gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 3 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,48 soʻmga arzonlab, 12 633,52 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunga ularni “xorijiy vakillar” deb e’lon qilishga ruxsat beruvchi o‘zgartirishlarni imzoladi. U qonun “mamlakatga foyda keltirishi”ni aytdi va bunday tashkilotlar “ta’qib qilinmasligiga” va’da berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Tinkoff” ilova orqali bir nechta klikda O‘zbekiston va Rossiyaga chiptalarni foyda bilan xarid qilishingiz mumkin.

Chiptalarni ilova yoki “Tinkoff” saytida tez va qulay usulda xarid qilish imkoniyatini boy bermagan maʼqul. Shuningdek, MNE500 va DRUGU500 promokodlar bilan chiptalarni xarid qilish uchun o‘zingiz va do‘stingizga 500 rubl chegirma olishingiz mumkin.

Promokod 30-iyungacha amal qilinadi. “Tinkoff” sayti orqali chiptalarni xarid qilish qulayligi esa — doimo siz bilan birga.

Batafsil maʼlumotni va chiptalarni ushbu havola orqali topish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson bilan yangi kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi. Qarz Denilsonga 2026-yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028-yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/bunyodkor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi O‘zbekiston davlat drama teatrida ta’mirlash ishlari sababli bir muddat tomoshalar o‘tkazilmaydi. Ijodiy jamoa ko‘chma spektakl va gastrol safarlarini davom ettiradi. Avvalroq “Gazeta.uz” sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan mazkur tomoshagoh haqida maqola e’lon qilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/closed/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/samarkand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-aprel kuni AGTKSHlarda metan 3800 so‘mdan sotildi, bu belgilangan chegara, ya’ni 3350 so‘mdan yuqori. Energetika vazirligi iste’molchilar shoxobchaga chek bilan qaytib, ortiqcha to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/metan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Durdona Rahimova Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bunga qadar sport vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/durdona-rahimova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikni binolardagi himoya va asrab-avaylashga muhtoj mozaika va pannolar haqida xabar berishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/mosaics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📉 Martda yillik inflyatsiya 7,89 foizgacha sekinlashdi. Bu — 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich.

⛽️ Energetika vazirligi — gaz “zapravka”laridagi oshirilgan narxlar haqida.

🚌 Har bir haydovchini o‘qityapmiz, eng yuqori toifadagi haydovchilar boshqalarni o‘qitadi — transport vaziri.

💵 Budjetdan ajratiladigan subsidiyalar 5 baravar ko‘paydi, ularning 76 foizi energetika va geologiya-qidiruv ishlariga yo‘naltirilgan.

💼 Davlat organlari, sudlar va mahallalarni saqlash xarajatlari 24,5 foizga oshdi.

🇹🇷 Turkiyadagi mahalliy saylovda muxolifat partiyasi g‘alaba qozondi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil yakuniga ko‘ra, davlat organlari, adliya, prokuratura va sudlar, shuningdek, mahallalarni saqlash va NNTlarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 24,5 foizga oshib, 17 trillion so‘mni tashkil etdi. 2024−2025-yillarda ham ularni saqlash xarajatlarini oshirish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/maintenance-of-officials/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 2 yil ichida 5 baravarga — 5,63 trln so‘mdan 29,25 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) oshdi. 18 trln so‘m gaz sotib olish va sotish o‘rtasidagi farqni qoplashga, 1,02 trln so‘m geologiya-qidiruv ishlariga sarflangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/subsidy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrisabz shahrida faxriy sambochi To‘ra Avloqulov qo‘lbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Unga kafeda mast holdagi tanishi 50 ming so‘m ortidan kelib chiqqan janjal sabab o‘q uzgan. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochmoqchi bo‘lganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/shakhrisabz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Solixon domla Ortiqxo‘jayev mayda bezorilik va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi. U uyiga IIO xodimlari kelganida “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilib, o‘tib ketayotgan fuqarolarning tinchini buzgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/solixon-domla/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiyadagi munitsipal saylovda 20 yil ichida ilk bor muxolif partiya g‘olib bo‘ldi. Barcha yirik shaharlar, jumladan, Anqara va Istanbulda muxolifat nomzodlari g‘alaba qozondi. Prezident Erdo‘g‘an partiyasi mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi va xalq irodasini e’tiborsiz qoldirmaslikka va’da berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/turkiye-elections/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil Damashqdagi Eron konsulligiga raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yetti a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘ldi. Tehron “keskin javob” bo‘lishini va’da qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/airstrike/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlarining 2023-yildagi ochiqlik indeksi natijalarini e’lon qildi. Statistika agentligi, OKMK, Markaziy bank, Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi eng yaxshi natijalarni qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/openness-index/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘azodagi havo hujumida World Central Kitchen oziq-ovqat tashkilotining yetti xodimi halok bo‘ldi. Tashkilot bunda Isroilni aybladi, ammo Isroil armiyasi zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. WCK sektordagi ishini to‘xtatmoqda. G‘azoning 300 mingga yaqin aholisi yaqin orada ochlikdan o‘lim topishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/world-central-kitchen/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun Toshkentda prezident va ichki ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalar joriy etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/china/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi 5000 so‘mga qimmatladi. Bog‘ ma’muriyati buni hayvonlarni parvarishlash xarajatlari va kommunal xizmatlar narxi ortgani bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/zoo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar vazirligi uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish ko‘zda tutilgan qaror loyihasini e’lon qildi. Braslet shaxslarning oyog‘iga taqiladi. Bu amaliyotni 2024-yilda bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/braslet/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Seshanba kuni ta’mirlash ishlari tufayli poytaxtning Sergeli (10:00 dan 18:00 gacha) va Yangihayot (14:00 dan 17:00 gacha) tumanlaridagi ayrim joylarda gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rustam G‘afurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/02/kitob/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘n minglab odamlar Tel-Aviv va Quddus ko‘chalariga chiqib, Isroilda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish va HAMAS garovidagilarni ozod qilishni talab qildi. Bu namoyishlar G‘azo urushi boshlanganidan beri mamlakatdagi eng yiriklari bo‘ldi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlardan foydalandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/israel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning uchta viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida metanning 3800 so‘mdan sotilishi holatlari qayd etildi, bu belgilangan 3350 so‘mlik limitdan yuqori hisoblanadi. “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tushuntirish ishlari o‘tkazilib, metan gaz maksimal narx doirasida sotilishi ta’minlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/metan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2021-yildan beri Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Iskandar Qutbiddinov ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/min-ecology/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX Navoiy va Jizzax viloyatida reyd o‘tkazib, fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ulardan biri Meksika davlati orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarodan 14 ming dollar pul talab qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/way-to-america/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 2-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 16,95 soʻmga qimmatlab, 12 645,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kinorejissor Sarvar Karimov “Gazeta.uz"ning “Mifonomika” loyihasida mehmon bo‘lib, soliq to‘lovchilarning pullarini kino sohasiga ajratish qanchalik o‘rinli ekani haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Davlat “30 yil shu narsani qilib ko‘rdik, demak, boshqacha yondashuv kerak”, deyishga kuch topa olishi lozim, deydi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/cinema/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DEG korporatsiyasi va Davr Bank 23,5 mln dollarlik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Hamkorlik maqsadi kichik va o‘rta biznes subyektlarining loyihalari hamda ekologiyani saqlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/davr-bank/

Читать полностью…
Подписаться на канал