gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergelida ochiq maydondagi qurilish chiqindilari yonib ketdi. Uni o‘chirish uchun 5 ta qutqaruv ekipaji chaqirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/xonobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/uzb-kz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Andijon, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida AQShga fuqarolarni noqonuniy yuborishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi. Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarolardan 14 mingdan 19 ming dollargacha pul so‘ralgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/usa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 10−13-aprel kunlari Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘rta bahosi 4,5 va undan yuqori bo‘lgan attestat bilan O‘zbekistondagi UDEA universitetining talabasi bo‘lish mumkin

UDEA universiteti imtihonsiz qabul eʼlon qildi. Bunda abituriyentning bilim darajasi uning maktab baholariga ko‘ra baholanadi.

Bakalavr dasturlari:

— «Agrobiznes va investitsion faoliyat»;

— «Moliya va moliyaviy texnologiyalar».

UDEA‘ga kirish uchun maktabni tamomlaganlikni tasdiqlovchi attestatning o‘rtacha bahosi 4,5 bo‘lishi kerak. Agar undan past bo‘lsa, kirish imtihonlarida o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniyati mavjud.

Hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirish mumkin.

Telefon: (+998) 78-888-08-00.

Sayt

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanidagi Abdulqosim Eshon madrasasi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilishi oqibatida yodgorlikka 65,6 mln so‘m zarar yetkazilgan. Bu kabi holatlar Namangan va Andijon viloyatlarida ham sodir bo‘lgan. Bosh prokuratura ushbu faktlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/cultural-heritage/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7−28-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatrida “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik san’atkorlar, Italiya, Germaniya, Qozog‘iston va Rossiyadan taklif etilgan solistlar ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/festival/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida YTHga uchrab, vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Termiz aeroportiga olib kelindi va yashagan manzillariga yuborildi. Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga jarayonda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/flight/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

4-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🛩 Qozog‘iston prezidenti 5-aprel kuni O‘zbekistonga keladi.

🇰🇿 Qozog‘istonda 8 nafar o‘zbekistonlik YTHda vafot etgani bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.

🗳 “Hokim topshiriq berdi”. Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari ishi tekshirilmoqda.

🚐 Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda 2 kishi jarohatlandi.

🇹🇷 Turkiyadagi o‘zbekistonliklar tarmoqlardagi ekstremistik kontentlardan ogohlantirildi.

🔭 Toshkent shahri planetariysiga ta’mirlash va boshqa xarajatlar uchun 1,4 mlrd so‘m ajratildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyati murojaat yo‘llab, muassasada faol davolanishga muhtoj bo‘lmagan qiz borligi, ammo onasi uni olib ketmayotganini bildirdi. Oilaning ijtimoiy vaziyati o‘rganilib, onasi bilan uchrashildi va qiz yashash manziliga qaytarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/dispensary/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3-aprel kuni Tayvanda so‘nggi 25 yilda eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Orolning zilzilalarga moyilligi bor, ammo ularning 23 mln nafar aholiga ta’sirini zilzilalarga ko‘rilgan tayyorgarlik sabab kamaytirish imkoni topilgan. Tayvan buni qanday uddaladi — Reuters, AP va National Post hikoyalari.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/taiwan-quake/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov budjet taqchilligi bo‘yicha maqsadlarga erishish uchun fiskal qoidalarni kengaytirish va takomillashtirish, shuningdek, yangi qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini aytdi. “Bu yilgi asosiy masala — makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/ishmetov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 64-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa 8-o‘rinni qayd etdi. Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/fifa-ranking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mart oyida Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib, qo‘lga olingandi. Biroq ayblov tasdiqlanmagach, u qo‘yib yuborildi. Turkiyadagi bosh konsulxona ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik kanallarga kirmaslik, mutaassiblik ruhidagi nashida va ma’ruzalarni saqlamaslikni tavsiya qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/turkiye/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Abdurauf Abduqayumov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Odiljon Toxirov esa o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Azamat Abduraxmanov agentlikning texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasiga boshliq bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/uzstandard/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oq uy AQShning NASA kosmik agentligiga Oy va boshqa samoviy jismlar uchun yagona vaqt standarti ishlab chiqishni topshirdi. Bu Oy atrofidagi kosmik kemalar va sun’iy yo‘ldoshlar uchun vaqt etaloni bo‘lib xizmat qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/nasa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bir daraxtni ko‘chirish uchun 2 yil tayyorgarlik ko‘rildi”

Shahardagi istalgan qurilish muammolar keltirib chiqarmasligi uchun u haqda barcha ancha oldin xabardor bo‘lishi lozim. Shunda qurilish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi, qaysi daraxt ko‘chirilishi, qaysi kommunikatsiya tarmog‘i boshqa joydan o‘tkazilishi kabi masalalar tartibli, oson va, asosiysi, aholiga noqulaylik tug‘dirmasdan hal etiladi.

Urbanist Husan Mukimov “Gazeta.uz”ga Germaniyadagi tarixiy binolardan birining tashqi ko‘rinishini taʼmirlashga xalal berayotgan daraxt 2 yil davomida ko‘chirishga tayyorlangani haqida hikoya qilib bergandi. Mutaxassisning aytishicha, shaharda amalga oshiriladigan loyihalarda uzoq muddatli fikrlash imkoniyati bo‘lishi lozim. Deylik, 2026-yilda bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar haqida 2024-yildayoq barcha xabardor bo‘lishi kerak.

Agar suhbatni ko‘rmagan bo‘lsangiz, uning to‘liq variantini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=3mEcSjQS0UM

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Artdocfest Asia doirasida Ukrainadagi urush haqidagi “Sharqiy front” filmi namoyishi to‘xtatildi. Keyinroq festival direktori dasturning boshqa namoyishlari ham taqiqlanganini xabar qildi. Madaniyat vazirligi bunga tashkilotchilar belgilangan tartibda ruxsat olmagani sabab bo‘lganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/artdocfest-asia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayib, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Havo harorati +15…+18 darajaga tushadi. Yakshanba kuni esa quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat yana +20…+23 darajagacha ko‘tariladi, kechalari +7…+12 daraja atrofida bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xo‘jaobod tumanida Cobalt yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketishi sabab Damas bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki mashina haydovchisi shifoxonada vafot etdi. Hodisada yana bir mashina — “Moskvich”ga ham zarar yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati va Ozarbayjon iyul oyida Qozog‘iston hududida keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/training/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Juma tongida Qozog‘istonda, Toshkentdan 20 km shimoli-g‘arbda 3,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va viloyati aholisiga 2 balli darajada sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/05/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways Rossiyaga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilarga mamlakatda isiriq giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilganini eslatdi. Aviakompaniya fuqarolardan o‘zlari bilan bu o‘simlikni olmaslikni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/isiriq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bolalar shoiri Raim Farhodiy 82 yoshida vafot etdi. U bolalar uchun 50 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblar yozgan. Vafotigacha Yozuvchilar uyushmasi Rusiyzabon adabiyot kengashi raisi, “Buloqcha” jurnali bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/raim-farhadi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/tokayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanida 14 ta davlat tashkiloti 24,5 gektarni egallab turibdi. Bosh vazir va Toshkent hokimiga yirik developerlar uchun ularning o‘rnida savdo obyektlari qurish taklifini berish topshirildi. Shuningdek, Yevro-5 standartidagi mashinalar xarid qilishning yangi mexanizmlari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/yunusabad/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 5 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,07 soʻmga qimmatlab, 12 680,07 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident poytaxtning qadimiy qismida joylashgan, sayyohlik ko‘chasi barpo etilgan Gulbozor mahallasida bo‘ldi. Hudud kechayu kunduz faoliyat yuritishi va Shayxontohur tumanida tashkil etilayotgan “turizm halqasi”ning bir qismi bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/tourist-street/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov qator rahbarlarga Open Budget uchun ovoz yig‘ishda sustkashlik qilganini aytib, ularni “noinsof” deb atadi. “Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang, hammangni yo‘qotaman”, deya ta’kidlagan Istamovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/qiziltepa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал