gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” maqolasidan bir necha soat o‘tib, Toshkentning Amir Temur xiyoboni yonidagi reklama konstruksiyasi demontaj qilindi. Avvalroq u yerda reklama joylashtirish noqonuniy ekani, sababi yaqin atrofda madaniy meros obyektlari borligi haqida yozgandik. Holatga rasmiy izoh berilganicha yo‘q. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/removed/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni oldidagi ajratuvchi orolchalarga reklama konstruksiyalari o‘rnatilmoqda, holbuki madaniy meros obyektlari yonida bunday qurilmalarni o‘rnatish taqiqlangan (xiyobonda yettita madaniy meros obyekti bor). Konstruksiyalar binolar manzarasini to‘sadi va haydovchilarga xalal beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/19/outdoor-advertising/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident yana bir bor eksport muhimligini ta’kidladi. “Bir haqiqatni aniq tushunib olish zarur. Inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq. Qanchalik ko‘p mahsulot ishlab chiqarmaylik, eksport uchun kerakli shart-sharoitni yaratmasak, o‘zgarish bo‘lmaydi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/export/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha monopoliyani bekor qilish va past bosimli gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarishga xususiy biznesni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/gas-distribution-network/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Toshkentni qurish zarurati va maqsadga muvofiqligi bir qator savollarni keltirib chiqarmoqda. O‘zi yangi shaharlar nima maqsadda quriladi va nima uchun hududlarni bu tarzda rivojlantirishning yomon joyi yo‘q — tahlilchi Denis Sokolovning “Ko‘chmas mulk tili” turkumidagi navbatdagi maqolasi shu haqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/new-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Respublika bo‘ylab tashkil qilingan hashar doirasida Uzum xodimlari Toshkentda, shuningdek, O‘zbekistonning yana 20 ta shahrida 100 dan ortiq daraxtlar ekishdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/uzum/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 19 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 10,14 soʻmga arzonlab, 12 559,86 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kogon tumanida ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir o‘quvchi vafot etdi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi, yana 25 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar avtobusda teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet 20−22-mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Kutilayotgan kuchli yomg‘ir suvlari to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deya eslatdi agentlik.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda hafta boshida havo juda iliq bo‘ladi. Keyinroq nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. 20−21-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 21−22-mart kunlari havo harorati +10…+15 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Tabrikda saylovchilarning yuqori faolligi “Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin namoyishi” ekani aytiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/putin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Samarqandda bolaga nisbatan zo‘ravonlik — kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgani haqida xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/17/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir boshchilik qiladi. O‘zbekistonni xorijda tanitish uchun turli tadbirlar uyushtiriladi, esdalik sovg‘alari chop etiladi va targ‘ibot ishlari olib boriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/17/unesco/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sharoitidan koʻra nomi koʻproq oʻzgargan Oʻzbekiston davlat drama teatridan reportaj

Oʻzbekiston davlat drama teatrining XIX asrning oxirida hashar yoʻli bilan qurilgan binosi — aksari yoshi kattalar tarixga aylangan tramvay deposi, kalla-pochadan tayyorlangan gumma, avtobus bekati yonidagi gazli suv budkasi bilan eslaydigan Xadraning chap qanotida joylashgan. Oʻzbekistonning mazkur eng koʻhna teatr binosi spektakllardan tashqari qurultoy, miting va dafn marosimlariga ham guvoh boʻlgan.

Qizigʻi, bugungi kungacha teatrning nomi undagi sharoitdan koʻra koʻproq oʻzgargan. Soʻnggi bor 40 yil avval toʻliq taʼmirdan chiqqan tomoshagohga qahraton payti kelgan odamlar: “Bu yil toʻrtta teatrga bordik, eng zoʻr tomosha sizlarda boʻldi, lekin zalinglar sovuq ekan-da“ yoki “Bu yil ham Yangi yil tomoshasi boʻladimi? Direktorimiz oʻtgan yili shu teatrga borganidan keyin bir-ikki bola shamollab qolgandi, bu yil issiq boʻlarmikan, deb soʻrayaptilar”, deb ketadi. Yoki tomoshabinlarning oʻzi “Vafodor it” spektaklidagidek yengi kalta yaktakda sahnaga chiqqan aktyorlarni issiqroq kiyinishga chaqiradi.

“Gazeta.uz” muxbirlari 130 da­n ortiq kishi — ularning orasida rekvizitlarni muzey eksponatidek asrab, ishg­­a kelgach butun tashvishlarini unutuvchi, spektakl vaqti toʻgʻnogʻich-u ignasi bilan “karman”da shay turuvchi bamisoli “kostyumer pari” va sahnada “yashovchi” insonlar faoliyat yuritadigan teatrdan reportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/theatre/

Guliraʼno Musayeva, Madina Aʼzam

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, jumladan, gender tengligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/16/narbayeva-guterrish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida yashovchi ayol ikki yoshli nabirasini Rossiyadan olib kelishda yordam so‘rab, bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi. Onasi uni enaga bilan qoldirib, olib ketgani kelmaganidan keyin qizaloq vasiylik organiga topshirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/girl/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🤝 Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

🏙 Yangi Toshkent nima uchun qurilmoqda?

⛽️ “O‘zbekneftgaz” gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun yuzlab mln dollar sarmoya qilyapti, biroq qazib olish hajmi pasaymoqda.

🚁 Mudofaa vazirligi Afg‘oniston harbiy vertolyoti urib tushirilganini rad etdi

📦 “Eksportchilarga to‘g‘ri, tartibli va chiroyli qadoqlashni o‘rgatish kerak” — prezident.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🔷 Toshkent — reklamalar shahri.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 mlrd dollarga yetkazish rejalari bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ri qadoqlash, eksportga yetkazib berishda klaster tizimini yaratish muhimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/quarantine-agency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida urib tushirilgan afg‘on harbiy vertolyoti haqidagi xabarni rad etdi. “Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas”, — deyiladi vazirlik xabarida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/defense/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyada 3 kunlik prezident saylovi yakunlandi. Vladimir Putin unda beshinchi bor g‘alaba qozonmoqda. Ovoz berishning ilk kunlarida saylov uchastkalarida vandalizm holatlari qayd etilgan bo‘lsa, oxirgi kuni Rossiya va xorijda “Putinga qarshi peshin” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz”da saylovning qisqacha sharhi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/russia-elections/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov energiya resurslarining eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri sifatida Turkmaniston ularni qardosh mamlakatlarga yetkazib berishga va yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/turkmenistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekneftgaz” 2024-yil oxirigacha 29,3 mlrd metr kub gaz qazib olish uchun gaz quduqlarini burg‘ilashga 320 mln dollardan ortiq, ularni ta’mirlashga 45 mln dollar sarflash va 79,6 mln dollarlik geologik qidiruv ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Bu hajm avvalgi prognozlardan 4,8 mlrd kub metrga kam.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/uzbekneftegaz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda budjet jarayoni va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Loyiha, jumladan, Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda emas, har yarim yilda axborot berishini nazarda tutadi. Asosiy ma’lumotlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi Humo Air 2024-yilda 284 ta aviareysni bekor qilgani va yo‘lovchilar chipta pulini qaytarib ololmayotganini bildirdi. Oqibatda iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi qonun buzilgan. Kompaniya pulni qaytarish bo‘yicha arizalar ko‘pligi, ammo barchasi ham to‘g‘ri va to‘liq emasligini aytmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/humo-air/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV Buxoro viloyati IIBning ikki nafar xodimi narkotik moddalar savdosida ishtirok etganlikda gumonlanib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi Buxoro shahri IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasida, ikkinchisi viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasining giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/drugs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda kishanlangan bola harbiy sport maktabida o‘qigan. “Xulqi og‘irligi” uchun uni voyaga yetmaganlar markaziga yubormoqchi bo‘lishgan. “Bolaga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi bolalar ombudsmani. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham holatni nazoratga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/18/samarkand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. U 2022-yilga reja qilingandi, ammo pandemiya tufayli keyinga qoldirilgan. Natijalar 2027-yilda e’lon qilinadi. Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/17/population-census/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zaviatsiya” Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berdi. 15-mart kuni aviatashuvchi Turkiston va Samarqand o‘rtasida qatnovlarni boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/17/qazaq-air/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ilk bor McDonald’s fastfud restoranlari tarmog‘i ochilishi mumkin. “Reach Impex” kompaniyasi “McDonald's” tovar belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/16/mcdonalds/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dronlarni noqonuniy olib kirish, saqlash va foydalanishda birinchi marta ayblangan shaxslar endi ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ilgari faqat qamoq jazosi nazarda tutilgan jinoiy jazolar ham yengillashtirilmoqda. O‘zgarishlar sayyohlarni jalb qilishga ham qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/16/dronlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал