gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX 3 ta viloyatda, jumladan, Jizzaxda o‘tkazgan reydda IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Farg‘onada esa elektr tarmoqlari korxonasi bo‘limi boshlig‘i firibgarlikda ayblanmoqda. Milliy gvardiyaning Samarqanddagi xodimlaridan biri ham pora olishda gumonlanyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident 2024-yilda 60,5 ming gektar yer dehqonchilik uchun yoshlarga ajratilishi bo‘yicha topshiriq berdi. Yer maydonini tuman hokimlari ajratadi. Qancha maydon ajratish bo‘yicha “mahalla yettiligi” taklif beradi. Yer olgan yoshlar Agrobank`ning “Fermerlar maktabi"da eksportbop ekinlar yetishtirishga o‘qitiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/yer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahrida IIB va DXX xodimlari uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador 35 nafar shaxsning yashash manzilida tezkor qidiruv tadbirlarini o‘tkazdi. Ularning 19 nafaridan narkotik moddalar va sovuq qurollar topildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/fergana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bosqinning ikki yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini tasdiqladi. Unga 106 nafar jismoniy shaxs va 88 korxona, jumladan, Xitoy, Qozog‘iston va Turkiya kompaniyalari kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shimoliy va Katta Farg‘ona kanallari bo‘ylab “Patar” va “Sarvak” transchegaraviy gidropostlari o‘rnatildi. Ular O‘zbekiston va Tojikistonda sug‘orish uchun sarflanadigan suv hajmini aniqroq o‘lchash imkonini beradi. Loyiha Shveysariya hukumatining Blue Peace Central Asia tashabbusi ko‘magida amalga oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/rivers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xayriya mablag‘lari hisobidan onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga yordam beruvchi “Ezgu Amal” fondi 2023-yil yakunlarini sarhisob qildi. Fond bir yil davomida 14 mlrd so‘mdan ziyod xayriya yiqqan. Eng ko‘p pul bemor bolalarni xorijda davolatish uchun sarflangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/ezgu-amal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab qarz yuki ko‘rsatkichini joriy etish orqali aholiga kredit berish talablari kuchaytirilmoqda. Agar qarz oluvchi daromadining 60 foizini qarzni to‘lash uchun ishlatsa, banklar kredit berishdan bosh tortishlari kerak. 2025-yil 1-yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/dsti/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Milliy gvardiya xodimi oʻquvchining sumka va telefonini nazorat qilishga haqlimi? Rasmiyning javobi

Asosan davomatni taʼminlash uchun maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlarning vakolatlari qayerda boshlanib, qayerda tugashi jamoatchilikda savollar uygʻotmoqda. “Gazeta.uz” Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarma boshligʻi Zafar Alimov bilan xodimlarning mavjud vakolatlari haqida suhbatlashdi.

Intervyu matni:

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/milliy-gvardiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prokuratura vakillari, deputatlar va ekologlardan iborat ishchi guruh “Toshkent IES”ga borib, stansiya quvurlariga filtrlar o‘rnatish va boshqalarni tavsiya qildi. Ekopartiya Energetika vazirligini bu choralarni ko‘rishga chaqirib, hukumat va Bosh prokuraturaga stansiya tashlanmalari bo‘yicha deputat so‘rovi yubordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/tosh-ies/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Intuitive Machines kompaniyasi ishlab chiqqan “Oddisey” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy sathiga qo‘ndi. “Amerika yarim asr deganda birinchi marta Oyga qaytdi”, — dedi NASA rahbari Bill Nelson. AQSh apparati so‘nggi bor 1972-yili, astronavtlarni olib chiqqan “Apollon-17” missiyasi doirasida Oyga qo‘ngan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/odysseus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangan o‘zbekistonlik 24 yoshli yigit O‘zbekistonga olib kelindi va unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U Suriyaga qanday ketgani hamda bu davrdagi hayoti haqida gapirib berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/syria/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi, hozirda uning faoliyatini davom ettirayotgan Yuliya Navalnaya bilan uchrashdi. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar yetakchisi AQSh Navalniyning o‘limi tufayli Putinga qarshi sanksiyalar joriy qilishini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/biden/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtiroki “muzlatib” qo‘yilganini ma’lum qildi. Pashinyan mamlakatga oid kelishuv shartlari bajarilmagani, Rossiyaning shaxsan unga qarshi propagandasi davom etayotganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/armenia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi o‘quv yilidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq loyiha Qoraqalpog‘istondan boshlanishi kutilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/school-buses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kembrij universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, maktab formasi bolalarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan qizlarning harakatchanligini cheklashi mumkin. Olimlar buni yubka yoki ko‘ylakda faol o‘yinlarda qatnashish qizlar uchun noqulay ekani bilan bog‘laydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/school-uniform/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tovlamachilikda gumon qilinayotgan “Baxti Tashkentskiy"ning akasi Shuxrat Qudratullayevni qo‘lga oldi. U avvalroq qidiruvga berilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/kudratullaev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumaniga hokim bo‘ldi. Yanvar oxirida prezident bosh vazirga 2023-yilda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani tufayli Qo‘shtepa sobiq hokimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/anvar-abdullayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yilda chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. Shuningdek, maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun ijara asosida bepul ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/24/language-certificate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

✍️ O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori — “Gazli”ning ta’sischisi o‘zgardi. Loyiha haqida nimalar ma’lum?

🏭 Ekopartiya hukumat va bosh prokurorga “Toshkent IES”ning atmosferaga chiqarayotgan tashlanmalari yuzasidan deputat so‘rovi yubordi.

🚛 Toshkentda 1-martdan boshlab tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalari harakati taqiqlanadi.

📱 Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining sumka va telefonini nazorat qilishga haqlimi? Rasmiyning javobi.

💇‍♂️ Navoiy shahridagi maktabning sport zalida o‘quvchilar sochi ommaviy kaltalandi. Bolalar ombudsmani “nomaqbul” harakatni qoraladi.

🏦 O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab aholiga kredit berish talablari kuchaytirilmoqda.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba kuni O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish biroz qisqardi, Turkmanistondan import esa oshdi. Mamlakatda tig‘iz vaqtlarda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar saqlanib qolmoqda, dedi Energetika vazirligi mas’uli. Gaz “zapravka”larining deyarli 3 dan 1 qismi faoliyatini tiklagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/gas-energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beshta kinopremyera, yarmarkalar, konsertlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, ko’rgazmalar va bolalar shoulari hamda dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Osiyoda mintaqaviy gaz savdosini faollashtirish va Turkmanistondan gaz importini oshirish orqali Qozog‘istonda ko‘mir o‘rnini bosish, O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan talab va taklif o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish mumkin, deyiladi Jahon bankining uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha hisobotida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/world-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazli Gas Storage QKning nazorat paketi (60%) Rossiyaning “Forus”idan Gonkongning Daxon Holdings kompaniyasiga o‘tdi. Bu kompaniya haqida internetda ma’lumot deyarli yo‘q. U O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori — “Gazli”ni boshqaradi, ya’ni mamlakatning gaz saqlash bo‘yicha energiya balansiga ta’sir ko‘rsatadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/gazli-gas-storage/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 26-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 18 soʻmga arzonlab, 12 490 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy shahridagi 2-maktabda o‘g‘il bolalar sport zaliga olib kirilib, sochlari oldirildi, bu direktorning tashabbusi bo‘lishi mumkin. MMTB boshlig‘i va bolalar ombudsmani bunday munosabatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Milliy gvardiya esa ularning xodimlari jarayonni to‘xtatishga uringanini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/forced-hair-cutting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida 2030-yilgacha “Yevro-5” va undan yuqori standartlarga javob bermaydigan avtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/cars/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil oxirigacha Toshkent, Nukus va O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida kamida bittadan hospis tashkil etish rejalashtirilmoqda. Loyihalarni amalga oshirish uchun parlament huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grantlari e’lon qilib boriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/hospice/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24−25-fevral kunlari O‘zbekistonning ko‘p hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentga IT sohasi bo‘yicha uchta dastur taqdim etildi. Zero Risk IT xizmatlari eksport qiluvchilarni jalb qilishga qaratilgan. Local to Global IT kompaniyalarga jahon bozoriga kirishda yordam beradi. “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarni IT`ga o‘rgatadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/it-sector/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Toshkent shahrida har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Avtomobilsiz kun” loyihasini tasdiqladi. Barcha davlat organlari rahbarlari va xodimlariga ishga jamoat transportida kelish orqali “namuna ko‘rsatish” topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/car-free-day-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал