gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2018-yilning may oyidan beri O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Maqsudov o‘z diplomatik missiyasini yakunladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/saudi-arabia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrida tug‘ilganiga 4−5 kun bo‘lgan 2 chaqaloq ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida qoldirib ketildi. Sumkaga solingan qiz chaqaloqlarni hudud hamshirasi topib oldi. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Bolalarni kim qoldirib ketgani hozircha noma’lum.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/abandoned/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan, yod tarkibli “Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqargan Samo MChJ qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlanib, uning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/samo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IShID-Xuroson (IShID-K) Moskva yaqinidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times. Bu ma’lumotni AQSh razvedka xizmatlari tasdiqladi. Ular Rossiyani mart oyi boshida ehtimoliy hujum haqida ogohlantirgan, bir necha kun oldin esa Vladimir Putin buni “shantaj” deb atagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/claim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi “Krokus siti holl” binosida ro‘y bergan portlash va otishmada jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi. Diplomatik missiya huquq-tartibot idoralari bilan aloqada, deyiladi xabarda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/embassy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/tiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskvadagi “Krokus siti holl” konsert zalida qurollangan shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi, kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilindi. Shuningdek, binoda bir necha portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/moscow/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba kuni Surxondaryo viloyatining turli hududlari, jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yomg‘ir sababli sel-suv toshqinlari bo‘ldi. Yuzlab xonadon va turar joylarga suv kirdi. Viloyat hokimligi toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda. Tabiiy ofat oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/22/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari JCH-2026 saralash o‘yinlarida Gonkongga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Futbolchi Eldor Shomurodov maydonning sifatsizligini qayd etib, OFKdan hamma uchun yagona talabni belgilashni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/22/comments-football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qishloqlarda ko‘klamning kirib kelishi an’anaviy o‘yinlar bilan nishonlanadi. Ko‘pkari — shulardan biri. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon Jizzaxda ko‘pkariga borib, erkaklar nega uloq chopishi, g‘oliblarga qanday sovg‘alar berilishi va nega unda ayollar qatnashmasligi haqida hikoya tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/21/kopkari/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, turli yoshdagi ayol va erkaklarning “mahalla terma jamoalari” tashkil etilib, ular o‘rtasida “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi. Unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar futbol maktabi va akademiyalariga yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/21/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/21/navruz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari Toshkentdagi ko‘chada soatiga 170−180 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Haydovchilar (26 va 35 yosh) jarimaga tortildi, shuningdek, ular bilan “profilaktik suhbat” o‘tkazildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/21/speed/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Taqiq, Lenin maydonidagi karnaval va prezidentga “kelin salom”: Oʻzbekistonda dastlabki Navroʻz bayramlari qanday oʻtgan?

Navroʻz — Oʻzbekistonda keng nishonlanadigan umumxalq bayramlaridan biri. Lekin mamlakatning soʻnggi bir asrlik tarixida har doim ham bunday boʻlmagan va hatto maʼlum bir vaqt uni davlat darajasida taqiqlashga ham harakatlar boʻlgan. Oʻzbekistonda Navroʻz 1990-yildan haqiqiy maʼnoda umumxalq bayramiga aylangan.

Bir yil avval “Gazeta.uz” 1991−2011-yillarda Toshkentda tashkil etilgan asosiy Mustaqillik va Navroʻz bayramlari rejissyori Rustam Hamidov va 1991−2001-yillardagi asosiy davlat bayramlari tashkilotchilaridan biri hisoblangan Usmon Qoraboyev bilan bilan suhbatlashgan edi. Maqoladan davlat darajasidagi dastlabki Navroʻz tantanalari qanday oʻtgani va birinchi prezident Islom Karimovning bu bayramga munosabati haqida maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/21/navruz/

Mirolim Isajonov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏞 Toshkentdagi Yoshlar bog‘i loyihasi qanday ko‘rinishda?

😶‍🌫️ Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi Air Tashkent portali ishga tushdi.

🇺🇿 O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 47-o‘rinni egalladi.

🕳 O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ikkita yashirin yerosti yo‘li aniqlandi.

🚗 ”Qaysidir korxona fikri bilan birdaniga cheklov kiritilmaydi”. Raqobat qo‘mitasi — BYD importini cheklash so‘rovi haqida.

🚃 Yangi vagonlar ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va muhandislar o‘rtasida tanlov e’lon qilish kerak — prezident.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Krokus Siti Holl”ga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan 4 kishi hibsga olingani, shuningdek, terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetganini ma’lum qildi. “O‘lganlar soni yana ortishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/crocus-city-hall/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshqindan zarar koʻrgan Qumqoʻrgʻon mahallalari

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Qumqoʻrgʻon tumanida sel-suv toshqinlari sodir boʻlgan mahallalarga bordi.

U hududdagi tozalash, taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi va viloyatdagi barcha tumanlar hokimlari bir kunga oʻz odamlari va texnikasi bilan kelib, ommaviy hasharda qatnashishini tayinladi.

Hokim, shuningdek, mahallalar toshqindan avvalgi holatidan ham yaxshi, infratuzilmasi rivojlangan manzillarga aylantirilishiga ishontirdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-iyuldan skuter va mopedlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat raqamlarini berishni joriy etish rejalashtirilmoqda. 2025-yildan esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan boshqarishni taqiqlash taklif qilinyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/scooter-plates/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskva viloyatida terakt sodir etilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar keltirila boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/flowers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Maktubda mamlakat tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini keskin qoralashi qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/president/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qiladigan yo‘lovchilarni Moskva aeroportlariga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlarini so‘radi. Hozircha parvozlar jadvalida o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/23/airways/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/22/mahalla/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navro‘z bayrami hamda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi bir nechta o‘tish punktlaridagi rekonstruksiya munosabati bilan odamlar to‘planib, avtomobillar tirbandligi kuzatilmoqda, deya izoh bermoqda Qozog‘iston chegara xizmati.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/22/uzb-kz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Juma kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo (2 ball) va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2−3 ball).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/22/earthquake/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/21/navruz-exhibiton/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Musulmonlar Ramazon oyini Dubayda qanday o‘tkazishlari, qanday diqqatga sazovor joylarga borgan va qanday taomlarni tatib ko‘rgan ma’qulligi haqida amirlikning Iqtisodiyot va turizm departamenti gapirib berdi (реклама).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/21/visit-dubai/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar mos ravishda 1,8 va 9 baravarga oshirildi. ILMA xabarida aytilishicha, ularning faoliyati yetarli darajada rentabel va o‘zgarishlar ularning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/21/mining/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari uchun Afisha.uz`dan yaxshi g'oya — kinoga borish.

Chiptalarni esa saytda bir zumda xarid qilish mumkin.

Hamkorlik materiali.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiyaning Anadolu klinikasi saraton kasalligiga chalingan bemorga qanday yordam bergani haqida o‘rtoqlashdi. O‘zbekistonlik bemorlar shifoxonaning Toshkentdagi vakolatxonasida bepul konsultatsiyaga yozilishlari mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/21/anadolu/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Server qurilmalarini ko‘chirish ishlari sabab 21−24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) xizmatlari amalga oshirilmaydi. Davlat xizmatlari, notariuslar, litsenziyalash va tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari tizimlari vaqtincha ishlamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/mygovuz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал