gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyatining Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘lari hisobidan Captiva 5 mashinasini sotib olgani aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/captiva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi. U chet eldan mutaxassislar jalb etib, eksportchilar yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, milliy brendlarni xorijda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/trade-development/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 13-martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,00 soʻmga qimmatlab, 12 534,01 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shofirkon tumanida salkam ikki yil davomida bolasini qiynoqqa solib kelgan ayolga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi. U farzandini beshikka bog‘lagan holda tayoq va boshqa jismlar bilan kaltaklagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/11/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hafta davomida beqaror ob-havo saqlanib turadi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Chorshanbadan respublika hududiga sovuq havo massalari kirib keladi va harorat kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol kuchayishi, yomg‘ir qorga aylanishi ham mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/11/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyligini e’lon qilib, va shu bilan mamlakatda futbol rivojiga o‘z hissani qo‘shish istagini bildiradi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/11/artel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-martdan O‘zbekiston bo‘ylab taroveh namozlarini ado etish boshlandi. “Gazeta.uz” poytaxtning qadimiy masjidlardan biri — “Oxun Guzar”dan fotoreportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/11/taroveh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon taqvimi — 2024

“Gazeta.uz” Ramazon oyi uchun onlayn taqvimni eʼlon qiladi, uning yordamida saharlik va iftorlik vaqtlari hamda ulargacha qolgan vaqtni bilib olishingiz mumkin.

Onlayn taqvimda oʻzingiz yashaydigan shaharni tanlab, joylashuvingiz boʻyicha aniq saharlik va iftorlik vaqtlarini koʻrishingiz mumkin boʻladi:

www.gazeta.uz/oz/ramadan

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navro‘z bayrami arafasida Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/10/poyezd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “Yoshlar ko‘li” hududini ko‘p qavatli uy, mehmonxona, restoran va savdo majmuasi qurish uchun xususiy korxonaga berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/09/fergana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov ilgari mag‘lubiyatga uchramagan rossiyalik Magomed Qurbonovni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratib, WBA chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Madrimov o‘rta vazn toifasida boshqa kuchli bokschilar va jahon chempionlari bilan boks o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/09/boxing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekiston tarixidagi ilk kashshof ayollar

Oʻzbekistonda Xalqaro xotin-qizlar kuni odatda gullar, sovgʻalar va konsertlar bilan nishonlanadi. Koʻpgina mamlakatlarda esa bu kunda anʼanaviy birdamlik aksiyalari, ayollarga nisbatan kamsitishlarga qarshi va tenglikni talab qiluvchi yurishlar oʻtkaziladi.

Odatiylikka boshqacha ruh bagʻishlash maqsadida bir yil avval “Gazeta.uz” Oʻzbekiston tarixida oʻz kasbi, oʻz sohasiga birinchilardan boʻlib qadam bosgan va rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan ilk kashshof ayollar haqidagi maʼlumotlarni jamlagan edi. Keling, ularning taqdirini qayta eslaylik.

Jahongir Azimov


https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/08/they-were-the-first/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fotojurnalist Oqil G‘ulomov O‘zbekiston xavfsizlik tizimlarida davlat va jamiyat xavfsizligi, barqarorligi, manfaatlarini himoya qiluvchi ayollar haqida loyiha tayyorladi. “Gazeta.uz” Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turkumdan bir nechta suratlarni e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/08/photo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bungacha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, bir vaqtning o‘zida Vengriyadagi elchisi ham bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/08/vengriya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

👩‍💼 “Qizlarning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi” — prezident.

🤲🏻 O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi.

⛽️ Bugundan barcha “metan zapravka“lar ochiladi — Energetika vazirligi.

🏭 Poytaxtdagi sanoat korxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi.

🚇 11-martdan Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati yo‘lovchilar uchun ochiladi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🕌 “Boqiy Buxoro” nega shahar markazida qurilyapti? Buxoro viloyati bosh arxitektori bilan intervyu.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors Damas, Labo va Cobalt narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ta’kidladi. “Kontraktatsiya jarayoni olib borilmayotganini inobatga olib, chevrolet.uz saytidagi narxlar 2024-yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan”, — deyiladi xabarda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/not-a-final-decision/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va boshqa xorijiy davlatlarning 100 dan ortiq dizaynerlarini birlashtirgan Design Dohaʼning asosiy koʻrgazmalari boʻyicha yoʻriqnoma.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/12/design-in-doha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi Yangihayot tumanidan Qo‘yliqqa metro orqali borishi mumkin, bunga 20 daqiqa vaqt ketadi. Yangi ochilgan “Qipchoq”, “Turon” metro bekatlarida zina, eskalator va lift ishlab turibdi. Sergeli liniyasidan boshqa metro yo‘nalishiga almashish uchun yo‘lovchilar alohida yo‘lkira to‘laydi. (Yangi bekatlardan fotoreportaj)

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/11/metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Komiljon Mullajanov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Abduraxim Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/11/sayxunobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazli Gas Storage kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori bo‘lgan “Gazli”ning operatori ta’sischilari o‘zgarganiga izoh berdi. “Baxtiyor Fazilov restrukturizatsiyadan keyin ham asosiy benefitsiar bo‘lib qolmoqda. Kompaniya hech qachon sanksiya ostidagi shaxslarga tegishli bo‘lmagan”, — deyiladi bayonotda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/11/gazli-gas-storage/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShda 96-Oskar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi film nominatsiyasida kutilganidek “Oppenhaymer” g‘olib bo‘ldi. Eng yaxshi aktyor Killian Myorfi bo‘lgan bo‘lsa, eng yaxshi aktrisa deb Emma Stoun topildi. G‘oliblar ro‘yxatini taqdim etamiz.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/11/oscar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon oyida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha JSST tavsiyalari

Ramazon paytida haddan tashqari koʻp ovqat yeyish yoki notoʻgʻri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti roʻza paytida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha maslahatlar bilan boʻlishdi. “Gazeta.uz” ularni taqdim etadi.

Videoni koʻrish

Matnni oʻqish

Ziyoda Ramazonova

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi. U politsiyaning pichoqni tashlash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagach, otib o‘ldirildi. Ayol hozirda shifoxonada va u erining vafotidan xabardor emas.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/10/uzbek/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 10-martdan boshlab taroveh namozi oʻqiladigan vaqtda — soat 19:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yoʻllar yopiladi. Roʻyxat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/09/taroveh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Pragadagi superturnirda muddatidan avval g‘olib chiqdi va onlayn reytingda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-o‘rinni egalladi. Shaxmat murabbiyi Georgiy Shvanov ushbu muvaffaqiyat va u ochayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/09/nodirbek-abdusattorov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzand uchun barchaga, ikkinchi farzand uchun esa farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/08/suyunchi-puli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini boshladi. 17,7 mln dollarlik ushbu loyiha barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida AKT, turizm, tekstil va yashil iqtisodiyotga oid loyihalarga grant mablag‘lari ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/08/usaid--translation-2024-03-08-15-20-27/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro markazida “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Uni qurish uchun 32,6 gektar maydonda 29 ta obyekt buzilishi rejalashtirilgan. Hozirda bir qator binolar qisman buzib bo‘lingan. “Gazeta.uz” muxbiri viloyat bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bilan suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/buxoro-buzilish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat raisi boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha yil davomida “favqulodda holat” rejimida ishlaydi. SSP, Biznesni rivojlantirish banki va Mikrokreditbankda raisning ayollar tadbirkorligi bo‘yicha o‘rinbosarlari ish boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/08/women-business/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan fevral oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi rekord darajada issiq fevral bo‘ldi. Bu, shuningdek, havo harorati bo‘yicha ketma-ket rekord qo‘yilayotgan to‘qqizinchi oy hisoblanadi. Sayyoraning ayrim hududlarida havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3,3 darajaga yuqori bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/february/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал