gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/student/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir oyning oʻzida ham koʻklam, ham qahraton. Chuvilloqdan Xolida Musulmon fotohikoyasi

Oʻzbekistonda fevral bahoriy iliqlik bilan boshlanib, yarim oyda qishligini eslab qoldi. Xususan, Jizzaxning Chuvilloq qishlogʻida ham yashillikka burkangan qirlarni yana qor bosdi.

Bu yil hosil moʻl boʻlishidan umidvor boʻlgan bogʻbon qorda qolgan bodomidan umidini uzdi, chogʻi. 24 yillik tajribaga ega bogʻbon Asliddin Gulmurodov bunaqangi ob-havo oʻzgarishi har yili ham kuzatilishi, ammo yaqin orada bahor bunchalik erta kelganini ham, uning ketidan bunday qahraton boʻlganini eslay olmasligini taʼkidlaydi.

“Bodom gullab qoʻygandi. Gulkosachasiga muz tegmasa, hosildan umid qilsa boʻlardi. Bu safar sovuq rostmana urdi, hech qanday umid yoʻq”, — deydi 61 yoshli bogʻbon.

Butun qishloq qor bilan qoplandi. Uy tomlari-yu tarnovlardan, daraxt novdalaridan sumalaklar osildi. Manzara goʻzal. Ammo dehqon-u bogʻbonga bu goʻzallikdan zarracha yengil emas — yillik 30 mln soʻmlik foydani sovuq urib turganida manzara koʻngilga sigʻadimi?

“Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon qadrdon qishlogʻida bir oyda kuzatilgan ikki fasl tarovatini kadrlarga muhrladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/chuvilloq/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/accidents/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senteo kompaniyasining Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari bo‘yicha direktori Kseniya Konstantinova Markaziy Osiyo bank sektorida uch yillik tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/senteo/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏢 Buxoroda sayyohlik markazi loyihasi uchun hokimlik va san’at maktabi binolari buzilmoqda.

⚡️ Seshanba kuni elektr energiyasiga maksimal darajada cheklovlar joriy etildi — Energetika vazirligi.

🇺🇦 Ukraina elchisi — xavfli va xavfsiz mehnat migratsiyasi, gumanitar loyihalar va O‘zbekiston bilan siyosiy muloqotni qayta tiklash haqida.

🏗 “Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🏫 Buzmoq yo ta’mirlamoq — shudir masala. Aholi nega Yangioboddagi musiqa maktabini saqlab qolishni so‘ramoqda?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Xabibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/water-ministry/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/milliy-tiklanish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident imzolagan qonun bilan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha oshirildi. Shuningdek, kreditni undirish bo‘yicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/mikroqarz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

27-fevral kuni O‘zbekistonda elektr energiyasini yetkazib berishdagi cheklovlar 700 MVtgacha oshirildi. Bundan avvali kunlari cheklovlar 600 MVtdan oshmagandi. Metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish kamaygan, benzin yetkazib berish esa ko‘paygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindistonda o‘tgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medal: 4 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/velosport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ayollarga yo‘lovchilari soni 14 kishidan ortiq avtobuslarni boshqarish huquqi berilgach, Toshkent shahrida haydovchilikka nomzod ayollar uchun amaliyot darslari o‘tilmoqda. Ularga yo‘nalishlarda ustoz haydovchilar hamrohlik qiladi. “Toshshahartransxizmat” jarayon qanday ketayotgani bo‘yicha videolavha e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/female-drivers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko O‘zbekiston bilan 2024-yilgi hamkorlik haqida gapirdi. Mamlakatlar iqtisodiy “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish niyatida, Toshkentda Ukraina farmatsevtika kompaniyalari loyihalari davom etmoqda, Kiyevda esa ukrainalik rassomlarning O‘zbekiston haqidagi suratlari namoyish etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/uzb-ua/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti 2024−2025 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Abituriyentlarga o‘qish uchun 100% to‘lovni ichiga oladigan grant dasturi taklif etilmoqda (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/westminster/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 mln so‘m va’da qilindi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi. “Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/no-phone/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank 2023-yil 11 oyi davomida 11,4 mlrd dollarga yetgan valyutani sotib olish va sotish o‘rtasidagi farq oshib borayotgan bir paytda valyuta bozoridagi savdolar haqidagi ma’lumotlarni qisman yashirishni boshladi. Regulyator oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni ham kechiktirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/central-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Onix turar joy majmuasida dastlabki 10 ta kottej uchun qulay shartlar amal qilmoqda. Shuningdek, 2 sotix maydonga ega kottejlarni chegirma asosida sotib olish imkoniyati mavjud (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/onix/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori tezlikda (197 km/soat) harakatlangan Tracker “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi halok bo‘ldi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/bus-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/29/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shundoq ham dunyoda eng past bo‘lgan Janubiy Koreyadagi tug‘ilish darajasi 2023-yilda yana ham pasayishda davom etdi. Mamlakat rasmiylari muammoni hal qilish uchun allaqachon 270 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab ulgurdi, biroq bu natija bermayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/south-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safoning xabar berishicha, u Milliy bog‘dagi qurib qolgan ko‘l va Magic City qurilishi haqidagi posti tufayli O‘zbekiston ichki ishlar idoralariga “suhbatga” chaqirilgan. Jurnalistning yozishicha, bu uning Londondagi 20 yillik faoliyati davomida birinchi marta sodir bo‘lmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/bbc/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va ularning maqomi, huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yildi. Daraxt kesish, qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish kabi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq aniqlangan holatlar uchun ekologiya nazoratchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/eco-inspector/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoroda turistik markaz qurish uchun shahar hokimligi va san’at maktabi binolarini buzishga kirishildi. Maktab-internat o‘quvchilari sharoiti bo‘lmagan sobiq paxta zavodi yotoqxonasiga vaqtincha ko‘chirildi. Motamsaro ona haykalini Kogonga ko‘chirishga qaror qilishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/bukhara-tourist-center/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 29 fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,07 soʻmga arzonlab, 12 484,94 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiyaning Beze shahrida maktab formasini kiyish bo‘yicha hukumat tajribasi boshlandi. Rasmiylar bu tengsizlikni kamaytirishga yordam beradimi yoki yo‘q, shuni tekshirmoqchi. 1968-yildan beri fransuz maktablarida forma kiyish majburiy emas.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/school-uniform/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Munavvarqori aytgandi: “Ovrupo osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovrupoliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va kalta kiyim janjallari”. Asr o‘tsa hamki, O‘zbekiston hamon shu “janjallar” ichida. Vaholanki, huquqshunoslarga ko‘ra, Konstitutsiya bu “janjal"ni allaqachon hal qilib bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/maktab/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko mamlakatning Rossiya bosqiniga ko‘rsatgan 2 yillik qarshiligini sarhisob qildi. U Rossiyada “sun’iy ravishda yaratilgan davlat” haqidagi ritorika faqat uning davlatiga qaratilmaganini ta’kidladi. “Rossiyaning agressiv rejalari Ukrainadan ancha uzoqqa cho‘ziladi”, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyati Transport boshqarmasining bosh mutaxassisi 6,6 ming dollar, Chinoz tumani hokimligi xodimi 6 ming dollar pora olishda gumonlanib qoʻlga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yilni “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/2027-tourism/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 500 gektardan ortiq maydondagi uy-joylar renovatsiya dasturiga kiritilgan, deya ma’lum qildi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap “talabga javob bermaydigan, ko‘p yillar oldin qurilgan ikki qavatli binolar va vaqtincha qurilib ketgan uylar” haqida ketmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/28/renovation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yuqori Chirchiq tumanidagi AGTKShda navbat talashish ortidan janjal kelib chiqdi. IIBB hodisa oqibatida oʻlim roʻy berganini rad etib, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/scandal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал