagani uchun to‘xtatildi — Madaniyat vazirligi.

🇰🇿 “Qozoq-o‘zbek tandemi — hayotiy zarurat” — Qozog‘iston prezidenti.

💵 2023-yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 16 foizga kamaydi.

🏦 O‘zini o‘zi band qilganlar 100 mln so‘mgacha kafolatsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/uz/2024/04/08/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi. Respublika bo‘yicha jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularni moliyalashtirishga 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi. Bu galgi ovoz berish jarayonlarida 11,7 mln kishi ishtirok etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/winners/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilganlarga oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit jalb qilish imkoniyati berildi. Ayrim hollarda kreditlar naqd pul ko‘rinishida ajratilishi mumkin. Kredit muddati va imtiyozli davr ham oshirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/family-business/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dishi” va yana oltita kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, teatrlardagi spektakllar, havo sharida ko‘tarilish, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada o‘tgan muzokaralarda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, ular “Xiva gilamlari” kombinatini ko‘zdan kechirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/meeting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 8-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 5,01 soʻmga qimmatlab, 12 685,08 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishi uchun yangi yo‘nalishlar, jumladan, HAMAS bilan urush boshlanganidan beri yopiq bo‘lgan anklav shimolidagi “Erez” nazorat-o‘tkazish punktini ochishini ma’lum qildi. BMT avvalroq G‘azoning shimoliy viloyatlarida ommaviy ocharchilik xavfidan ogohlantirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/aid-routes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida sinfdoshiga nisbatan bulling uyushtirgan, uni kaltaklab, haqoratlagan qizlarning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/bulling/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metrosi tarkibiga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi qo‘shildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida yana shunday 3 ta metro poyezdi olib kelish reja qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/08/metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida Bekobod tumanlararo sudining sobiq sudyasi va firma yuristi fuqarodan 75 ming dollar, boshqa holatda yana bir adkovat 17 ming dollar olishda gumonlanib ushlandi. Samarqandda esa shahar advokatlik hay’ati advokati 1,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/07/advokat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri IIBBning ma’lum qilishicha, yanvar-mart oylarida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olindi. 209 kishiga nisbatan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/06/prostitution/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/06/yoshlarga-yer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlangani munosabati bilan poytaxt va Toshkent viloyatining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harbiy texnikalar harakatlanadi. Haydovchilardan yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/06/military/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshi tumanidagi 55-maktabda oʻsmir kaltaklanishi oqibatida umurtqasi singan. Oʻquvchiga birinchi yordam koʻrsatilmagani va IIBga murojaat qilinmagani uchun maktab direktori ishdan olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/06/maktab/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qamchiq dovonida qor yog‘moqda

YHXX haydovchilardan tezlikni oshirmay, oraliq masofani saqlagan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘radi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/itchan-kala/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va YI o‘rtasida muhim xomashyo sohasida barqaror qiymat zanjirlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu O‘zbekistonning tog‘-kon sanoatini rivojlantirishga yordam beradi hamda YIga mis va molibden kabi foydali qazilmalarga yo‘l ochish imkoniyatini yaratadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/eu-crm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, ular ikki davlat temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Qo‘shma korxona Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/central-asia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 16 foizga — 2,6 mlrd dollardan 2,2 mlrd dollargacha qisqardi. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligining YIMga nisbati tarixiy maksimum — 8,6 foizga yetdi (7,8 mlrd dollar).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/direct-investments/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashkilot rahbarlarini Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov jarimaga tortildi. U ovoz yig‘olmagan rahbarlarni ishdan olish bilan qo‘rqitgan va ularni “noinsoflar” deya atagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/open-budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zsanoatqurilishbank” ESG va barqaror rivojlanish siyosatini qabul qildi

“O‘zsanoatqurilishbank” tizimida moliya-bank sohasida birinchilardan bo‘lib ESG va barqaror rivojlanish siyosati tasdiqlandi.

Bu bilan bank global ekologik va ijtimoiy dasturlarni yana-da faol qo‘llab-quvvatlashga kirishdi.

ESG siyosatiga ko‘ra, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sohalard­agi umumjahon miqyosda kuzatilayotgan glob­al muammolar yechimi o‘rganilib, ular bankning yaqin va uzoq muddatli barqar­or rivoji yo‘lida keng qo‘llanadi.

Batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimligi prezidentning poytaxtdagi ikki tumanga tashrifi yakunlari bo‘yicha loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqishga 825 mln so‘m ajratdi. “Chorsu” va “Eski jo‘va” bozorlari rekonstruksiyasi, “turizm halqasi”da yo‘laklar, mahallalarda mikro bog‘lar qurish va boshqalar shular jumlasidan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/districts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал