gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

❄️ Toshkentda bahorgi qor bo‘roni — suratlarda.

👳🏻‍♂️ Prezident Sirdaryoga ketayotib muftiy bilan Ramazon oyi haqida suhbatlashdi.

🏦 Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

✍️ Toshkent viloyati deputatlari hududning bir qismini “Yangi Toshkent”ga o‘tkazishni ma’qulladi.

📰 “Madaniyat sohasida iqtisodiy manfaatdorlik abgor ahvolda” — Ozodbek Nazarbekov.

🥊 Prezident bokschi Isroil Madrimovga Tahoe sovg‘a qildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash “xorijiy vakillar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini muhokamasiz ma’qulladi. Loyiha xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari va jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati deputatlari viloyatning ikki tumani hududining bir qismini poytaxtning “Yangi Toshkent” tumaniga o‘tkazishni ma’qulladi. Belgilanganidan 8,51 gektar ko‘proq yer ajratildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/new-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi tomonidan Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori jami 41,5 milliard so‘mdan ortiq deb baholanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/qashqadarya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

WBA chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovga prezident sovg‘asi — narxi 1,04 mlrd so‘m bo‘lgan Tahoe avtomobili topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/boxing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohani to‘liq raqamlashtirish va iqtisodiy manfaatdorlikni yaxshilash zarurligini aytdi. “Bu ikki masala butunlay yechim topsa, shundan keyin soha g‘oyaga ishlaydi”, — dedi u. Unga ko‘ra, sohada sifatni ta’minlashda iqtisodiy manfaatdorlik ham muhim omil hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/ozodbek-nazarbekov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘sh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. Xarid O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/isuzu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu tajriba butun respublikada ommalashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/sayxunobod-tajribasi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum IT-akademiyasida o‘qishning ikkinchi oqimida xohlovchilar “Loyiha menejeri” va Customer Support yo‘nalishlari, shuningdek, Java `da ishlab chiqish hamda tizimlarni tahlil qilish kurslarini tanlashlari mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/uzum-technologies/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joylardagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmaganini, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari shu sababdan lavozimidan ozod etilganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/sayxunobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15−20-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/snowdrift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistondagi deyarli barcha maktablarda internet tarmog‘iga ulanish uchun optik tolali va radiorele aloqa liniyalari mavjudligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, liniyalarni kompyuterlar bilan jihozlash masalasi esa budjetdan ajratiladigan mablag‘ga bog‘liq.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/internet/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat raisi Tanzila Narbayeva BMT minbarida ayollar o‘rtasida, ayniqsa, qishloqlarda STEM ta’limini targ‘ib qilish, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish va diskriminatsiyaga uchraganlarga huquqiy yordam berish haqida so‘zladi. U MO mamlakatlarida gender tengligi bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqilganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/narbaeva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga boradi. Tumanda tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlar orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/sirdaryo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Bu dunyodagi bunday miqyosdagi birinchi qoidalar to‘plami hisoblanadi. Hujjat fuqarolarning huquqlariga tahdid soluvchi SI tizimlaridan foydalanishni taqiqlaydi, shuningdek, SI tarkibini aniq belgilashni talab qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/artificial-intelligence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa egalari bilan suhbatlashdi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududni tomorqa va uy xo‘jaliklari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish namunasiga aylantirish loyihasi haqida aytgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/example/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqardi. Yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/auto-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Aholi va tadbirkorlar eng ko‘p valyuta kursi o‘zgarishi hamda yoqilg‘i va energetika narxi oshishidan xavfsiramoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/inflation-expectations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha qonunni imzoladi. Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish orqali yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganlarga alohida ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/fire-safety/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum Media komandasi firibgarlardan qanday himoyalanish va omonatlar, kartalar va boshqa bank servislaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qator materiallar chiqardi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/uzum-technologies-media/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 15-martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 20,99 soʻmga qimmatlab, 12 567,01 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Singapurga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Qayumov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U bunga qadar Germaniyadagi elchixonada maslahatchi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/singapur/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sherzod Rahimov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U tayinlovga qadar Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/ferghana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

LOT Polish Airlines Polshadan O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Varshavadan ilk reys 14-mart kuni tongda Toshkentga yetib keldi. Parvozlar haftada 3 marta amalga oshiriladi. Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayev buni Yevropa bilan havo aloqalarini o‘rnatishda muhim qadam, deya atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/lot-polish-airlines/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga poyezdda bordi. Yo‘l-yo‘lakay O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan Ramazon oyi, uning fazilatlari, bu oyni yuksak darajada o‘tkazish va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/ramazan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba kuni ertalab kuchli qor bo‘roni Toshkent aholisini hayratda qoldirdi. Yarim soat ichida shahar qor bilan qoplandi. Ko‘rish darajasi biroz vaqtga yomonlashdi. Svetoforning ishlamay qolgani sabab ayrim chorrahalarda tirbandlik yuzaga keldi. Ba’zi joylarda daraxtlar qulab tushdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/snow/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyator iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo‘yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/central-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT hisobotida aytilishicha, 2022-yilda dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi soni tarixiy eng past darajaga yetgan, biroq o‘sish, ayniqsa, qashshoq mamlakatlarda sekinligicha qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/child-mortality/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fargʻona viloyati Quva tumanida zilzila sodir boʻldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat ehtiyojlari uchun hududi tortib olinayotgan “Qo‘yliq” bozori faoliyati tugatildi. Tadbirkorlarga faoliyatini Food City, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirish taklif qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/qoyliq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал