gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi 12 600 soʻmdan oshdi

Markaziy bank 28-martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 10,14 soʻmga qimmatlab, 12 600,14 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Italiyada 16−17-aprel kunlari “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasining ochilishi o‘tkaziladi. Ko‘rgazma ikki bo‘lim — Venetsiyada “Shakl va ramz” hamda Florensiyada “Nur va rang” nomi bilan bo‘lib o‘tadi. Ularda XX asr birinchi yarmiga oid 172 tadan ortiq rangtasvir asarlari taqdim qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/italiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning ilk ikki oyida O‘zbekistonga gaz importi 166,7 mln dollarni tashkil qildi. Bu davrda mamlakat 26,7 mln dollarlik gaz eksport qilgan bo‘lsa-da, Xitoy O‘zbekistondan 57,3 mln dollarlik gaz import qilganini bildirdi, bu O‘zbekiston tomoni bergan raqamlardan ikki baravar ko‘pdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/migrants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon shahrida qiymati 8 mlrd 215 mln so‘m bo‘lgan yerosti o‘tish yo‘li qurilishi reja qilinmoqda. Ayni paytda Xo‘jaobod tumanida ham 4,9 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurilyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/underpass/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIBB Uchtepa tumanida 26 nafar tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan ayolni aniqladi. Ularning 13 nafar yosh farzandi ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi. Ayollarning ayrimlari pul topish uchun o‘zgalarning yosh farzandini ijaraga olgani aniqlandi. Fuqarolarga profilaktik tushuntirish berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/toshkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2020-yildan buyon Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Manish Prabxat mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/india/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

17−19-aprel kunlari Ostonada Automechanika Astana xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 20 ta mamlakatdan avtomobil komponentlari va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mahsulotlari namoyish etiladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/avtomechanika-kz/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan avtosalon egalari 8−9 yilgacha qamaldi. Ular xaridorlarni qabul qilishda GM Uzbekistan bilan shartnoma tuzgani va mashinalarni 3 oyda avtosalondan chiqarib berishini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/mycars/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🖼 Binolardagi mozaikalar va nihoyat madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shildi.

🕋 Umra ziyoratini tashkil qilish uchun litsenziya joriy etish rejalashtirilmoqda.

🏢 Qamchiq dovoniga yaqin hududda logistika markazi tashkil etiladi.

🇨🇳 Xitoy kompaniyasi Namangan viloyatida mis qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

💰 Uzum 100 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb etdi.

⛽️ Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr va benzin ishlab chiqarish kamaydi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy Pop tumanida joylashgan Pungan qishlog‘i va Namangan shahri o‘rtasidagi yo‘lni rekonstruksiya qiladi va kengaytiradi. Prezident loyihani ma’qullab, bu “Yangi O‘zbekistonga yangi yo‘l” bo‘lishini ta’kidladi. Uni amalga oshirish 2013-yildan beri rejalashtirilayotgan, biroq 2016-yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/pungan-namangan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi. O‘tgan yili uchib kelish terminali rekonstruksiya qilingandi. Quvvatni yana 3 barobar oshirish rejalashtirilgan. Yuk terminali, umumiy ovqatlanish va yoqilg‘i quyish majmualari qurish ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/namangan-airport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ANORBANK tez daromad olish istagida bo‘lganlar uchun xorijiy valyutadagi Premiere omonatini taklif etadi. Bank vakillari nega aynan Premiere omonatini tanlash kerakligi haqida so‘zlab berishdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/anorbank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Yaponiyada o‘tadigan Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi milliy pavilon qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yilda Tadao Ando loyihasi bo‘yicha Davlat san’at muzeyi uchun yangi bino qurilishi boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/expo-osaka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning China Mining Energy Group kompaniyasi Namangan viloyati Chust tumanida mis rudalarini qazib olish va qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 200 million dollarga baholanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/copper/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Istanbul aeroportida, asosan, 20−35 yoshdagi xorijliklar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ulardan 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/turkey-migrants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26−28-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan 23-xalqaro UzFood 2024 ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi 16 ta oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini taqdim qilmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/made-in-moscow/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/rosatom/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dunyo bo‘ylab yoshlar saratonga chalinish ehtimoli ko‘paymoqda va 2030-yilga kelib erta onkologiya holatlari yana 30 foizga oshishi kutilmoqda. Olimlar bu tendensiyani hali tushuntirib bera olmaydi va eng ehtimoliy omillar — semirish va saraton kasalligining erta skriningi to‘liq tasvirni ochib berolmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/cancer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi”da ANORBANK 96,09 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/anorbank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Migratsiya agentligi Moskvadagi terakt fonida Rossiyaga borayotgan va u yerda yashayotgan o‘zbekistonliklardan kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘radi. Agentlik, shuningdek, “Gazeta.uz”ga “O‘zbekistonliklarga patent bermayapti, chiqarib yuboryapti, degan gaplarning ko‘pi rost emas”ligini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/migration-agency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchta hududda arxeologik yodgorliklarga qariyb 30 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Xususan, V-VII asrlarga oid Kattatepa yodgorligi molxona qurish uchun buzilgan, Badaxshontepa obyekti ekin maydoniga aylantirilgan va Tolmozortepa texnika yordamida tekislab yuborilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/archaeological/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyati teatriga ketayotib YTHga uchragan maktab o‘quvchilari avtobus haydovchisidan tezlikni oshirmaslikni bir necha bor so‘ragan. YTH oqibatida bir o‘quvchi voqea joyida, bir qiz esa shifoxonada vafot etgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolalar nima bo‘lganini eslarkan, kuchli stressni boshdan kechirgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/schoolchildren/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“20 000 00 00” mobil raqami auksionda rekord darajadagi 1,07 milliard so‘mga (85 ming dollar) sotildi. Auksionda 10 nafar talabgor ishtirok etib, 87 ta taklif kiritdi, shu bois raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/27/mobile-number/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlar binolaridagi 160 ga yaqin mozaik pannolar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi. Bungacha ko‘plab mozaikalar bo‘yab tashlangan, qolganlari reklama bannerlari bilan qoplangan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/mosaic/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 ikkinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston turnirning uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi (video, foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24 yoshli jizzaxlik yigit Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangani ortidan O‘zbekistonga deport qilingandi. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/terror/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boeing rahbarlari kompaniyaning eng katta inqiroziga olib kelgan samolyotlar xavfsizligi bo‘yicha bir qator mojarolardan so‘ng iste’foga chiqadi. So‘nggi baxtsiz hodisa yanvar oyida bo‘lgan: Alaska Air aviakompaniyasining 737 MAX 9 samolyotidagi eshik paneli parvoz paytida chiqib ketgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/boeing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 27 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,07 soʻmga arzonlab, 12 590,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi Umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat ziyoratni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya turini joriy etishni nazarda tutadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/26/umra/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал