gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kanadadagi hospis asoschisi Facebook`da bemorlardan biri vafotidan oldin “Dyuna 2” filmini ko‘rishni istayotgani haqida yozdi. Film rejissyori Deni Vilnyov premeradan 1,5 oy oldin unga assistenti orqali film nusxasi va kompyuterini yubordi. Bemor filmni tomosha qilganidan bir necha kun o‘tgach vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/06/dune-2/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Viloyat hokimi qarori asosida Farg‘ona shahri markazidagi “Yoshlar ko‘li” 24 kunlik kompaniyaga berib yuborilgandi. Davaktiv agentligi o‘rganishlar natijasida mazkur holatda bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi. Shu sababli yer maydoni Sport vazirligi balansiga qaytariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/06/yoshlar-koli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023−2024-yillarning qishidagi havo harorati 1,5−2,6 daraja yuqori bo‘ldi. Fevral o‘tgan qishda eng qorli bo‘ldi, dekabrda esa eng past harorat kuzatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/06/qish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Amerikaning “Nobel Systems” kompaniyasi va “O‘zsuvta’minot” hamkorligidagi “Digital Twin” raqamli loyihasi yakunlandi. Buning uchun AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi 430 ming dollar grant mablag‘i ajratgan. Raqamli suv boshqaruvi loyihasi ikki yil davomida Jizzax shahrining uchta mahallasida amalga oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/03/ustda/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev daraxtlarni kesish uchun jarima miqdorini 5 barobarga oshiruvchi qonunni imzoladi. Har bir kesilgan daraxt o‘rniga 100 tupdan ko‘chat ekish majburiyati, yuridik shaxslarga 102 million so‘mgacha alohida jarimalar belgilandi. Prezident avvalroq jarima miqdori pastligi sababli qonunni rad etgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/03/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hukumati Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida 11 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 9 tasi bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/03/wto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida Yashil vodorod xabi tashkil etiladi. Loyiha doirasida Delaver universiteti bilan birgalikda TDTU magistratura bosqichida yashil vodorod bo‘yicha yangi o‘quv dasturi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/02/green-hydrogen-hub/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏟 Markaziy stadiondan hokimlik binosigacha: Buxoro shahrida boshlangan “snos”dan fotoreportaj.

⛽️ Daniyar Kamilovning kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka”lari egasiga aylandi.

✈️ Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan 30 foiz chegirma taqdim etadi.

🏛 “„Eski binolarga o‘xshash“ rekvizitlar”. Alerte Héritage Buxoro turistik markazining eskizlarini beo‘xshov deya atadi.

🏦 Aholiga ipoteka va avtokreditlar berishda banklarga qo‘yiladigan talablar qanday o‘zgarmoqda?

🇺🇿 Sayyohlarga Xorazmga 1 yil ichida cheklovsiz kirish uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim“ viza tizimi joriy qilinadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik bo‘yicha global ko‘rsatkich ikki baravar, bolalar va o‘smirlar orasida esa to‘rt baravar ko‘paydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/obesity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro markazidagi “snos”ga tushgan va buzilishini kutayotgan binolar — suratlarda

Jamoatchilik muhokamasiga qaramay, Buxoroning tarixiy qismi va bufer zonasi bilan chegaradosh hududda “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Qiymati 470 mln dollarga baholanayotgan loyiha buyurtmachisi sifatida Samarqandda xuddi shunday markazni qurgan Enter Engineering kompaniyasi tanlangan.

32,6 gektar maydonda majmua yaratish uchun 29 ta davlat obyekti, jumladan, Buxoro viloyati va Buxoro shahri hokimliklari binolari, viloyat prokuraturasi, MIB singari ma’muriy binolar buzilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda “Buxoro Arena” stadioni, shahar hokimligi binosi, musiqa maktabi va bir qancha obyektlarni buzish jarayonlari qizg‘in kechmoqda. Ammo binolar orasida “snos”ga tushgan va buzilishini kutayotganlari ham bor. “Gazeta.uz” muxbirlari ana shunday binolarning ayrimlarini kadrlarga muhrladi.

Mirolim Isajonov

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/buxoro-buzilish/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-martdan boshlab Qozog‘istonda hukumat qaroriga binoan rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi (avval UTC+5 va UTC+6 vaqt zonasi bor edi). Mintaqada soat millari bir soat ortga surilib, O‘zbekiston bilan bir xil bo‘ldi. Yevropaga bir soat yaqinlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/time/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorazmda tadbirkorlarga imtiyozlar belgilanmoqda. Xususan, davlat mulki va yerini xususiylashtirishda 5 yilga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga topshiriladi. Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/xorazm-business/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston energetika tizimida yirik nosozlik yuz berdi, Dushanbe va bir qator viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Mamlakat poytaxtida issiqlik ta’minoti o‘chib, ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/tajikistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda qiymati 10 milliard dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi qurilishini ma’lum qildi. “Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qo‘shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi”, — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/xorazm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy stadiondan hokimlik binosigacha: Buxoro shahrida boshlangan “snos”dan fotoreportaj

Buxoro shahrining tarixiy qismiga tutash hududda “Boqiy Buxoro” sayyohlik majmuasining qurilishi ortidan o‘nlab davlat obyektlari buzilishi boshlandi. Bu jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari Buxoroda bo‘lib, ayni paytda buzish ishlari ketayotgan obyektlardan fotoreportaj tayyorladi.

Mirolim Isajonov

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/ogcha/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston hukumati jamoat joylarida tamaki chekkanlik uchun jarima miqdorini uch baravar — 33,5 dollargacha oshirdi. Bolalarga tamaki mahsulotlari sotganlik uchun jarima miqdori ham oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/06/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hokimlarning yer ajratish vakolati tugaganiga 2,5 yil bo‘ldi. Biroq Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “Yoshlar ko‘li”ning o‘rnini “bino va inshootlarni” berganlik niqobi ostida ajratib berib, prezident qaroriga noto‘g‘ri ishora qildi. Yer topshirilgan kompaniya qaror chiqishidan 24 kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/06/fergana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShga asosan Meksika orqali noqonuniy ravishda ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. “Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolg‘on”, — dedi qaytganlardan biri.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/03/from-usa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zangiota tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/03/milliy-gvardiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berildi. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/03/bolalar-ombudsmani/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda fevral oyida so‘nggi sakkiz yildagi eng past — 0,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi. Statistika agentligiga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzolashdi, benzin o‘rtacha 1,1 foizga qimmatladi, maishiy texnika narxlari oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/02/inflation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beshariq tumanida erkak hamda uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ko‘zdan kechirish davomida xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/02/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sakkizta kinopremyera, spektakllar, ijodiy ishlar yarmarkalari, qoraqalpoq musiqasi kechasi, bolalar shoulari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yili YouTube’da o‘zbekistonlik kontent mualliflari sezilarli faollashgani munosabati bilan “Gazeta.uz” tahririyati yil yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan edi. Shu ishning mantiqiy davomi sifatida YouTube’da fevral oyida chiqqan videolar bo‘yicha ham kichik sarhisob tayyorlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/youtube-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Daniyar Kamilovga (prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li) tegishli kompaniya UNG Petro kompaniyasi — “O‘zbekneftgaz”ning 78 ta AYOQSHlaridan iborat tarmoq egasiga aylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/ung-petro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Markaziy banki 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga ipoteka va avtokreditlar berish bo‘yicha talablarni kuchaytirmoqda. Qarz oluvchilarning kredit riskini baholash uchun yangi indikator joriy etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/loans/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 4 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,65 soʻmga qimmatlab, 12 514,45 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/aviaqatnovlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qildi. Viloyatda turizmni rivojlantirishning 3 yillik dasturi qabul qilinadi, imtiyozli kreditlar beriladi, “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/xorazm-viza/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari aksariyat viloyatlarda bulutli ob-havo bo‘ladi, joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kechasi −3…+2, kunduzi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Ammo keyingi hafta biroz kechikish bilan bo‘lsa havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi, deya ta’kidlamoqda sinoptiklar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал