gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madriddagi O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning BioGreen Road kompaniyasi vakillari bilan qishloq xo‘jaligida suv resurslarini boshqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya suvni gelga makromolekulyar aylantirish texnologiyasi taqdimotini o‘tkazdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/biogreen-road/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 22 fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 19,52 soʻmga qimmatlab, 12 495,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi O‘zbekiston davlat idoralariga chegara bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazoratini yaxshilash uchun qiymati 54,5 ming yevrolik uskunalar sovg‘a qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/bomca/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni davlatlardan olib kirilgan narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oktabrda Toshkentdagi 259-maktabda jismoniy tarbiya darsida 12 yoshli bola koptok tegib, vafot etgani yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha kun avval shu maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent chorshanba tongida havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoridan yana joy oldi. Ichkaridagi datchiklar ham yuqori darajadagi ifloslanishni ko‘rsatdi. Buning sabablari ob-havo sharoiti, mazutdan foydalanishning ko‘payishi va qor yog‘ishi paytida ko‘chalarga tuproqli aralashmalar sepilgani bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/air/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3-sonli misni boyitish fabrikasida temir konstruksiyalar qulab tushgani yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/ammc-case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Davlat rahbari Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Qolaversa, ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi ham reja qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/rossiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh G‘azo sektorida o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini tayyorladi. Hujjat, shuningdek, Isroilning Rafah shahrida amalga oshirishni rejalashtirgan quruqlikdagi operatsiyasi oqibatlaridan ogohlantiradi. Vashington birinchi marta Isroil va XAMAS o‘rtasidagi sulhni ochiqcha qo‘llab-quvvatlamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/us-resolution/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ozarbayjonning Pasha Holding kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli Ritz-Carlton mehmonxonasi qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 200 mln dollarga baholanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/ritz-carlton-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hukumati “shimoldan” gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini 500 mln dollarga modernizatsiya qilmoqchi. O‘zbekiston hozirda bu yo‘nalish orqali Rossiya gazini oladi. Yetkazib berish hajmini kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi kunning tig‘iz vaqtlarida avvalroq elektr energiyasi yetkazib berish va metan “zapravkalar” faoliyatiga nisbatan kiritilgan cheklovlar davom etishini ma’lum qildi. Holat yaxshi tomonga o‘zgargunga qadar bugun ham (20-fevral) ma’lum cheklovlar kiritilishi mumkin, deya ogohlantirdi vazirlik.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/minenergy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 21 fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,63 soʻmga arzonlab, 12 475,51 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Yaponiyadan 246,2 mln dollardan ortiq kredit oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/japan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi bo‘yicha qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/weapon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilgan va minglab O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistonida qolib ketishiga sababchi bo‘lgan 39 ta turfirma faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi. Turfirmalarning mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/turfirmalar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,99 mlrd kub metrni tashkil etdi, bu 2023-yil yanvariga nisbatan 9,4 foizga kam, so‘nggi oylardagi hajmlardan esa yuqori. Neft, ko‘mir, benzin va dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish hajmi ham pasaygan. Ishlayotgan sanoat korxonalari 25,2 mingtaga kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/energy-resources/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekistonga 7 mln nafarga yaqin chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. Ularning mamlakatda qolish muddati o‘rtacha to‘rt kungacha uzaydi, bu 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p, deydi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/tourists/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi Uzum Market`ga tovarlarni qabul qilish O‘zbekiston bo‘ylab yana 32 ta punktlarda amalga oshiriladi. Bugungi kunda tadbirkorlar mamlakat bo‘ylab 34 ta aholi punktlarida tovarlarini topshirishlari mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xalqaro IT sertifikat olgan yoshlar imtihon xarajatlarining 60 foizigacha qismi miqdorida kompensatsiya olishi mumkin. Avval yuqori darajadagi bunday sertifikatga 50 foiz kompensatsiya to‘lanardi. Agar mutaxassisda ingliz tilidan B2 daraja bo‘lsa, IT sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/it-certificate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangiobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U fuqaro bilan kelishib, tadbirkorga shamol elektr stansiyalarini qurish uchun 200 gektar yer olib berishni va’da qilgan va buning uchun 200 ming dollar so‘ragan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/yangiobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-oktabrdan ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun ijtimoiy karta joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalarda imtiyozlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/social-card/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat xizmatchilarining maoshlarini xususiy sektorniki bilan raqobatbardosh qilishni va davlat xizmatiga kadrlar yollashni “erkinroq” qilishni taklif qildi. U davlat apparatida ayollar sonini ko‘paytirishga ham chaqirdi, chunki ular korrupsiyaga “moyil emas”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/21/salaries/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

❗️ OKMK misni boyitish fabrikasi qurilishida tom qulab, bir necha kishi halok bo‘ldi.

🚗 O‘zbekistonda yiliga ikkitadan ortiq avtomobil sotganlik uchun soliq joriy etilishi mumkin.

⛽️ O‘zbekiston Rossiya gazi importini oshirish uchun 500 mln dollar ajratishni rejalashtirilmoqda.

👨‍👩‍👧 2023 yilda farzandi ta’limida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ziyod ota-ona jarimaga tortildi.

🌞 2024 yilda O‘zbekistonni eng issiq yoz kutmoqda — O‘zgidromet.

♻️ O‘zbekistondagi chiqindi poligonlarida iqtisodiy zonalar rejimi joriy etiladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

El-Nino tabiiy hodisasi tufayli Oʻzbekistonda 2024 yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issigʻi boʻlishi haqida xabarlar tarqaldi. Oʻzgidromet Oʻzbekistonda odatdagi issiq yoz fasli boʻlishini maʼlum qildi. Shuningdek, quruq kuz, yaʼni yogʻingarchilik miqdori meʼyordan past boʻlishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/hottest-summer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotganlarga soliq solish tizimi joriy etilishi mumkin. Ushbu chora avtomobillarni qayta sotishda chayqovchilikning oldini olishga qaratilgan. Shuningdek, daromad solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar soni kamaytirilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/auto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-fevral kuni Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev Prezident yosh kadrlari zaxirasidagi yoshlarga murojaat qilib, avlodlar almashinuvi, davlat xizmatchilarining ish vaqti va maoshi, gender balansi masalalari haqida fikr bildirdi. “Biz nafaqaga chiqamiz, siz esa bizning o‘rnimizni egallaysiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/tokayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot muhokamalar portaliga joylashtiriladi. Bunda jamoatchilikning taklif va tavsiyalari hisobga olinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/docs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakkasaroy tumanida 69-sonli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib Cobalt bilan, so‘ngra boshqa bir avtobus bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida yo‘lovchilar biri jarohat oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/bus-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonchasida temir konstruksiyalarning qulashi oqibatida 3 ishchi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi, ularning barchasi Hindiston fuqarolari hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/fvv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал