gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushdi, bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir fuqaro shifoxonaga yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/gaz-portlashi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Alerte Héritage tashkiloti Buxoroda sayyohlik markazi qurilishi uchun bino va inshootlarni “ommaviy” buzishni to‘xtatishga va rasmiylarni kelgusi rejalarini jamoatchilikka ma’lum qilishga chaqirdi. U ommaga e’lon qilingan yangi qurilish loyihasini “har jihatdan halokatli” deb atamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/alerte-heritage-bukhara/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va XAMAS o‘rtasidagi urush natijasida anklavda halok bo‘lganlar soni 30 mingdan oshgan, 70 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/gaza/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina yozgacha Rossiyaning hujumi tezlashib, Ukraina armiyasida o‘q-dorilar yetishmasligi sharoitida Kiyev mudofaasini yorib o‘tishi mumkinligidan xavotirda, deb yozdi Bloomberg.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchi birinchi sinfga dars o‘tayotgan vaqtida avval o‘quvchi bolani, keyin esa qizni kaltakladi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/xorazm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasini joriy etish taklif qilinmoqda. Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov umumiy ovqatlanish korxonalariga QQS bo‘yicha yagona soliq solish tartibi joriy etishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/catering/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Humo Air aviakompaniyasi 10-martdan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab ichki reyslarni vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qildi. Loukoster tez orada xalqaro yo‘nalishlarda reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/humo-air/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-mart kuni poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi Markaziy Osiyo an’analari va madaniyati hamda XX asr tarixiy voqealarini aks ettirgan asarlar namoyish etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/exhibition/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 1 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,86 soʻmga qimmatlab, 12 496,80 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoridan joy oldi va O‘zbekiston tarixida ushbu muvaffaqiyatga erishgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/chess/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-fevral kuni Numa Diagnostics va Medipol klinikalari hamkorlik memorandumi imzolashdi. Shu munosabat bilan, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/numa-diagnostics/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aprel oyida Toshkent va Hindistonning Mumbay shahri o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga sakkiz martaga yetadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/mumbay/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda Click`dagi tranzaksiyalar hajmi 60 trln so‘mdan ortiqni tashkil qildi. Humo hisobotiga ko‘ra, bankdan tashqari mobil ilovalar orasida aylanmada Click`ning ulushi eng yuqori bo‘lib, 41,6 foizni tashkil qiladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/click/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilda 363 ta qotillik sodir etilgan. Ularning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/qotilliklar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-martdan boshlab Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi.

Ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3 va O4 toifalariga kiruvchi transportlar soat 07:00dan 10:00ga qadar Toshkent shahrida harakatlanmaydi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, bu vaqtda “Erkin” yo‘l patrul xizmati markazida yuk avtomobillari to‘xtatilib, haydovchilarga tushuntirish ishlari olib borilyapti. Ularga Toshkent halqa avtomobil yo‘li orqali harakatlanishlari mumkinligi haqida ko‘rsatma berilgan.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma e’lon qildi. U 21−24-mart kunlari ekonom va biznes klass tariflari uchun amal qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/uzairways/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1−7-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda haroratning o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/snowdrift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chevrolet Tahoe, Traverse, Equinox, Captiva va Onix kabi modellarga bahorgi chegirmalarni taqdim etdi. Aksiya uchun mo‘ljallangan avtomobillar soni cheklangan (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/03/01/chevrolet/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚗 O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar.

🛩 Humo Air 10-martdan mahalliy reyslarni vaqtincha to‘xtatadi.

🌉 “Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot yo‘li”. Prezident Amudaryo tumanida yangi ko‘prikni ochib berdi.

🇮🇳 Buxoro tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi vafot etdi.

✍️ Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova haykali quriladi, bu reja 2 yil oldin kechiktirilgandi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🖼 Bir oyning o‘zida ham ko‘klam, ham qahraton. Chuvilloq qishlog‘idan Xolida Musulmon fotohikoyasi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2021-yil dekabr oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov 2023-yilning may oyidan buyon jazo muddatini manzil koloniyada o‘tamoqda, deya tasdiqladi Oliy sud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/akram/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati hokimi Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova majmuasi qurilishi uchun 1 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. Qarorni izohlagan hokimlik vakili bunday ishlar dunyo tajribasida borligini ta’kidladi. Zoyir Mirzayevning o‘zi 2021-yilda sobiq hokimning shu mazmundagi qarorini bekor qilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/zulfiya-zokirova/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahri va viloyati, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida asosan Ai-80 benzin yoqilg‘isini noqonuniy sotayotgan shaxslarni aniqladi. Respublikada oxirgi bir oy ichida ushbu markadagi benzin taqchilligi kuzatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/benzin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aholini havo ifloslanishidan xabardor qilish boshlanadi, chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi, yoshlar rahbarlarga biriktiriladi, “Qizlar akademiyasi” ishga tushadi, nogironligi borlarga Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoni yaratiladi — 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/1-march/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

USAID, FAO va Veterinariya qo‘mitasi O‘zbekistonda transchegaraviy hayvonlar kasalliklari, jumladan, zoonotik kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha yangi loyiha boshladi. Bunda “Yagona salomatlik” yondashuvi COVID-19 pandemiyasi kabi ehtimoliy inqirozlarga tayyorgarlikni oshiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/zoonoses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Illinoys shtati sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga respublikachilar partiyasidan ushbu shtatda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun o‘tkaziladigan praymerizda qatnashishni taqiqladi. Avvalroq xuddi shunday qaror Kolorado va Meyn shtatlarida ham qabul qilingan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/illinois/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Amudaryo tumanida yangi koʻprikni ochib berdi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumaniga borib, 423 metrli yangi koʻprikni ochib berdi. U poyezdda va avtomobilda yurib, koʻprik sifatini koʻzdan kechirdi. “Bu yoʻl jahonga ochilayotgan Yangi Oʻzbekiston, Yangi Qoraqalpogʻistonning taraqqiyot va farovonlik yoʻllaridir”, — dedi prezident. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/amudaryo-bridge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yashnobod tumanidagi “Krestik” chorrahasi yaqinida Nexia 3 yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bir ayol va bir erkakni urib yubordi, ular jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

🔥 Bugun 29-fevral. 4 yilda bir marotaba keladigan, Tashkent City Mall rasman ishga tushayotgan va Afisha.uz undagi IMAX kinoteatri haqida batafsil video e’lon qilgan kun!

Tomosha qiling va tashrifingizni rejalashtiring: https://www.youtube.com/watch?v=eYDn2fdDy-o

Kanalga obuna bo’ling
👉 @afishauzb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/visit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал