gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonida tom qulab, ishchilarni bosib qoldi. Bosh prokuraturaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi jarohatlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham xabardor emasligini ta’kidladi. Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalangani yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/disability-living-allowance/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi. Shuningdek, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berilishi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/parlament/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aprel oyidan Nukusdan Istanbulga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, bitta L-410 samolyoti Qoraqalpog‘istonga ichki reyslar uchun ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/nukus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumaniga, Qodirjon Erkaboyev esa Uchko‘prik tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Aziz Ergashev Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/hokimlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyatida Buyuk ipak yo‘lida joylashgan davlatlar, jumladan, Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida 218 gektar maydonda “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilmoqda. Avvalroq Andijon viloyati va Xitoy investorlari o‘rtasida 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/ipak-yoli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, uy-joylarni jismoniy shaxslarga sotishda quruvchilar va boshqalar uchun naqd puldan foydalanishni qisqartirish va naqdsiz to‘lovlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Yog‘och, shinalar va shakar ulgurji savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish ham rejada bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/cashless-payments/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig‘ilishda ko‘pchilik “hamma yaxshi narsalar mehmonga” tamoyili bo‘yicha yashab, “yerda uxlab yotgan” farzandlarini unutib qo‘yishini aytdi. Ota-onalarning dunyoqarashini o‘zgartirib, bola tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/turdimov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Komissiyasi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha TikTok`ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Regulyator, xususan, platforma voyaga yetmaganlarni zararli kontentdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilayotgani yoki yo‘qligini tekshiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/tiktok/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l chetidagi panjaraga borib urildi. Voqeaga haydovchining qon bosimi oshib, boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Elektrobus texnik shikastlandi, haydovchi shifoxonaga olib ketildi, jarohat olganlar bo‘lmadi, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/electrobus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda bog‘cha, maktab, kollej hamda oliy o‘quv yurtlarida shirin, gazlangan va energetik ichimliklar hamda tuzi yuqori bo‘lgan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni va sotishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/carbonated-drinks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir necha kun oldin vafot etgan rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya jamoatchilikka murojaat qilib, erining ishini davom ettirishini bildirdi. U, shuningdek, tez orada erining o‘limiga kimlar aloqador ekanini aniqlab, ularning ismlarini ochiqlashga va’da berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/navalnaya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nyu-York sudi AQSh prezidentligiga da’vogar Donald Trampni moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topdi va unga 355 million dollar jarima soldi. Shuningdek, unga Nyu-Yorkdagi har qanday korporatsiyada uch yil davomida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/trump/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Championat.Asia Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi buxgalteri 350 ming dollarni oʻzlashtirib, Turkiyaga uchib ketgani haqida xabar berdi. OʻFA ushbu holatni oʻrganayotganini bildirdi va “hali tasdigʻini topmagan ma’lumotlarni” tarqatmaslikni soʻradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi Buxoroda kuchli shamol tufayli elektr uzatish tarmoqlarining avariyaviy o‘chishi kuzatilgani va bu 10 ta gaz haydash agregati to‘xtashiga olib kelganini ma’lum qildi. Oqibatda magistral gaz quvurlarida bosim pasaygan va barcha metan “zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/gas-stations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda chiqindi poligonlarini investitsiyalar kiritishga jozibador qilish uchun ularning bufer hududlariga maxsus iqtisodiy zonalar rejimini joriy etish, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi hamda organik usulda o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/poligon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasi mart oyi o‘rtalaridan Toshkent va Varshava orasida aviaqatnovlarni boshlaydi. U pandemiyadan keyin O‘zbekiston poytaxtidan Yevropa shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan birinchi Yevropa aviakompaniyasi bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/lot-polish-airlines/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyati hokimiga Sherali Jo‘rayev, Navoiy viloyati hokimiga esa Elbek G‘afforov o‘rinbosar etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/tayinlov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda o‘quvchilarning 14 mingdan ziyodi maktabga muntazam bormayotgani aniqlandi, deya ma’lum qildi Maktab vazirligi boshqarma boshlig‘i. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarildi. 2023-yilda farzandining ta’lim-tarbiyasida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ortiq ota-ona javobgarlikka tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/20/parents/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda bir necha kundan beri qor yogʻmoqda. Seshanba kuni ertalab ham uning yogʻishi kuchli boʻldi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin yogʻingarchilik piyodalar va transport harakatiga qanday taʼsir qilayotgani va shahar manzaralarini videoga tushirdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2019−2023-yillarda ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni 2,3 barobarga — 46 mingdan 104 mingtaga oshgan. 2021-yildagi keskin ko‘tarilishdan so‘ng bosqichma-bosqich pasayish kuzatilmoqda. Shu bilan birga, yil davomida o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar soni ortgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/crime-stats-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⛽️ Energetika vazirligi gaz bosimi pasaygani va metan “zapravka”lar yopilganiga izoh berdi.

⚡️ O‘zbekistonda elektr ta’minotiga cheklovlar joriy etilmoqda.

⚽️ O‘FA buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirgani aytilgan xabarlarni o‘rganmoqda.

⚖️ Farmagentlik sobiq rahbari “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha suddan uni oqlashni so‘radi.

🌿 Orol dengizi tubida navbatdagi saksovul ekish ishlari boshlandi.

🌤 Chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Baxtiyorjon Salimjonov Chust tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Bekzod Hamdamov yo‘l qo‘ygan “xato va kamchiliklari” uchun ishdan olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/chust/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev so‘nggi nutq so‘zladi. U o‘zini tergov tomonidan qo‘yilgan ayblarning birortasiga ham iqror emas deb hisoblamoqda. Kariyev suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/sud-kariyev-nutqi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda bu yilgi mart nisbatan salqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Oy davomida harorat kechalari −5…+10, kunduzi +5…+22, janubda +25 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/mart/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

TBC Bank Group PLC 16-fevral kuni 2023-yil yakunlari bilan o‘rtoqlashdi. Kompaniyaning O‘zbekistondagi muvafaqiyatli faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/tbc-/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 20-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,78 soʻmga arzonlab, 12 480,14 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Do‘stlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolishi tufayli ko‘chaga chiqib ketdi. Ularning biri ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Maktabgacha ta’lim agentligi mazkur bog‘cha yopilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/kindergarten/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va Turkmanistondan import qilingan elektr hajmi talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmagani uchun yakshanba kuni tig‘iz vaqtlarda 400 MVtgacha cheklovlar kiritildi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ma’lumotga ko‘ra, bunga elektr uzatish liniyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/energy-limits/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bo‘ylab 19−20-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−12, ba’zi joylarda -16 darajagacha soviydi, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал