gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati xalq hukumati raisi Erkin Tuniyazni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston viloyatlari va SHUAR o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xitoy bilan o‘zaro savdo hajmining qariyb 10 foizi ushbu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/talks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda aholi ro‘yxatini o‘tkazish uchun oldindan 800 mlrd so‘m talab etiladi, deya ma’lum qildi Statistika agentligi. Tadbir 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi reja qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/census/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors 29-mart kuni Labo avtomobili uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilishini ma’lum qildi. Kompaniya narxlar o‘zgarishsiz qolishini alohida ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/labo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sariosiyo tumanida 41 yoshli ayol boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urildi. YTH ortidan avtomobilda yong‘in yuz berdi, oqibatda ayol va uning ikki bolasi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinadagi ayolning qarindoshi va yana bir farzandi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kuchli shamol tufayli Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chdi. Oqibatda Toshkent viloyatidagi 12,5 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Chilonzorda daraxt qulab tushgani sababli gaz quvuri uzilib, 768 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi Temur Malik ko‘chasining (halqa yo‘li) “Lokomotiv” istirohat bog‘i yaqinidagi qismida 28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 6:00 ga qadar transport harakati to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/road/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda startaplar uchun imkoniyatlar: WeRise akseleratorining boshlanishi

O‘zbekiston FinTech assotsiatsiyasi The Stirling Foundation bilan WeRise akseleratorini ishga tushirganligini eʼlon qildi. Quyidagi sohalarda startaplar qabul qilinadi:

— FinTech;
— EdTech;
— Cleantech;
— Climate Tech.

17-19 aprel kunlari uch kunlik BootCamp, 25 aprelda esa xalqaro investorlar bilan uchrashuv o‘tadi.

10 ta g‘olib 1500 dan 15 ming AQSH dollarigacha moliyaviy yordam oladi.

WeRise‘da ishtirok etish uchun arizalarni 10 aprelgacha topshirish mumkin. Tadbir ingliz tilida o‘tadi.

Investor‘s Day‘ga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Psixolog va iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/daniel-kahneman/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva avtomobilining narxi tuman hokimlari uchun belgilangan limitdan yuqori ekanini aniqladi. Avtomobil Surxondaryo viloyati hokimligi balansiga o‘tkazildi. Sobiq deputat Rasul Kusherbayev bu muammoning yechimi emas, deb hisoblamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/captiva/

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/car-free-day/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo‘yicha jamoat transportini boshqarishning intellektual tizimi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/intellektual-tizim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdan Namangan, Farg‘ona va Andijon shaharlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi. Shu munosabat bilan Transport vazirligi ochiq tender o‘tkazilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/mikroavtobus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14-aprel kuni Toshkentdagi Aloqa tarixi muzeyida xalqaro postkrosserlar yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Tadbir arafasida UzPost postkrossing faoliyati, uning O‘zbekistonda rivojlanishi va qanday qilib postkrosser bo‘lish mumkinligi haqida hikoya qiladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/uzpost/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich to‘rt va undan yuqori tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylari, maktablar yaqini va boshqa joylarda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralarni o‘rnatish boshlanadi. Hukumat avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘rnatish tartibi va talablarini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/cameras/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi yangi yirik hujumni boshlashi mumkin, Kiyevning unga bardosh bera olish qobiliyati esa bir yil avvalgiga nisbatan “ishonchsizroq ko‘rinmoqda”, deb yozdi Economist. Ukraina zudlik bilan ko‘proq qo‘shin mobilizatsiya qilishi va ishonchli mudofaa chizig‘i qurishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/war-in-ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatning ellik birinchi yalpi majlisi 30-mart kuni o‘tkaziladi. Unda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, sud faoliyati yuzasidan va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/senat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon banki O‘zbekistondagi gender holati bo‘yicha hisobotining asosiy xulosa va tavsiyalarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, agar ayollar iqtisodiy hayotda erkaklar bilan teng ishtirok eta olsa, O‘zbekiston yalpi milliy daromadi (YMD) taxminan 29 foizga oshishi va 700 mingdan ortiq odam kambag‘allikdan chiqishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/world-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SQB yillik 23% gacha daromadli FOYDA omonatini taklif etadi

FOYDA omonatida foizlar har kuni hisoblanadi hamda omonat muddatidan oldin yopilsa ham foizlar to’lanadi. Eng kam badal miqdori — 500 ming so‘m.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimovni jinoiy daromadlarni legallashtirishda gumonlab qo‘lga oldi. Sobiq amaldor Bokudan Bishkekka ekstraditsiya qilindi. Matraimovning “qonundagi o‘g‘ri”, marhum Qamchi Ko‘lboyev bilan aloqasi bo‘lgani da’vo qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/raimbek-matraimov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi “Andijon” — “Bunyodkor” o‘yinida raqibini “hazillashib” tepgan Usmonali Ismonaliyevni (Bunyodkor) 2 ta o‘yinga chetlashtirdi. Jamoadoshini zarbadan so‘ng yiqilishga majburlagan Farhod Bekmuratovga ham (Andijon) jarima qo‘llandi. Holat videosi tarmoqlarda millionlab marta ko‘rildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba tongida boshlangan kuchli shamol chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi. Joylarda daraxtlar qulab, mashina va obyektlar ustiga tushmoqda, elektr simlariga zarar yetyapti. FVV kuchli shamol vaqtida ko‘rilishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi. Video, foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/wind/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Angren shahrida 2008-yilda tugʻilgan oʻsmir oʻzidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni oʻldirib qoʻydi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/28/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

27-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

♻️ AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechmoqda — “Rosatom”.

🇷🇺 Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda.

📷 1-iyuldan maktablar va piyodalar o‘tish joylari oldida maxsus kameralar o‘rnatish boshlanadi.

🚶🏻‍♂️ 29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi.

🚌 “Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida.

🇺🇸 Prezident AQSh delegatlari bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/digest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollarga (+10,5 foiz) yetdi. 2,66 mlrd dollarni tashkil etgan import va eksport o‘rtasidagi farq fevralda 1,3 mlrd dollarlik oltin sotilishi hisobiga biroz qisqardi. Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/trade/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSh senatori Stiven Deyns va Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari — ta’lim, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/usa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchtepa tumanida tengdoshi bilan urishayotgan o‘g‘lini janjalni davom ettirishga majburlagan ota 10 sutkaga qamaldi. Shuningdek, u 3,4 mln so‘m jarimaga ham tortildi. Avvalroq holatni tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/father/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli qiz bolalar ombudsmaniga onasining vafotidan keyin o‘zi va singlisiga otasining qilgan zo‘ravonliklari haqida aytdi. O‘smirlar bir necha bor uydan ham qochib ketgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda, vaziyat bolalar ombudsmani nazoratida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan WBA chempioni Isroil Madrimovga ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Bungacha unga chempionlik uchun prezident sovg‘asi — Tahoe avtomobili, shuningdek, ichki ishlar vaziri tomonidan mayor maxsus unvoni berilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/gift-to-madrimov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28-martdan 2-aprelgacha O‘zbekistonning 6 ta viloyatidagi ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shuningdek, 27−31-martda tog‘oldi va tog‘li joylarda sel-suv toshqini ham yuzaga kelishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал