gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili 27-sonli manzil koloniyada monitoring o‘tkazdi. Barcha mahkumlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning 47 nafariga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qo‘yildi. Ularga statsionar davo muolajalari buyurildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/prisoners/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident O‘zbekistonda elektropoyezdlar va metro poyezdlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, poyezdlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirishni buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari ushbu poyezdlar import qilinayotganlaridan ancha arzon ekanini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/trains/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7 ta kinopremyera, savdo markazlari va bog‘lardagi bayram tadbirlari, bolalar uchun shoular, teatrdagi spektakllar, ko‘rgazmalar, yumoristik tadbirlar, ijodiy mahorat darslari, Navro‘z bayrami va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/dam-olish-kunlari/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi Toshkentdagi havo sifatini Air Tashkent portalida ham kuzatsa bo‘ladi. Hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxtga 10 ta havo sifatini nazorat qiluvchi stansiya o‘rnatdi (rejada yana 30 ta). Shuningdek, saytda Toshkentda bo‘lgan yong‘inlar, qozonxonalar manzili va boshqa ma’lumotlar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/air-quality-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Herbalife mintaqaviy vitse-prezidenti Nina Kandelaki kompaniya ayollar tadbirkorligini qanday qo‘llab-quvvatlayotgani hamda Herbalife bilan hamkorlikning afzalliklari haqida o‘rtoqlashdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/herbalife/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 25 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 13,13 soʻmga arzonlab, 12 575,00 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita rasmiysi bozor konsentratsiyasiga ta’sir qiluvchi bitimlar oldidan qo‘mita roziligi olinishi kerakligi, lekin qonunchilikda ba’zi istisnolar borligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/ung/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbek biznesi tashqi reklamani sevadi: qichqiriq banner va ko‘zni qamashtiruvchi LED-monitorsiz ishlab bo‘ladimi?! Afsuski, Toshkent o‘z arxitekturasi, daraxtlari va aholisining reklamaga yem bo‘lishiga qo‘yib bergan. Poytaxt qanday qilib afisha va monitorlarga taslim bo‘lgani — bizning fotosharhimizda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/outdoor-advertising/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning 2024-yildagi ilk chaqiriluvchilari muddatli harbiy xizmatni o‘tash joylariga yo‘l oldi. Barcha hududlardagi yig‘ish punktlarida tantanali kuzatuv marosimlari boshlandi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin samarqandlik chaqiriluvchilar va ular orasidagi o‘z ukasini armiyaga kuzatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/army/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda Xoliqjon Vines taxallusi bilan tanilgan vayner Xoliqjon Samadov 7 sutkaga, uning sheriklari esa 5 sutkaga qamaldi. Ular Buxoroda avtomobilda yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazish holati tasvirlangan video tarqatgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/viner/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navro‘z bayramida yog‘ingarchilik kuzatilib, harorat pasaysa-da, 23−24-mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida quyoshli ob-havo bo‘ladi. Harorat kunduzi +17…+20, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqachani tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Logoped Dilorom Jabborovaning duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringan holati o‘rganilib, usul “ilmiy asoslanmagan va pedagogika qoidalariga zid” deb topildi. Shuningdek, u aldash va odamlar ishonchini suiiste’mol qilishda ayblanib, firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/logoped/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gap yo‘q. Maslahat” hajviy ko‘rsatuvi boshlovchisi Olim Hojisharipov xastalik sabab 58 yoshida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/olim-hojisharipov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bo‘ka tumanida ayol qaramog‘iga topshirib ketilgan jiyanini dars tayyorlamagani uchun o‘lasi qilib kaltakladi. U jarohati sabab uch kun o‘tib shifoxonada vafot etdi. Ayol qamoqqa olingan. Qizning ota-onasi Rossiyada ekani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyalik jurnalist va sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etdi. O‘limining dastlabki sababi sifatida o‘pka emboliyasi — o‘pka arteriyasida hosil bo‘lgan tromb ko‘rsatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/utkin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston World Happiness Report`ning eng baxtli mamlakatlar reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, 47-o‘rinni egalladi. Mamlakat MDH davlatlari orasida eng yuqori baxt darajasiga ega. O‘zbekistonliklarning eng baxtlilari keksalar, eng baxtsizlari esa 30−44 yoshdagilardir (aksar mamlakatlarda buning teskarisi).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/uzbekistan-happiness/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum milliy raqamli ekotizimi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati havo sifatini monitoring qilish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurdi. Bu yerda 299 nafar bola vasiylikka olingan, 334 nafar xodim ishlaydi. Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan suhbatlashib, ularning hayotda o‘rin topishiga sharoit va ko‘mak ko‘rsatilishiga ishontirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/muruvvat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘raganiga izoh berdi. “Qaysidir xo‘jalik subyekti fikri bilan birdan cheklov qabul qilinmaydi, muvozanatli qaror qabul qilinadi”, — dedi u. Qo‘mita o‘z taklifini berishi aytildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/byd-competition/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanida 75 gektar maydonda 92 mln dollarli Yoshlar bog‘i qurilmoqda. U hudud jihatdan “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Unda xiyobonlar, amfiteatr, dam olish joylari, ekstremal sport maydonchalari va ijaraga beriladigan tomorqalar bo‘ladi. Loyihani yakunlash muddati — 2026-yil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/youth-park-sergeli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 21−27-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning bir qancha hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Qamchiq dovonida qor yog‘ishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/snowdrift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari, sobiq prezident Nazarboyevning jiyani Samat Abish 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha sakkiz yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning bolalari borligi va pushanmonligini yengillashtiruvchi holatlar sifatida tan oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/samat-abish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘izistonning Andijon bilan chegaradosh hududida 2 ta yashirin yerosti yo‘li aniqlandi. Yo‘laklardan tovar-moddiy boyliklarni bir davlatdan boshqa davlatga olib o‘tishda foydalanilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/tunnel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chery Euro-5 ekologik sinfiga mansub bo‘lgan — Arrizo 6 Pro va Tiggo 8 Pro benzinli avtomobillarini hamda Euro-6 ekologik sinfiga mansub — Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro Max avtomobillarini taklif qiladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davron Xidoyatov “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisining innovatsiya va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Aleksandr Saxapov esa sotuvni rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xidoyatov o‘tgan hafta 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/uzavtosanoat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘qon aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 20-mart kuni aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi, muntazam parvozlar esa 1-apreldan boshlanadi. Aeroport 2001-yildan beri fuqarolik samolyotlari uchun yopilgan va harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/kokand-airport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanida BMW haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/bmw/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh hukumati saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi asbest mineralidan foydalanish to‘liq taqiqlanishini e’lon qildi. Har yili mamlakatda 40 mingga yaqin odam asbest bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/asbestos/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy saylov komissiyasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/award/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Daniyar Kamilovning Petroleum Technology Group kompaniyasiga tegishli 80 ta “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarining narxi kamida 100 million dollarni tashkil qilishi mumkin (yer narxidan tashqari). Davaktiv va “O‘zbekneftgaz” haligacha kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/ung-petro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал