gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Veolia Energy Tashkent 1-apreldan issiqlik ta’minoti xizmatlari (va bir qator boshqa kommunal xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilinishini eslatib, bu abonentlarning avans to‘lovlariga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/vat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rasmiy ravishda NATOga qo‘shilgan Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansining 32-a'zosiga aylandi. Harbiy blokka qo‘shilishdan oldin Stokgolm 200 yildan ortiq vaqt davomida betaraflik siyosatiga amal qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/sweden-nato/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/zakot/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eldiyor Toshmatov O‘zbekistonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili bo‘ldi. Bungacha u Senat raisi kotibiyati rahbari bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/vakil/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16−18-mart kunlari (shanba, yakshanba va dushanba) O‘zbekistonda Navro‘z arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/hashar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanbadan Yer usti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari yo‘lovchilar uchun ish faoliyatini boshlaydi. U yerda sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati qariyb 2 oy oldin boshlangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 10-mart, yakshanba kuni taroveh namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/taroveh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ilzat Kasimov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/ilzat-kasimov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/beliz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-martdan Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lov qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/shaharlaro-poezdlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nukus shahrining “Gulzor” mahallasida aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida turar joy binosi qurilishi boshlandi. O‘tgan yili shahar hokimligi ushbu mahallani namuna sifatida ko‘rsatgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/nukus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bugun, 7 martdan mamlakatdagi barcha avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari ochiladi. Energetika vazirligi tabiiy gaz bosimining meʼyoriy sxemaga qaytganini maʼlum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyatida tug‘ilgan 16 yoshli qiz Qashqadaryodagi xonadonlarning birida fohishalikka majburlanganini aytib, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/girl/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirishkor tumanida soat 00:33 va 00:34 da 4,4 hamda 4,6 magnitudali zilzilalar qayd etildi. Ularning sezilish kuchi 2−3 balni tashkil etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/quakes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📖 “Mushtum” jurnali va uning tarmoqlardagi sahifalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

✍️ Farg‘ona viloyati hokimi shahar markazidagi 2 gektarlik ko‘lni 24 kunlik shirkatga berib yubordi.

🏫 O‘zbekistondagi maktablarning 70 foizi kanalizatsiya tizimiga ulanmagan — MHTI.

⛽️ Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda — «TASS».

🚗 Toshkentda avtomobillarga yopishtiriladigan “qizil”, “sariq” va “yashil” yorliqlar qanday ishlaydi?

🏘 Toshkent ko‘chmas mulk bozoridagi pufak qachon yoriladi?

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

👥 Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor va nega O‘zbekistonda bu ish 34 yildan beri qilinmayapti?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/06/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Boqiy Buxoro” nima uchun shahar markazida qurilyapti?

Avvalroq Buxoro markazida “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlangani haqida xabar bergan edik. “Gazeta.uz” buzilish ishlari olib borilayotgan hududdan bir nechta reportajlar ham taqdim etgandi.

Jurnalist Mirolim Isajonov Buxorodagi safari davomida viloyat bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bilan ham suhbatlashdi. Mutaxassis intervyuda “Boqiy Buxoro” parki nima sababdan aynan shahar markazida qurilayotgani, yangi majmua nimalarni oʻz ichiga olishi, buzilayotgan obyektlarning keyingi taqdiri qanday boʻlishi va boshqa mavzudagi savollarga javob berdi.

https://www.youtube.com/watch?v=fmpXlBgPMRk

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin? (8-10-mart)

Ketma-ket dam olish kunlarida poytaxtda bir qancha qiziqarli tadbirlar boʻlib oʻtadi. 5 ta kinopremyera, koʻrgazmalar, spektakllar, konsertlar, bolalar uchun shou dasturlar – Afisha.uz`ning anʼanaviy jamlanmasida:

https://www.afisha.uz/uz/gorod/2024/03/07/dam-olish-kunlari

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident 8-mart bayrami munosabati bilan xotin-qizlarga yo‘llagan murojaatida oila baxti, farzandlar kamoli hamda butun jamiyat ravnaqi uchun ayollar va qizlarning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi muhimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/women/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023−2024-yillar davomida Lenovo`ning daromadi o‘sishda davom etdi. Ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasi asosiy biznesning barqarorligi va o‘zgarishlarning samaradorligi bilan bog‘liq (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/lenovo/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 11 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,75 soʻmga arzonlab, 12 503,11 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Toshkent viloyati tumanlari rahbarlarining sustkashligini, bu yerda savdo, yer-suv, transport-tranzit imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. Yig‘ilishda viloyatdagi tuman va shaharlarning “o‘sish nuqtalari” belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/tashkent-region/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi Ramazon oyi oldidan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi, anklavdagi gumanitar vaziyat esa yomonlashishda davom etmoqda, deb yozdi Reuters.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/gaza-ceasefire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ANORBANK 2023-yil natijalari haqida ma’lumot berdi. Bankning foydasi 139,5 mlrd so‘mga yetdi. Natija bankning moliyaviy strategiyalarining barqarorligi va samaradorligini ko‘rsatadi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/anorbank-natijalari/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan 5 nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 7−8-mart kunlari havo harorati ko‘tarilishda davom etadi. Dam olish kunlari esa havo o‘zgarib turadi, ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Donald Trampning partiyadagi yagona raqibi Nikki Heyli prezidentlik poygasini tark etishini ma’lum qildi. Ammo u hozirda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka yagona nomzod bo‘lib qolayotgan Trampni qo‘llab-quvvatlamadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/nikki-haley/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi Qahramon Shokirov o‘z missiyasini yakunladi. U TIV markaziy apparati boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/07/qahramon-shokirov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon taqvimi — 2024

Gazeta.uz” Ramazon oyida yana onlayn taqvimni e'lon qiladi, uning yordamida saharlik va iftorlik vaqtlari hamda ulargacha qolgan vaqtni bilib olishingiz mumkin.

www.gazeta.uz/oz/ramadan

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Butunjahon meteorologiya tashkiloti prognozlariga ko‘ra, El-Nino tabiat hodisasi zaiflashmoqda, ammo global iqlimga ta’sir qilishda davom etadi, bu esa mart va may oylari orasida deyarli barcha quruqlik hududlarida me’yordan yuqori harorat bo‘lishiga olib keladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/06/global-climate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

XDP Yunus Rajabiy mahallasidagi futbol maydoni va yashil hududni buzib, o‘rnida bino qurishga qarshi chiqqan fuqarolarni qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq “Gazeta.uz” mazkur vaziyat haqida yozgandi. Partiya Toshkent shahri hokimligiga so‘rov yuborib, sobiq hokim qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/06/field/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал