gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-martdan boshlab Toshkent shahrida ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari va tirkamalarning harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Prezident bu haqdagi farmonni imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/trucks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Karimovni rasmga olib, dakki eshitganman”. Oʻzbekistonning birinchi rahbarlarini suratga olgan fotograf bilan intervyu

Umrining qirq yilini oʻzbek jurnalistikasiga bagʻishlagan Shonazar Ibrohimov nomi katta avlod vakillariga yaxshi tanish.

U oʻz davrida Oʻzbekiston hayotining turli jabhalarini kadrlarga muhrlagan. Shuningdek, Sharof Rashidov, Inomjon Usmonxoʻjayev, Rafiq Nishonov, Islom Karimov kabi Oʻzbekistonning birinchi rahbarlari yonida yurib, ularning ish jarayonini ham suratga olgan.

“Gazeta.uz” 77 yoshli faxriy fotojurnalist Shonazar Ibrohimov xonadonida boʻlib, u bilan suhbatlashdi.

https://youtu.be/mVv76v544xQ?si=Kwq096EtGuBNN2kW

Mirolim Isajonov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Joriy yilda Uzbekistan Airways`ga xalqaro kredit reytingi olish va uni IPO`ga chiqarish jarayoni boshlanishi lozim. Prezident aviatsiya sohasida davlat korxonalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/uzbekistan-airways-ipo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha namunaviy shartnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ular aholi va tadbirkorlarga elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar oqibatida ko‘rgan zarari uchun sud orqali kompensatsiya undirish imkonini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/electricity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan AQSh dollarining rasmiy kursi 12 500 so‘mdan oshdi va o‘zining tarixiy maksimal qiymatini yangiladi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 1,4 foizga qadrsizlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/currency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Britaniya korxonalari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga keyinchalik Rossiyaga ketadigan tovarlar, jumladan, dron va og‘ir texnika uchun uskunalar jo‘natmoqda, deb yozdi Sky News. 2022-yildan beri Britaniyadan ushbu 4 davlatga “yuqori ustuvorlikka ega tovarlar” eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/uk-export/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Doniyor Kamilovning Metropol Group kompaniyasi Sayilgoh ko‘chasidagi 22 qavatli mehmonxona majmuasi qurilishiga 100 million dollar sarmoya kiritmoqchi. U yerda avval sobiq MXX binosi joylashgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/metropol-group/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV departamenti Toshkent shahri va Buxoro viloyatida yerni talon-toroj qilish holatlarini aniqladi. Ulardan birida tadbirkor yerini boshqa shaxsga 1 mln 340 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgani, ikkinchisida esa ikki fuqaro hokimlik yerini 20 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/money/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi Buxoro viloyatida kuchli shamol oqibatida yuqori kuchlanishdagi 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida yuz bergan nosozlik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik 21-fevral kuni 12 ming tonna mazut yoqilganini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura Do‘stlik tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qolgan 3 tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan o‘lik holda topilgandi. Bog‘cha yopildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” turnirining ochilish marosimida ishtirok etib, musobaqani 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/games-of-the-future/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida tadbirkor qurilish uchun yer maydoni bo‘lmasa-da, ikki kompaniya orqali kottejlarni bo‘lib-bo‘lib, boshlang‘ich badal evaziga sotib olishni taklif qilgan. U 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirib, 1,4 mln dollarni xorijdagi valyuta birjasiga o‘tkazgan. Hozirda mablag‘larning bir qismini qaytarishga erishilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/fraud/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Qozonda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Putinning bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonga taklif qildi. Tomonlar sportni rivojlantirish, qo‘shma fond yaratish, Transafg‘on temiryo‘li loyihasi va boshqa masalalarni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/mirziyoyev-putin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi. Avvalroq O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi unga huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/mubasshir-ahmad/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors hamda InfinBANK`dan yangi taklifga binoan endi Chevrolet Onix avtomobilini yiliga 16,99 foiz stavka bilan kreditga sotib olish mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/uzauto-motors/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-martdan aholini chang bo‘roni va havo ifloslanishidan ogohlantirishni boshlash rejalashtirilmoqda. Qurilish obyektlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/23/air/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

22-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⛽️ Metan “zapravka”lar ishiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.

🏨 Toshkentdagi sobiq MXX binosi o‘rnida quriladigan mehmonxona loyihasi 100 mln dollarga baholanmoqda.

🎮 Prezident 2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.

📦 Britaniya firmalarining eksport tovarlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Armaniston orqali Rossiyaga ketmoqda — Sky News.

🏘 Toshkentda 1 yil ichida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi — ITIM.

⚡️ O‘zbekistonda iste’molchilarga elektroenergiya uzilishlaridan ko‘rgan zararini qoplab berish rejalashtirilmoqda.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon shahri deputati Jahongir Jiyanov obodonlashtirish boshqarmasining xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarda 4 mlrd so‘mlik farq borligini aniqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqarma salkam 2 mlrd so‘mga uchta o‘simlik qalamchasi sotib olgan. Hokim esa texnik xatolik yuz berganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/andijan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/parliament/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/ichimlik-suvi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 23-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,97 soʻmga qimmatlab, 12 508,00 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi ham oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini boshladi. 25 mln dollarlik loyiha dastlab Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba tariqasida amalga oshiriladi. Dastur maktab ta’limi, o‘quv materiallari va o‘qituvchilar malakasini inklyuzivlashtirishga xizmat qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/all-children-succeeding/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi uy-joylarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi bir yilda deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida. Yanvarda ikkilamchi uy-joylar o‘rtacha narxi kvadrat metri uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobodda narxlar biroz oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar 22-fevraldan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/metan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23−29-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/snowdrift/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 2023-yilning noyabr oyida Yaponiya imperatori Naruxito farmoni bilan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan taqdirlangan edi. Toshkentda ordenni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/22/akmal-nur/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini qo‘llash bo‘yicha kelishib oldi, u Ukrainaga bosqinning ikki yilligi arafasida tasdiqlanadi. 200 ta kompaniya va jismoniy shaxslarga sanksiya qo‘yilgan. Sanksiyalar, shuningdek, Rossiyaning dronlar ishlab chiqarishini cheklaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/eu-sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

21-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💳 O‘zbekistonda kuzdan ijtimoiy karta joriy etiladi.

🕋 Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan Umra ziyorati bilan shug‘ullanuvchi 39 ta turfirma faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi.

🔋 O‘zbekistonda gaz, neft va boshqa energiya resurslarini qazib olish hajmi pasayishda davom etmoqda.

🛤 O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lini rekonstruksiya qilishni boshladi.

🇹🇷 Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi — elchixona.

🧑‍💻 Xalqaro IT sertifikat olgan yoshlarga imtihon xarajatlarining 60 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan 120 nafar ishchi jo‘natildi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi bir qancha banklar Contact pul o‘tkazmalari tizimi bilan ishlashni to‘xtatganini ma’lum qildi. Ushbu xizmatning operatori QIWI Bank bo‘lib, uning litsenziyasi Rossiya Markaziy banki tomonidan qaytarib olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/contact/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал