gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bundan tashqari, endi sudlar o‘rniga yong‘in xavfsizligi inspektorlari tadbirkorlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/16/fire-safety/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand shahrida Ipak yo‘li davlat muzeyini tashkil etish, Amir Temur bog‘larini qayta tiklash, Bibixonim majmuasini restavratsiya qilish, shuningdek, Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish to‘g‘risida master va menejment rejalari bo‘yicha qarorlar loyihalari ishlab chiqiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/16/projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5-aprelgacha BYD Toshkent xalqaro marafoniga ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Tadbir dasturi 42 km marafon, 21 km yarim marafon, shuningdek, 3 va 10 km masofalarni o‘z ichiga oladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/16/tashkent-marathon/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston BMTning yangi Inson taraqqiyoti indeksida bir pog‘ona pastlab, 193 ta mamlakat ichida 106-o‘rinni oldi. Mamlakat inson taraqqiyoti indeksi yuqori bo‘lgan mamlakatlar toifasida qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/hdi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga cheklovlarni yumshatdi. Korxonalarga import qilingan urug‘lardan tayyorlangan mahsulotlarning 50 foizgacha qismini eksport qilishga ruxsat berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/vegetable-oil/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Germaniyada mingdan ortiq shifoxonada tibbiyot xodimlari yetishmayapti, shuningdek, metallni qayta ishlash, logistika va transportda ishchi kuchiga talab mavjud. O‘zbekiston bu bo‘shliqni to‘ldirishga tayyor. Bu haqda bandlik vaziri va Mangold Consulting kompaniyasi prezidenti o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z bordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/germaniya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tanzila Narbayeva ma’lum qilishicha, hozir o‘g‘il bolalar uchun o‘rtacha turmush qurish yoshi 26−27 yosh, qizlar uchun 23−24 yosh. “Lekin biz ayrim rivojlangan mamlakatlardagi kabi qizlar turmush qurmaslik, oila qilmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik”, — dedi Senat raisi bergan intervyuda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/nikoh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 18 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 2,99 soʻmga qimmatlab, 12 570,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyada prezidentlik saylovi uchun ovoz berish boshlandi, u 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatni 2000-yildan buyon boshqarib kelayotgan amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin beshinchi marta prezidentlikka nomzodlik qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb hisoblagan Markaziy Osiyodagi ilk davlat bo‘ldi. Mintaqada bu mavzu tabu bo‘lgan. Ma’lum lavozimlarda o‘tirgan ba’zi erkak rahbarlar bu normalarni qabul qilishni xohlamagan. Bu haqda Tanzila Narbayeva BMT axborot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/family-violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Respublikaning barcha hududlari boʻyicha ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazilib, bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi, deya xabar berdi MHTI. Institut ekspertlari 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta’minlash uchun barcha maktabda oshxona tashkil etish kerakligini ta’kidlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/free-lunch/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlagan. Shaharning sobiq hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi sabab ozod etilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/chirchiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashkil etildi. Undagi va “O‘zbekekspertiza”dagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi Savdo-sanoat palatasiga berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/trade-development/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chorshanba kuni Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxonada 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Elchixona hozirda shahar politsiya vakillari bilan vaziyatni nazoratga oldi. Marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/uzbek/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Butun dunyo bo‘ylab elektromobillar atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda — eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki keyinga qoldirmoqda, deb yozdi CNBC. Ko‘pgina kompaniyalar gibrid modellarni ishlab chiqarishga intilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/ev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/16/kazakhstan-tokayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini kengaytirish rejalarini tasdiqladi. Mavjud stadion va maydonlardan samarali foydalanish, ular mavjud bo‘lmagan joylarda esa DXSH asosida yangisini qurish rejalashtirilgan. “Gazeta.uz” fuqarolar futbol maydonlari buzilishiga qarshi chiqqan holatlar haqida yozgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🌫 Foto: Tutun bilan qoplangan Toshkent.

🎒 Bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi — MHTI.

✍️ “Qo‘yliq” ulgurji bozori aksionerlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan.

💍 Ba’zi rivojlangan davlatlardagi kabi qizlarimiz oila qurmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik — Tanzila Narbayeva.

💼 “Shuncha odam olgan oyligini oqlamagan”. Prezident — Sayxunobodning mansabdorlari haqida.

🇺🇿 O‘zbekiston Inson taraqqiyoti indeksida 106-o‘rinni egalladi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🎭 Sahna ortidagi jarayon va qahramonlar. Sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan O‘zbekiston davlat drama teatridan reportaj.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To’qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, multimedia ko’rgazmasi, yarmarkalar, bolalar uchun shou-dasturlar, ijodiy mahorat darslari, spektakllar, musiqiy kechalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi iqtisodiy idoralar xodimlari olayotgan maoshlarini oqlamaganini aytdi. “Ularning Toshkentda o‘tirgan va viloyatdagi rahbarlari pastga tushib o‘rgatmagan, talab qilmagan, befarq bo‘lgan”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/sayxunobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YChLning chorak final bahslariga qur’a tashlandi. Unga koʻra, chorak finalda “Arsenal” — “Bavariya”, “Atletiko” — “Borussiya Dortmund”, “Real” — “Manchester Siti”, “Barselona” — “PSJ” klublari yarim final uchun bahslashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/uefa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Daniya hukumati majburiy harbiy xizmat muddatini uzaytirish va ayollar uchun muddatli harbiy xizmatni joriy etish niyatida. Hukumat shu yo‘l bilan “jinslar o‘rtasida to‘liq tenglikka” erishmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/denmark/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Go voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan haydovchi servisdan bloklanganini maʼlum qildi

“Bunday xatti-harakatlar qabul qilib boʻlmaydi. Haydovchiga platformaga kirish cheklangan — u endi servisning buyurtmalarini bajara olmaydi”, — deyiladi Yandex Go`ning “Gazeta.uz”ga bergan izohida.

Bunday holatlarda foydalanuvchilarga darhol Yandex Go ilovasi orqali qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish tavsiya etiladi. “U kunu tun, dam olish kunlarisiz va bayramlarsiz ishlaydi hamda har bir murojaatni koʻrib chiqadi”, — deyiladi izohda.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hujjatlarga ko‘ra, Toshkentdagi “Qo‘yliq” qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori aksiyadorlari dastlab bozor faoliyati tugatilishiga qarshi bo‘lgan va hatto 53,9 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqarish bo‘yicha qaror ham qabul qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/decision/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Uchtepa tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisi kelishmovchilik sabab uydan chiqib ketib, boshqa bir fuqaroning mashinasini minib qochib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir bundan avval ham 2 marta mashina olib qochgan. Sud uning bu harakatlari uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/crime/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo harorati koʻtarila boshlaydi. Shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi. Harorat +8…+20 daraja atrofida boʻladi. Faqat yakshanba kuni Qoraqalpogʻiston va Xorazmning ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/weekend/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ertalab Toshkent aholisi shaharning ayrim hududlarida quyuq tutunning guvohi bo‘ldi. IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti yana havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi. 1-martdan aholini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish tizimi ishga tushishi kerak edi, biroq u hozircha e’lon qilinmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/smog/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bekzot Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi. U bunga qadar Prezident administratsiyasida departament rahbari, prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari va bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/15/bekzot-mavlonov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Olmazor tumanida Lacetti, King Long va 3 ta Cobalt avtomobili to‘qnashdi. 3 nafar haydovchi shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал