gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi darajasi 7,8 foizga — 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizga kamaydi. Bolalar kambag‘alligining eng past darajasi Navoiy viloyati va Toshkent shahrida, nisbatan yuqori darajasi esa Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/child-poverty/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent IIBB firibgarlikning yangi turidan ogoh etdi. Bunda noma’lum shaxs qariyalarga qo‘ng‘iroq qilib, ularga o‘zini qizi yo nevarasi deb tanishtiradi va YTHga uchraganini aytadi. Telefonni soxta tergovchi olib, hodisaga qariyaning yaqini sababchiligini bildiradi va qamoqqa olmaslik uchun pul so‘raydi. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/phone-fraud/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Martda 0,7 foizlik inflyatsiya qayd etildi. Yillik inflyatsiya 7,98 foizgacha sekinladi, bu — 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich. Statistika agentligiga ko‘ra, go‘sht narxi 5 oydirki pasayib bormoqda, sut, shakar, un, kartoshka, piyoz, sabzi qimmatlashgan. Benzin, temiryo‘l va havo transporti narxlari oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/inflation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport vaziri Ilhom Mahkamov haydovchilarni o‘qitish uchun Germaniyadan “50 yillik stajga ega” haydovchilar, Moskvadan esa instruktorlar olib kelinganini aytdi. “Har bir haydovchini o‘qityapmiz. Ularni toifalarga bo‘lamiz, eng yuqori toifadagilariga boshqalarni o‘qitish huquqi beriladi”, — dedi vazir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/driver-training/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi yengil avtomobillar uchun metanning eng baland chakana narxini ikki oyga uzaytirdi. Bir kubometr uchun maksimal narx 3250 so‘mdan 3350 so‘mgacha oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/31/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-apreldan O‘zbekistonda avtomobillar importi tartibi kuchaytirilishi, muvofiqlik sertifikati boshqa shaxs nomiga berilgan bo‘lsa, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish taqiqlanishi kutilmoqda. O‘zgarishlar haqida rasmiy xabar berilmadi. Rasmiy dilerlar orqali sotish tartibi ham tiklanishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/31/auto-import/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farzand tug‘ilgandagi suyunchi puli hammaga ham berilavermaydi, ayrim yolg‘iz keksalarga poyezdga bepul chipta taqdim etiladi, “to‘siqsiz” mehmonxonalarga subsidiya ajratiladi, gazli va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi, QQS bo‘yicha ba’zi imtiyozlar bekor bo‘ladi — 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/31/april-changes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Venetsiyadagi 60-zamonaviy san’at biyennalesida o‘zbekistonlik rassom Aziza Qodiriy va Qizlar Collective ijodiy guruhining “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” (Don't Miss the Cue) ko‘rgazmasi namoyish etiladi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, loyihada ayollar hikoyalariga e’tibor qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/31/exhibition/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja — 59 trln so‘mni tashkil etib, avvalgi yillardagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘ldi. O‘tgan yil oxirida hukumat xarajatlar chegarasini ushlab turolmagani sababli parlament orqali limitni oshirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/30/budget-deficit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qildi. Hujjatda bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘lishi, xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/30/telecommunications/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qanday qilib yaxshi dam olish mumkin?

Hozirgi shiddatli dunyoda biz dam olishga deyarli e’tibor bermaymiz, aksariyat hollarda hordiq chiqarishni ishlash tushunchasiga qarama-qarshi holat deb fikrlaymiz. Aslida esa dam olish ham xuddi mehnat kabi muhim.

Yaxshi dam olish nega bunchalik muhim? Buning ishga qanday ta’siri bor? Biz dam olish va ishlash o‘rtasidagi balansni qanday qilib to‘g‘ri ushlashimiz mumkin?

“Gazeta.uz” toʻrt kunlik ish haftasi targʻibotchisi Aleks Suchjon-Kim Panning Psyche saytida eʼlon qilingan “Qanday qilib yaxshi dam olish mumkin?” maqolasini oʻzbek tilida takror havola etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/02/04/rest/

Nazarbek Nazarov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatda tramvay orqali birinchi navbatda “eski” Toshkent bilan Yangi Toshkent bog‘lanishi, shuningdek, poytaxt ichida tramvayni qaysi yo‘nalishlarga qo‘yish masalasi ustida ishlanayotganini aytdi. U tramvayni “nihoyatda kerakli infrastruktura” deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/30/tram/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon — Islom dunyosida orziqib kutiladigan muqaddas oydir. Musulmonlar Ramazon sharafiga fonuslar yoqadi, iftorlik va ibodat uchun jamlanadi, bolalar esa Ramazon qo‘shiqlarini kuylaydi. “Gazeta.uz” dunyo musulmonlarining Ramazon bilan bog‘liq ana shunday o‘ziga xos an’analarini bir materialga jamladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/ramazon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚌 Vazirlar va boshqa amaldorlar — avtobus va metroda. Toshkentda “Avtomobilsiz kun” qanday o‘tdi?

🚫 Prezident IIV va Milliy gvardiyaga ehtimoliy teraktlarning oldini olish choralarini ko‘rishni topshirildi.

👮‍♂️ Toshkentdagi odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda — foto.

⚽️ O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng maydonga yugurib chiqqan muxlislar jazolandi, O‘FA ham jarimaga tortildi.

🇷🇺 Rossiyada “Krokus”dagi teraktni oqlab chiqqan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🥣 Ezgu niyatlar taomi. Qishloqda pishirilgan sumalak haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Avtomobilsiz kun"da bir qator amaldorlar ishga jamoat transportida keldi. Transport vaziri — avtobusda, ekologiya vaziri — metroda, Bojxona qo‘mitasi raisi — velosipedda, raqamli rivojlanish vaziri va MB raisi esa piyoda harakatlandi. Sport vazirligi rahbari uzoq vaqt davomida “zebra"dan o‘ta olmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/day-without-auto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda mashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan ayolning qaddi-qomatini tavsiflab, oyog‘ini ushlagan 30 yoshli haydovchi 5 sutkaga qamaldi. Sudda haydovchi “skorost”ga urayotganida qo‘li ayolning oyog‘iga tegib ketganini aytgan. Ayol esa suhbatni yozib olganini bildirgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi. Marhuma eri tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda. Unga uch marta himoya orderi berilgan. Qo‘shnilar ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/suicide/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 2−3-aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. So‘ngra harorat kechasi +5…+10, kunduzi +18…+25 darajagacha ko‘tariladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanidagi Seul ko‘chasida Nexia va 2 ta Cobalt ishtirokida YTH yuz berdi. Ikki haydovchi jarohatlangani uchun shifoxonaga olib ketildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/01/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-apreldan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar 68 baravar (34 ming so‘mdan 2,32 mln so‘mgacha), elektromobillar uchun esa 15 baravarga oshadi. Ichki ishlar vazirligining bu bo‘yicha buyrug‘i to‘lovlar miqdori oshishidan bir kun oldin qabul qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/31/registration/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tuproqqal’a tumanida Cobalt haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolishi sababli o‘zidan oldinda ketayotgan Isuzu yuk mashinasiga urildi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi, mashina salonida bo‘lgan ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/31/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avtomobillar uchun ekostikerlar nafaqat Toshkentda, balki O‘zbekistonning barcha hududlarida joriy etiladi. Ekodiagnostika 1-iyundan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Aksariyat mashinalar uchun stikerlar bepul bo‘ladi. Ekozonalarga kirish uchun kompensatsiyalar va jarimalar joriy etiladi. Yangi qaror tafsilotlari.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/31/eco-stickers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda “zararli” toifadagi avtomobillarni “toza” toifadagi avtomobillarga almashtirish uchun subsidiya berish rejalashtirilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur tashabbusni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/31/subsidy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda sudyalarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi unga nafaqat o‘ta og‘ir, balki og‘ir jinoyat aybi qo‘yilganda ham qo‘llanishi mumkinligi belgilanmoqda. Senat tegishli o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Normadan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish ekani aytildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/30/judge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 1-apreldan 31-maygacha, shuningdek, 15-apreldan may oyi oxirigacha issiq suv ta’minotida ikki va to‘rt kunlik uzilishlar bo‘lishi reja qilinmoqda. Shu kunlarda issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi. Jadval yangilanib boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/30/heat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ANORBANK oilaviy qadriyatlarga bag‘ishlangan reklama kampaniyasini taqdim etdi

ANORBANK‘ning yangi reklama kampaniyasi deyarli har bir oila duch keladigan kundalik muammolarga bag‘ishlangan video roliklardan iborat. Bu muammolarning tezkor moliyaviy yechimi sifatida bank 100 mln so‘mgacha bo‘lgan onlayn mikroqarzni taklif etmoqda.

ANORBANK ilovasiga ish haqi kartasi kiritilganida, asosiy stavkaga 10% chegirma olish omkoniyati bor.

Batafsil maʼlumotni tunu kun xizmat ko‘rsatuvchi aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib bilib olish mumkin: 1290.

Ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birinchi chorakda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6 foizga, sanoat esa qariyb 10 foizga o‘sadi, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. U korxonalarning debitor qarzdorligini kamaytirish va xarajatlar asossiz o‘sishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/30/gdp/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ezgu niyatlar taomi. Qishloqda pishirilgan sumalak haqida fotohikoya

Sumalak — oʻziga xos marosimlari bor, pishirilishi oson boʻlmagan taom. Shu bois qishloqlarda uni bir necha oila jam boʻlib tayyorlaydi. Farzandlari oʻqishga kirishi, uyida gaz, yurtda esa tinchlik boʻlishini niyat qilib, qozon kavlaydi. Fotomuxbirimiz Xolida Musulmon qishloqda tayyorlangan sumalak haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/sumalak/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Baxtiyor Mamatkarimov esa vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Azizxo‘ja Qobilov ham Energetika vazirligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/minenergy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/president/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал