gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tuman sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi uning vakolatini tugatdi va jinoiy javobgarlikka tortishni tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/judge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2024−2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabulini boshladi. Universitetda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish imkoniyati mavjud (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/kimyo-universitet/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident tadbirkorlarga Yunusobod tumanida loyihalar uchun bo‘sh joy topish qiyinligini aytdi. U Amir Temur shoh ko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obyektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/amir-temur-street/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev o‘z tavsiyasiga ko‘ra Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov haqida gapirdi. “Toshkentga hokim qo‘yish oson emas… Bir yil oldin Shavkat Umurzoqovga ishonch bildirgandik. O‘ylaymanki, azim poytaxtimizning biri ikki bo‘lishiga harakat qiladi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning “asosiy hamkorlari” o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi, dedi prezident. Uning qayd etishicha, Moskva viloyatidagi teraktdan so‘ng global vaziyat yanada jiddiylashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/terrorist-attack/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilning martidan buyon Toshkent shahri hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/shavkat-umurzoqov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi masjidlarda pul va telefonlar o‘g‘irlab yurgan erkak 6 yilga qamaldi. U pulni o‘z ehtiyojiga ishlatib, telefonlarni sotib yuborgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/masjid/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, Ruminiya, Ukraina, Fransiya va Shveysariyadan kelgan san’atkorlar chiqish qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/jazz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/migration/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining yangi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/shakhnoza-sultanova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📊 O‘zbekistonning 2023-yildagi eng ochiq va eng yopiq davlat organlari nomi ma’lum qilindi.

🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi.

✍️ O‘zbekistondagi eng yirik kompaniya — NKMKning 2 foiz aksiyalari Davaktiv balansiga o‘tkazildi.

🚌 Toshkent jamoat transportida naqd puldagi to‘lov 3000 so‘mgacha oshishi mumkin. Naqdsiz to‘lovlar esa 1700 so‘mligicha qoladi.

⚽️ “Bunyodkor” Rivaldo va Denilsonga to‘lanishi kerak bo‘lgan qarzdorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.

🚶🏻‍♂️ Uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish taklif etilmoqda.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Istanbulda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlandi. Yong‘in ta’mirlash ishlari vaqtida yuz bergan, hozirda uning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/istanbul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkent jamoat transportida naqd pul bilan to‘lov narxini 3000 so‘mgacha oshirish rejasi borligini aytdi. Bunda naqdsiz to‘lovlar miqdori 1700 so‘m holida o‘zgarishsiz qoladi. “Elektron to‘lovga o‘tishga harakat qilyapmiz. Aholini shu narsaga qiziqtiryapmiz”, — dedi vazir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/fare/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazir bilan piyoda gurung: Toshkent, ekologiya va oʻzgarishlar haqida

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Avtomobilsiz kun” doirasida Toshkent shahrida oʻz uyidan to ish manziliga qadar piyoda bordi.

Unga “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonov hamrohlik qilib, poytaxt yoʻl infratuzilmasi, ekologiya va boshqa mavzularga oid savollarga javob oldi.

Vazirning taʼkidlashicha, ekologiya, mamlakat xavfsizligi va kelajagi kabi masalalar faqat hukumatni emas, balki butun jamoatchilikni qiziqtirishi kerak boʻlgan masaladir. “Misol uchun, daraxt ekish va uni parvarishlash birgina hukumatning ishi emas, buni umummilliy harakatga aylantirishimiz zarur”, - dedi u.

Sherzod Shermatov bilan intervyuni toʻliq shaklda “Gazeta.uz”ning YouTubeʻdagi sahifasida koʻrish mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=5RDbdomsEqE&t

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar Soliq kodeksining “qotil” nomini olgan 227−1-moddasini o‘zgartirish bo‘yicha qonunni qabul qildi. Bu modda yuzasidan jarima chorakdagi sof daromadning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi. Ma’lum bo‘lishicha, modda bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq tadbirkor jarimaga tortilgan va 700 mlrd so‘m jarima solingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/tax-code/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Toshkentning yer o‘ta cheklangan sharoitida bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarur”, — dedi prezident. U yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish imkoniyatlari haqida gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/markets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda umumfoydalanishdagi yo‘llarni ta’mirlash ishlariga xususiy sektor autsorsing asosida jalb qilinadi, deya ta’kidladi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov. “Ekspluatatsiya bo‘yicha standartlarimiz eskirib ketgan. Bu esa mablag‘larning samarasiz ishlatilishiga yo‘l ochadi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/private-sector/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bandlik vaziri Behzod Musayev eng kam ish haqi 1500−3000 dollarni tashkil etuvchi rivojlangan mamlakatlarda mehnat resurslariga talab yuqori ekani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi mehnat migratsiyasi O‘zbekiston fuqarolariga yangi kasb va standartlarni o‘rganish imkoniyatini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/migrants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanidagi bog‘chada yig‘lagan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning qo‘llarini qo‘kartirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ayolning harakatlarini “nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan” deya atadi. Ishni prokuratura o‘rganmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/kindergarten/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining 86 ta tumanidagi 841 kilometr yo‘llar sement-beton qoplama bilan yangidan qurilishi bo‘yicha loyihani ma’qulladi. Bunga Osiyo taraqqiyot bankidan 240 mln dollarlik qarz mablag‘i yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/roads/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi vazirlik.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/tiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tayvanning sharqiy qirg‘og‘ida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Birozdan so‘ng 6,5 magnitudali yana bir zilzila qayd etildi. Zilzila Tayvandagi so‘nggi 25 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchlisi ekani ma’lum qilindi. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/tayvan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Avtomobilsiz kun”da “Gazeta.uz” jurnalisti RTV rahbari Sherzod Shermatov bilan uning ish joyigacha piyoda bordi. Vazir ko‘proq piyoda yurishni xohlashini aytdi. Toshkentni “zo‘r shahar” deb atagan vazir muammolarni tez sur’atlardagi rivojlanish bilan bog‘ladi va ularni birgalikda hal qilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/sherzod-shermatov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch tumanida ikki shaxs o‘zaro nizoni guruh-guruh bo‘lib janjallashish orqali hal qilishga uringani aniqlandi. DXX va IIB tadbirida to‘qnashuv to‘xtatib qolindi. 9 kishi JK, 6 kishi MJTK moddalari bo‘yicha qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/fight/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Brand Finance tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekistondagi eng qimmat brendlar” reytingida ANORBANK 16 mln AQSh dollari qiymati bilan yettinchi o‘rinni egalladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/03/anorbank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol 5-qavatdan qulab vafot etgandi. U eri tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchragani aytilgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan JKning “homilador ayolni o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash” qismi bilan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/suicide/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z balansiga O‘zbekistondagi eng yirik kompaniya — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2 foiz aksiyasini oldi. O‘tgan yillarda kompaniyani qisman xususiylashtirish rejalari haqida xabar berilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/nkmk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida 1-apreldan boshlab Sixt Uzbekistan brendi ostidagi taksi xizmati faoliyat boshladi. Bu ushbu aeroportdagi Taxi Airport Tashkent`dan keyingi ikkinchi rasmiy taksi hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/taksi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3−8-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli 9 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/snowdrift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning deyarli barcha tumanlarida 15-aprel-20-may kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/suv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал