gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu munosabat bilan unga chopon va faxriy yorliq topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/14/chirchiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi hi-tech uslubida qurilgan masjiddan reportaj

Chilonzor tumanida joylashgan “Hasanxon qori” jome masjidi qayta barpo etildi. 1993-yilda qurilgan masjid binosi yillar davomida eskirib, namozxonlar uchun torlik qila boshlaydi. 2021−2024-yillar davomida saxovatpesha homiylar hamda ko‘ngilli kishilar ko‘magida hashar yo‘li bilan qayta bunyod qilinib, zamonaviy qiyofaga kirdi.

Hi-tech uslubidagi masjid ikki qavatdan iborat bo’lib, 4000–4500 namozxonga mo‘ljallangan. Tahoratxona, kutubxona, ma’muriyat xonalari ham mavjud. Ularning barchasi isitish va sovutish tizimlariga ega. “Gazeta.uz” mazkur masjiddan reportaj tayyorladi.

https://youtu.be/YTTHCrWZdJ0?si=f2QLTrwERyARuvdr

Mirolim Isajonov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways`ning xabar berishicha, Boeing 787 Dreamliner samolyotining kompozit qismlarida bo‘yoqning ko‘chib ketishi muammosi bir necha yillardan buyon kuzatilmoqda. Boeing tavsiyasiga ko‘ra, ekspluatantlar samolyot qayta bo‘yalguniga qadar vaqtincha maxsus yopishqoq lentadan foydalanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/boeing-787-dreamliner/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari so‘raladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/deport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ayrim viloyatlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurishda kechikish kuzatilmoqda. Prezident 1-iyulga qadar qurilish ishlarini jadallashtirish va 474 ta uyni foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq berdi. “Ulkan marralarga erishish uchun uy-joy qurilishi hajmini har yili 20 foizga oshirib borishimiz kerak, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/new-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyida 1,6 foizga oshib, kvadratiga 1140 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning uchta tumani — Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroyda narxlar oshdi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida esa pasaydi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vazirligi gaz va elektrdan qarzi yo‘q, ma’muriy javobgarlikka tortilmagan “namunali va madaniyatli insonlar”ni aniqlab, ularga ko‘ngilochar tadbirlarga bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi. “Loyiha hali to‘liq ishlab chiqilmagan, buning uchun biroz vaqt kerak”, — dedi vazirlik xodimi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/madaniyat-vazirligi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘qon shahrida fuqaro 121 mln so‘mlik salkam 6 ming dona sifatsiz dori vositasini Namangandagi dorixonalariga sotib yubormoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/dori/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 15 yoshli qizga yo‘l bo‘yi shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlar aytib, shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ochiq budjet” portalida server faoliyati bilan bogʻliq texnik nosozlik kuzatilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Gazeta.uz”ga mutaxassislar muammolarni tiklash ustida ishlayotganini maʼlum qildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga Musurmankul Xatamov hokim bo‘ldi. U avval viloyatning boshqa tumanida hokim yordamchisi vazifasida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/sirdaryo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan birining onasi bolalar ombudsmaniga murojaat qilgach, Gurlan tumanidagi maktabning ikki o‘qituvchisiga hayfsan, direktoriga esa ogohlantirish berildi. Tekshiruv o‘qituvchilarning bilim darajasi pastligini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/complaint/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevroparlament Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tganlik uchun jinoiy jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Sanksiyani buzgan shaxslar besh yilgacha qamoq jazosiga, kompaniyalar esa jarimaga tortiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/eu-sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-mart kuni “Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish boshlanadi. Fuqarolar mahalliy budjetning umumiy qiymati 3,02 trln so‘m bo‘lgan qismini taqsimlashda yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash hamda jihozlash va boshqa loyihalar bo‘yicha 28 919 ta loyihadan biriga ovoz berish orqali ishtirok etishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/open-budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahridagi yashash xonadonida gaz portlashi sodir bo‘ldi, oqibatda uch nafar Hindiston fuqarosi — Farg‘ona tibbiyot instituti talabalari jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/blast/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗳 Texnik nosozliklar tufayli “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish jarayoni 16-martgacha to‘xtatildi.

🇦🇫 O‘zbekiston Afg‘oniston biznesi uchun “eng qulay shart-sharoitlar” yaratishga tayyor.

🎭 Madaniyat vazirligi “madaniyatli insonlar”ga ko‘ngilochar tadbirlar uchun bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi.

🏘 Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi kvadratiga 1140 dollarni tashkil etmoqda — ITIM.

🛩 Uzbekistan Airways Boeing 787 Dreamliner samolyoti qanotidagi bo‘yoq ko‘chib ketganiga izoh berdi.

🏗 Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jo Bayden va Donald Tramp Demokratlar va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida rasman ko‘rsatilishi uchun yetarlicha ovoz oldi. Bu AQSh prezidentlik saylovlarida qariyb 70 yil ichidagi birinchi revansh uchrashuvi bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/us-elections/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xonqa tumanidagi maktablarning birida birinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi va ma’muriy javobgarlik bo‘yicha jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/xorazm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi bo‘ldi. U bunga qadar Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/latviya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 14-martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,01 soʻmga qimmatlab, 12 546,02 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoylik investorlar Toshkentning Oqtepa massividagi eski ikki qavatli turar joylar o‘rnida ko‘p qavatli uylar quradigan renovatsiya dasturini amalga oshiradi. Buning uchun budjet mablag‘laridan foydalanmagan holda 360 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/renovation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident uy-joy bozorida narx oshishining oldini olish uchun taklifni oshirish zarurligini aytdi. Buning uchun viloyat hokimlari uy-joy qurish uchun qo‘shimcha 20 gektar, poytaxtda 60 gektar yerni auksionga qo‘yishi kerak. Shuningdek, prezident aholi va pudratchilarga ham yangi imkoniyatlar berilishi haqida gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/accomodation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Texnik nosozliklar sabab “Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ayni vaqtda mutaxassislar kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/open-budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular muloqotda Afg‘onistondagi savdo, tranzit, investitsiyalarni rivojlantirish, suv resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalarga to‘xtaldi (+foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/kobul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon oyi munosabati Yunusabad Residence TJMdan xonadon xarid qilganlarga Umra safari yoki Dubayga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasini sovg‘a sifatida taklif qilmoqda (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/yunusabad-residence/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxslar aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/13/miner/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

12-martga o‘tar kechasi Rossiyaning kamida to‘qqizta hududiga dron hujumlari uyushtirildi. Nijegorod viloyatidagi “Lukoyl” NQIZda yong‘in sodir bo‘ldi, Belgorodda esa dron shahar ma’muriyati binosiga urildi. Ukraina hududidan kelgan diversantlar Kursk va Belgorod viloyatlariga bostirib kirishga urindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

12-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚗 Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan — UzAuto Motors.

🇷🇺 “Rossiya san’atkorlari uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi” — Ozodbek Nazarbekov.

✍️ Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilinadi.

💸 O‘zbekistonda Google, Netflix, Amazon va boshqa internet kompaniyalari qancha soliq to‘ladi?

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🏙 Reklamali tanaffus. Toshkent tashqi reklama bosqiniga qarshi qanday kurashmoqchi?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Navoiyuran” Xitoyning China Nuclear Uran kompaniyasi bilan birgalikda qora slanetsdan uran qazib olish niyatida. Xorijiy delegatsiya O‘zbekistondagi bir qancha uran konlarida o‘zlashtirish jarayonlari bilan tanishdi, konlardan namunalar olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/uran/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oy materiali: Yangiliklar qanday tayyorlanadi?

“Gazeta.uz” “Oy materiali” podkastini davom ettiradi. Endi biz nafaqat materiallar, balki tahririyatdagi boshqa kontentlar tayyorlanishi haqida ham suhbatlar qilmoqchimiz.

Fevral oyi yakunlari boʻyicha “Oy materiali”da istalgan nashrning qon-tomiri boʻlgan yangliklar qanday tayyorlanishi haqida “Gazeta.uz” muharrirlari Muhrim Aʼzamxoʻjayev, Elshod Salimov va Nurulloh Sharif podkastlashdi.

https://www.youtube.com/watch?v=yEP8YZGgZxk

Ziyoda Ramazonova

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…
Подписаться на канал