gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avtobusda transport vaziri bilan suhbat: Jamoat transportini rivojlantirish, tariflar va tramvayning qaytishi haqida

Toshkentda 29 mart kuni “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu jamoatchilik loyihasini o‘tkazish prezidentning fevral oyidagi farmonida ko‘rsatilgan, unga ko‘ra vazirlik va idoralar, hududiy hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatishlari belgilangan edi.

Shu kuni davlat organlarining ko‘plab rahbarlari va mas’ullari ish joyiga jamoat transportida, velosipedda yoki piyoda keldi. Xususan, transport vaziri Ilhom Mahkamov Prezident administratsiyasida bo‘ladigan yig‘ilishga avval 151-avtobusga chiqib, so‘ng 1-avtobusga o‘tib, bir soatda yetib bordi. Yo‘lda unga “Gazeta.uz” muxbiri hamrohlik qildi.

Transport vaziri avtobusda bergan intervyusi davomida jamoat transportini rivojlantirish rejalari, tariflar masalasiga to‘xtaldi, shuningdek, Toshkentga tramvayni qaytarish imkoniyatlari haqida mulohazalarini bildirib o‘tdi. Vazir Mahkamov bilan bo‘lgan suhbatni “Gazeta.uz”ning YouTube'dagi sahifasida ko‘rish mumkin.

Video: https://youtu.be/63-Hw0YfouM

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oltita kinopremyera, spektakllar, multimedia ko‘rgazmasi, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar va aksiyalar, sirk tomoshalari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qildi va 9,6 mln dollarlik elektr energiyasi tranzitini amalga oshirdi. Shuningdek, tashkilot yil davomida magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasi uzatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/electricity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tibbiyot — O‘zbekistondagi og‘riqli mavzulardan. Xorijda-chi, u yerda ahvol qanday? Tibbiyot bepulmi yo pulli? Shifokorlar malakasi qanday? Tomog‘i og‘rigan odamga muzqaymoq yeyish tavsiya etilishi rostmi? Dori-darmon bilan bog‘liq vaziyat qanaqa? “Gazeta.uz” shu kabi savollar bilan xorijdagi vatandoshlarga yuzlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/medicine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq havo bilan boshlanadi. Birinchi o‘nkunlikda harorat kunduzi +18…+23 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarda kunduzgi harorat +13…+18 dan +25…+30 darajagacha o‘zgarib turadi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yoriy bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/april/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2013-yildan beri Regbi federatsiyasiga raislik qilib kelayotgan Sodiq Safoyev ushbu lavozimga qayta saylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/rugby-federation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/football-penalty/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi. Bunda aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini saralab, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/chiqindi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Ular sog‘lom bo‘lsa-da, navbatma-navbat nogironlik aravachasida o‘tirib tilanchilik qilib yurgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/tilanchilik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktabrgacha ta’lim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini ta’minlagan holda “Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari va ta’lim talablarining ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/glossary/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kaliforniya universiteti (AQSh) yangi tadqiqotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi oqibatida qutb muzliklarining erishi Yerning aylanish tezligiga ta’sir qilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, global vaqt hisobini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/timekeeping/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Yashil makon” doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindi bilan ishlash tizimiga javobgar 30 nafar mas’ul jazolandi. 4 ta tuman hokimi o‘rinbosarlari ishdan olindi. Qolganlariga hayfsan berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/penalty/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevroittifoqning Toshkentdagi delegatsiyasi 31-martdan boshlab Bolgariya va Ruminiya Shengen hududi tarkibiga kirishini bildirdi. “Shengen YIning eng qimmatbaho gavhari bo‘lib qolmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, — dedi YI elchisi Sharlotta Adrian.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/schengen/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fevral oyida MTRK raisligidan ketgan Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Umid qilamizki, u erishilgan muvaffaqiyatlarning yanada oshishi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda bor kuch, bilim va tajribasini sarflaydi”, — deb yozdi madaniyat vaziri.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/alisher-khodjaev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fitch agentligi O‘zbekiston bank sektoridagi o‘sishni qayd etdi — urg‘u ko‘proq bozorga asoslangan yondashuvga ko‘chgan. Ammo tashkilot, shuningdek, chuqur tuzilmaviy zaifliklar va yangi risklar tufayli keyingi yaxshilanishlarga erishish uchun ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin, deb hisoblaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/fitch/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Oltoy o‘lkasida O‘zbekiston fuqarosi Moskvadagi “Krokus Siti Holl”da sodir etilgan terakt haqida omma oldida aytgan fikrlari uchun terrorizmni oqlaganlikda ayblanib, qamoqqa olindi. Unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/russia-arrest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Sharqning ilk qaldirgʻochi”. Tamaraxonim uy-muzeyidan fotoreportaj

29-mart kuni professional oʻzbek raqsi asoschilaridan biri Tamaraxonim tavalludiga 118 yil toʻldi. Bir yil avval “Gazeta.uz” xonimni xotirlash maqsadida uning Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan uy-muzeyida boʻlgan edi. 

Tamaraxonim bu uyga 1981-yilda koʻchib kelgan. Raqqosaning vafotidan 3 yil oʻtib, 1994-yili uy muzeyga aylantirilgan. Yiliga 2 mingdan ortiq tashrifchi keladigan, 6 mingdan ortiq eksponati bor muzey ikki zal, ikki dahliz, xonim yashagan uyning mehmonxona, yotoqxona, oshxonasi hamda hovlidan iborat.

Devorlari 2017-yilda qisman taʼmirlanganini aytmasa, uyda xonimning oʻzi yashagan davrdagiga nisbatan biror oʻzgartirish yoʻq. Bu uy-muzey Tamara Petrosyanning sanʼatga kirib kelishidan tortib to dunyo tanigan Tamaraxonim boʻlgan davrigacha boʻlgan xotiralarni oʻzida jamlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/02/tamarakhanum-museum/

Ziyoda Ramazonova, Madina Aʼzam

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda ISHID va “Krokus siti holl” konsert zaliga hujum qilganlarga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar shaxsni qo‘lga oldi. Teraktda jarohatlanganlar soni 380 nafardan ortdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/krokus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 1 apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,96 soʻmga qimmatlab, 12 628,05 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri IIBB xodimlar savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlar, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazir Shermatov bilan “Avtomobilsiz kun”

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 29-mart, juma kuni oʻtayotgan “Avtomobilsiz kun” doirasida Toshkent shahrida oʻz uyidan to ish manziliga qadar piyoda bordi.

Unga hamrohlik qilgan “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonov vazir bilan yoʻl infratuzilmasi, ekologiya hamda uning oʻz faoliyati yuzasidan suhbatlashdi.

Tafsilotlarni kun davomida video shaklida taqdim etamiz.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyatida prezident bilan iftorlik paytida uchrashgan 108 yoshli nuroniy Ibrohimjon Xo‘jayevga davlat rahbari tomonidan Traverse avtomobili sovg‘a qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/traverse/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26−28-mart kunlari “Oziq-ovqatlar mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari UzFood-2024” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Moskvaning 16 ta ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini taqdim etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/made-in-moscow/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 mln so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Yer tayyor qilinib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/obodonlashtirish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShning Michigan shtatida o‘tkazilgan professional boks oqshomida Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertasni 1-raunddayoq mag‘lub etdi. Sportchi uni IBA kamari uchun jangda mag‘lub etgan avvalgi raqibi Sabriel Matiasdan revansh jangini so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/shohjahon-ergashev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni +17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident maktab ta’limini rivojlantirishga oid rejalar bilan tanishdi. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar mahoratini oshiruvchi “Fan kengashlari” tuziladi, kelasi yildan 14 maktabda fanlar ingliz tilida o‘qitiladi, o‘quvchilar bilimini baholashning shaffof va xolis tizimi joriy qilinadi, bolalarga baxshichilik o‘rgatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/quality-of-education/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Forish tumanida mast holda bo‘lgan Nexia 2 haydovchisi yo‘l chetidagi 20 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketdi, yigit shifoxonada vafot etdi. Marhum Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/29/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇷🇺 O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirilmoqda.

🫰 Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi.

⚡️ Kuchli shamol oqibatida Toshkent viloyatidagi 12,5 mingta iste’molchi elektrsiz qoldi.

👨‍👩‍👦‍👦 O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m talab etiladi — Statistika agentligi.

🇨🇳 Prezident Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hukumati rahbarini qabul qildi.

🚚 UzAuto Motors Labo uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Latviya tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh bosh vazir bo‘lgan vaqtida budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro tufayli o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi. U bosh vazirlik paytida 32 marta shaxsiy samolyotlarda chet el safarlariga borgan va bu budjetga 613 ming yevroga tushgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/latvia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал