gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino qurish reja qilinmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbusni bank rahbari kiritgan. Boshqa banklar rahbarlariga ham xuddi shunday loyihalarni amalga oshirishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/sqb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida “KamAZ” va 14 ta yengil avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi. Jarohat olgan 2 kishiga birinchi yordam ko‘rsatildi. Hodisa katta tirbandlikni keltirib chiqardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/road-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori bo‘ldi. U bu lavozimda 2015−2020-yillarda ham ishlagan. Yana bir sobiq vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova esa Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/appointments/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Andijon, Qashqadaryo va Toshkentda katta miqdorda pora olayotgan mansabdor shaxslarni ushladi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/pora/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tadqiqotchilar yonuvchanlikni kamaytirish uchun turli xil iste’mol mahsulotlariga qo‘shiladigan yonishdan saqlaydigan moddalar — antipirenlar saraton kasalligidan o‘lim xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini aniqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/flame-retardants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/comission/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Texnik xatolik tufayli pensiya oluvchilarning 3 foizi kartalariga pensiya o‘tkazish bekor qilingani haqida bildirishnoma olgan. Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki pullar qaytarilishiga ishontirdi. Barcha pensionerlar 5-aprelgacha pensiyasini oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/pensions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi.

🏗 Prezident Yangi Toshkentdagi binolar qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

📵 Noma’lum shaxslar teraktlar haqida chaqiriqlar yubormoqda, IIV yozishmalarga kirmaslik va 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.

💣 Toshkentda 2022-yilda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar 10 yildan 15 yilgacha qamalgani ma’lum bo‘ldi.

🏢 Toshkentning Amir Temur shoh ko‘chasidagi davlat muassasalari binolari biznes loyihalariga beriladi — prezident.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

💻 O‘zbekcha YouTube — 2024-yil martida: Xayrulla Hamidov, Hamid Sodiq, yana Ortiqxo‘jayev va Mirkomilboy.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube`dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Mart oyi sarhisobida millionlab ko‘rilgan videolar ham, e’tiborga molik yangi “tug‘ilgan” loyihalar ham bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/youtube-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi bilan tanishdi. U o‘tgan yili respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan edi. Joriy o‘quv yilida 145 nafar bola birinchi sinfga qabul qilingan. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/art-school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV noma’lum shaxslar tomonidan teraktlar uyushtirish uchun pul taklif etilayotgani haqida ogohlantirdi. Aholidan ularga hech qanday munosabat bildirmaslik, xabar yuboruvchilarni bloklash va 102 raqamiga xabar berish so‘raladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/messages/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotgan holda dunyoda eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi. 2023-yilda mamlakat oltin sotish bo‘yicha ikkinchi bo‘lgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/gold/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonga avtomobillar olib kirishni cheklash rejasiga izoh berdi. Agentlikning tushuntirishicha, “butun dunyoda shu narsa bor, faqat O‘zbekistonda ishlamayotgandi”. O‘zgarishlarni 1-apreldan joriy etish reja qilingandi, lekin ayni paytda hujjat loyiha holatida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/auto-import/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Buning uchun ularga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 4 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 34,48 soʻmga qimmatlab, 12 668,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov va xalq deputatlari kengashi tomonidan Toshkent shahri planetariysiga maketlar sotib olish, joriy ta’mirlash, yong‘in xavfsizligi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda kirish qismiga Planetariy so‘zini o‘rnatish uchun qariyb 1 mlrd 450 mln so‘m ajratildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/planetarium/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidentining aytishicha, xorijiy investorlar Yunusobod dehqon bozoriga 40 million dollar sarmoya kiritish va uni yer ostida ikki qavat, yer ustida olti qavatli bozorga aylantirishni taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bozor bir qavatli bo‘lgani uchun “dimiqib ketgan”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/yunusabad-bazar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shoxrux Daliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek Mahkamov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/edu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasida ikkita yuk mashinasi va ko‘p sonli yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — voqea joyida bo‘lgan “Gazeta.uz” muxbiri 15 ga yaqin mashinani sanadi. Markaz tomon harakat vaqtincha to‘xtab qoldi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bekobod tumanida eri bilan janjal vaqtida 5-qavatdan o‘zini tashlab vafot etgan ayolning eri ushlandi. Avvalroq uning qo‘shnilari ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/04/bekobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya IIV xorijliklarning mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini yil davomida 90 kungacha qisqartirishni, shuningdek, kirishda majburiy barmoq izlari va barcha migratsiya hujjatlari o‘rnini bosuvchi yagona shaxsiy guvohnoma joriy etishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda bahorning birinchi oyida ob-havo ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. Bir nechta sovuq to‘lqinlar ham kuzatildi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor darajasida, ba’zan undan ortib ketdi. Aynan mart oyida balandligi 4−25 smgacha yetgan qor yog‘di, ayrim joylarga sel kelib, hududlarni suv bosdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/march-weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi ilk inshootlar qurilishini boshlab berdi. Bu yerda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Adabiyot muzeyi quriladi. Davlat rahbari o‘z nutqida: “Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, — dedi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/yangi-toshkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Krokus siti holl"dagi teraktdan kamida ikki hafta oldin AQSh Rossiyani aynan shu konsert zali hujum uchun potensial nishon ekani haqida ogohlantirgan, deb yozdi Washington Post. Avvalroq Rossiya razvedka idoralari olingan ma’lumotlar juda umumiy bo‘lganini aytgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/crocus-city-hall/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari — halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Odamlar Toshkent hokimidan nima xohlaydi?

Bir yil avval – 2023-yilning martida Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan edi. 2024-yil 3-aprel kuni uning lavozimidan "vazifasini bajaruvchi" qo‘shimchasi olib tashlandi va u endi poytaxtning to‘laqonli hokimi.

Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” Toshkent ko‘chalarida quyidagi savollar bilan so‘rovnoma o‘tkazdi: odamlar poytaxtni bir yildan buyon boshqarib kelayotgan Shavkat Umurzoqovni taniydimi? Ular hokim ko‘proq qaysi muammolarni hal qilishini xohlaydi?

So‘rovnomani “Gazeta.uz”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilish mumkin.

Video: https://youtu.be/xq_QoUPthHo

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/terakt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jondor tumanida ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi. Hokimlik holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/bridge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Universal sug‘urta kompaniyasining ixtiyoriy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan litsenziyasi 2-aprelda bekor qilindi. Sug‘urta tashkiloti ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajaradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/universal-sugurta/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Yunusobod misolida aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini tushuntirdi. Toshkent shahri markazi va uning chekkasidagi mahallalar rivoji hamda aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovut katta ekanini ta’kidlab, hududga 600 mln dollar investitsiya jalb etish mumkinligini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/yunusabad-development/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал