gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Miltillovchi ekran, girlyanda va chiroqlar Toshkentda “yorug‘lik xaosi"ni keltirib chiqarmoqda. Bu energiya iste’molini oshiradi, hayot sifati va ekologiyani yomonlashtiradi. “Gazeta.uz” mutaxassislar bilan suhbatlashib, yorug‘lik dizayni nima ekani va tungi Toshkentni qanday maftunkor qilish mumkinligiga qiziqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/light/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚗 O‘zbekistonda BYD avtomobillari importi cheklanishi mumkin.

⚖️ Buxoroda mansabdor shaxslar bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan — Bosh prokuratura.

🍎 O‘zbekiston meva-sabzavotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotmoqda — prezident.

👨‍🦳 O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan 514 nafar fuqaro bor. Ularning eng ko‘pi Qashqadaryoda yashaydi.

🖥 “Gazeta.uz” maqolasidan so‘ng Amir Temur xiyobonidagi reklama konstruksiyasi olib tashlandi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🗳 “Tashabbusli budjet” evolyutsiyasi. Open Budget qanday qilib fuqarolik jamiyatini qurayotgani haqida.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar bolalarni avtobusda tashish va hamrohlik qilishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura. Holat yuzasidan “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. YTHda ikki o‘quvchi va haydovchi halok bo‘lgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/bukhara-bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyati Kogon tumanida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan yana bir o‘quvchi vafot etdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari shifoxonaga borib, o‘quvchilar bilan uchrashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/yth-bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT G‘azo sektorining shimoliy hududlarida yaqin ikki oy ichida ommaviy ocharchilik boshlanishini bashorat qilmoqda. BMT rahbari buni “mutlaq texnogen falokat” deb atadi va Isroil hukumatini anklav aholisiga insonparvarlik yordamidan to‘liq foydalanish imkoniyatini berishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/famine-gaza/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida O‘zbekiston mahsulotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina uzum eksportidan 500 mln dollar olish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/fruits-and-vegetables/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent-Xiva yo‘nalishiga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi tezyurar elektropoyezdi qo‘yiladi. U 7 ta vagon va 351 ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi, shuningdek, 250 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Avvalroq O‘zbekiston bu kompaniyadan 6 ta tezyurar poyezd sotib olishni rejalashtirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/hyundai-rotem/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan 75 gektarli Yoshlar bog‘iga ilk ko‘chatni o‘tqazdi. Bog‘da jami 20 ming tup daraxt ekilishi, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar tashkil etilishi reja qilinmoqda. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi. Hukumatlar nomidan tegishli kommyunike ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari tomonidan Nyu-Yorkda imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/gambia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilandi. Qonun bilan pensiyalar miqdorini yil davomida iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olib oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/pensiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan sayilda gaz balloni portladi. Oqibatda 37 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/visa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bandixon tumanida voyaga yetmaganga uylanishini aytib shilqimlik qilgan 22 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. Sudda yigit qizni yaxshi ko‘rib qolgani, lekin qizga shilqimlik qilmaganini aytib ko‘rsatuv berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda bosh vazir rahbarlik qiladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi. Prezident savdo uylarini tadbirkorlar boshqaruviga berish, tomorqasida meva-sabzavot yetishtirayotganlarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ko‘rish va boshqalarni qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/comission/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti saylovida 4661 kishi (2018-yilda 5500 dan ortiq) ovoz berdi. Mamlakatda jarayon uchun ikkita uchastka hozirlandi — Toshkent va Samarqandda. Poytaxtda peshin vaqtida Rossiya elchixonasi oldidagi navbat yuzlab metrlarga cho‘zildi (foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/russia-elections-in-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent 2023-yilda dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari reytingida 22-o‘rinni egalladi. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda PM2,5`ning o‘rtacha yillik darajasi JSST tavsiyalaridan 5−7 baravar yuqori bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/20/air-quality/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston davlat banklarini xususiylashtirish yana kechiktirilishi mumkin, dedi Fitch Ratings direktori o‘rinbosari Pavel Kaptel. Ularning sotuvdan oldingi tayyorgarlik ishlari hamon davom etmoqda. Davlat aksiyalarini o‘z vaqtida sotish xalqaro moliya tashkilotlarining banklar kapitaliga kirishiga ham bog‘liq.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/privatization/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv sarfini o‘lchash uchun bir-biriga hisoblagich o‘rnatadi. Tomonlar ma’lumotlarni onlayn tarzda almashib boradi. Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida ham xuddi shu maqsadda gidropostlar o‘rnatilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/border/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dronlarni noqonuniy olib kirish va ulardan foydalanish uchun qo‘llanilgan jazolarni yengillashtiruvchi qonun joriy jazoning nomutanosibligini tan oladi. Fuqarolar va sayyohlarning e’tirozlari asosli deb hisoblanadi. Endi birinchi qoidabuzarlik uchun ozodlikdan mahrum qilish emas, jarima jazosi qo‘llaniladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/law-drones/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq yana olti oyga uzaytiriladi. So‘nggi cheklov 2022-yil iyul oyida joriy qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/kz-petrol-station/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 21-martdan bahorgi ta’tilga chiqadi. IV o‘quv chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/holiday/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichida Gonkongga qarshi o‘yinni intiqib kutayotgani, o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurasha olishi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, mamlakat ilk bor JCHga chiqoladigan jamoaga aylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/srechko-katanes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 20 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 2,01 soʻmga qimmatlab, 12 561,87 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. 2024-yilda mayda uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarish quvvatini 50 mingtaga, keyinchalik esa 500 mingtagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/byd-uzbekistan-factory/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryodagi bir mahalla ko‘p yillardan buyon elektr, suv, yo‘l muammolaridan qiynalardi. 2020-yili shu mahallada yashovchi Oybek Usanov “Tashabbusli budjet"da omadini sinashga qaror qiladi. Bu tajriba aholi hayotini qanchalik o‘zgartirgani va odamlarni qanday birlashtirgani — Jahongir Azimov reportajida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/open-budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

"O‘zavtosanoat" bilan birgalikda Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillarning "tartibsiz" importini cheklashni so‘radi. Bu so‘rov import qilingan modellarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitiga moslashtirilmagani bilan izohlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/byd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Baraka Market do‘konlar tarmog‘i Baraka Club mobil ilovasining yangi versiyasini ishga tushirdi va sodiqlik dasturini yangiladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/baraka-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

WBA chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov muddatidan oldin yuqori lavozimga koʻtarildi. Ichki ishlar vaziri unga mayor maxsus unvonini berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/major/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 100 yoshga to‘lgan yoki undan oshgan 514 nafar fuqaro pensiya va nafaqa oladi. Ularning 78,6 foizi (404 nafari) ayollardir. Bir asrdan beri umr ko‘rayotganlarning eng ko‘pi Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, shuningdek, vodiy viloyatlarida yashaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/centenarians/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari deya e’lon qilingan 21, 22, 23 va 24-mart kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/avtobuslar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал