gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalarning “Dok-1 Maks”dan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha sud 23 nafar ayblanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning 7 nafariga ozodlikdan mahrum etish, 14 nafariga ozodlikni cheklash, 1 nafariga axloq tuzatish ishlari va 1 nafariga jarima jazosi qo‘llandi. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/verdict/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud “Dok-1 Maks”dan vafot etgan 68 nafar bola va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi 4 nafar bolaning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi haqida qaror qildi. Sog‘lig‘i qoniqarli 4 nafar bola uchun 500 mln so‘mdan, sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bola uchun esa 200 mln so‘mdan undirilishi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/manaviy-zarar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, Farmatsevtika agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari 16 yil, Quramax Medikal direktori Ragnevdra Pratar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/kariyev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Toshshahartransxizmat” avtobuslar bilan bog‘liq texnik nosozliklar, tutash holatlari va yo‘l-transport hodisalari ko‘payotgani ortidan 5 nafar mas’ul xodimni ishdan oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/buses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida xonadon yerto‘lasida mayning ferma tashkil qilgan fuqaro 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/mayning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Ohangaron shahriga Muzaffar Rajabboyev hokim etib tayinlandi. U bungacha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shaharning sobiq hokimi fevral boshida lavozimini tark etganini e’lon qilib, aholiga minnatdorlik bildirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/ohangaron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-fevraldan UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 6800 so‘mdan 7000 so‘mgacha qimmatlashdi. Oxirgi bir oy ichida ushbu markadagi benzin taqchilligi kuzatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/ai-80/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekistonda ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari 0…-5, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Poytaxtda esa 28-fevral va 1-martda yog‘ingarchilik kuzatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoroning tarixiy qismi bilan chegarada etnografik sayyohlik markazi qurilishi 470 mln dollarga baholanmoqda. Hokimlik YUNESKO xulosasini olgandan keyingina yakuniy qaror qabul qilib, qurilish ishlarini boshlashini bildirgandi, biroq stadionni buzish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/buxara/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrisabz shahridagi 1-maktabda direktor o‘rinbosari va 10-sinf o‘quvchisi bir-birini kaltakladi. Voqeaga o‘quvchilarning dars paytida qor o‘ynagani va buning ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Ularning ikkisi ham shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

TikTok va YouTube`da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilgan bloger 10 sutkaga qamaldi. U mayda bezorilik hamda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/25/bloger/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

69 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilgan “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy sud qarori 26-fevralda e’lon qilinadi. Sud 2023-yilning avgustida boshlangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/25/sud-qarori/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qiziriq tumanida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan Nexia-3 avtomobili “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 4 nafar yo‘lovchi vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/25/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumaniga, Sardor Palvanov Xorazm viloyatining Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/25/hokim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gorbachyovdan Mirziyoyevgacha: Oʻnlab siyosiy rahbarlarni suratga olgan Shonazar Ibrohimov bilan suhbat

77 yoshli fotograf Shonazar Ibrohimov umrining 40 yilini jurnalistikasiga bagʻishlagan. U oʻz davrida Sharof Rashidov, Inomjon Usmonxoʻjayev, Rafiq Nishonov, Islom Karimov kabi Oʻzbekiston rahbarlarining yonida yurib, ularni suratga tushirgan. “Gazeta.uz” muxbiri Shonazar Ibrohimov bilan suhbatlashdi.

Video: https://youtu.be/mVv76v544xQ

Qisqa matn: https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/shonazar-ibrohimov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi tadbirkorlar bilan kelishib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish evaziga 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/bekobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 27-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,10 soʻmga arzonlab, 12 480,90 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi boʻyicha 23 nafar ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi oʻqib eshittirilmoqda

26-fevral kuni Toshkent shahri sudida “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bogʻliq jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha yakuniy sud qarori eʼlon qilinyapti.

Uni quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=qaXgHqTH_mc

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘anga qo‘ng‘iroq qilib, uni 70 yoshi bilan tabrikladi. Suhbatda Shavkat Mirziyoyev “zamonaviy Turkiyaning barpo etilishi va global maydondagi nufuzi yuksalishida” uning o‘rni yuqoriligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/anniversary/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-fevralda O‘zbekistonda kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi. Vazirlik xabariga ko‘ra, elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar ko‘lami kengaytirildi. “O‘zbekneftgaz” dam olish kunlari yoqilg‘i quyish shoxobchalariga qo‘shimcha 1000 tonna benzin yetkazib berganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/gas-energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilda qariyb 3600 nafar voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etdi. Besh yil davomida bu ko‘rsatkich qariyb 4,4 barobarga oshdi. Yil davomida tovlamachilik 70, bezorilik 60, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 40, nomusga tegish va odam o‘ldirishga urinish esa 20 foizga ko‘paydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/youth-crime/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Surxon” davlat qoʻriqxonasidagi fotoqopqonga noyob Buxoro togʻ qoʻyi muhrlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qoʻriqxonasida oʻrnatilgan fotoqopqonga noyob jonivor — butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan Buxoro togʻ qoʻylarini tasvirga tushirdi.

Buxoro togʻ qoʻylari Oʻzbekistonda asosan Koʻhitang, Boysuntogʻ, Hisor, Bobotogʻ togʻ tizmalarida uchraydi. Ular odatda, dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikdagi togʻ tizmalarida va siyrak archazorlarda yashaydi. Buxoro togʻ qoʻylari poda boʻlib yashaydi va mavsumiy koʻchib yuradi.

Qayd etilishicha, “Surxon” davlat qoʻriqxonasida oʻtkazilgan soʻnggi sanoq natijalariga koʻra qoʻriqxonada 100 boshdan ortiq Buxoro togʻ qoʻyi borligi aniqlangan.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni tongda 174-sonli Mercedes-Benz avtobusining tormoz tizimidagi nosozlik sabab yong‘in sodir bo‘ldi. Shuningdek, 33-sonli Mercedes-Benz avtobusida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqdi. Hodisalar oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/avtobus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzaxdagi katta yo‘lda Nexia 3 bilan Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Cobalt haydovchisining yo‘l qoidasini buzgani sabab YTHda haydovchilardan biri vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/26/jizzax/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch tumanida fermer xo‘jaligi qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Buning oqibatida davlatga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 374 mln so‘mni tashkil etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/25/elektr/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Amiti universitetida 25-fevral kuni ingliz tili fanidan xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga UZCARD va Thompson School tomonidan sovg‘alar topshirildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/25/amity-university/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qatarning Doha shahridagi dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 49 ta qo‘l mehnati namunasi, jumladan yog‘och, ikat shoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlar o‘rin olgan. Ko‘rgazma ochilishida prezident yordamchisi Saida Mirziyeyova ham qatnashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/25/doha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi keltirildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqariladi. May oxiriga qadar yana shunday 8 ta metro poyezdi olib kelish reja qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/25/metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy shahridagi maktabda o‘quvchi yigitlarning sochi ommaviy kaltalangani jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar qamoqdagi bolaninggina sochi majburiy olinishini aytsa, ba’zilar maktab islohotini ularga suv, hojatxona va kompyuterlarni olib borishdan boshlagan yaxshiroq, degan fikrda. Munosabatlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/reaction/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nima oʻqiymiz? Adabiyotshunos Akbar Nurmatov tavsiya qiladi

Gazeta.uz” kitobxonlikni targʻib etishga qaratilgan “Nima oʻqiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, oʻqilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar roʻyxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

“Nima oʻqiymiz?” loyihasining bu galgi mehmoni — adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, OʻzJOKU Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti dekani Akbar Nurmatov.

Video: https://youtu.be/S1co7Nt8Hdg

Matn: https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/mutolaa-akbar-nurmatov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал